Obama: Dunyo yadroviy terrorizmni man etishda yutuqqa erishdi

409
0

Amerika prezidenti Barak Obama juma kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan yadroviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro sammitda – dunyo bugun yadroviy qurollarning “al-Qoida” va IShID kabi tashkilotlar qo‘liga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikda ma‘lum yutuqqa erishganini, biroq bu borada hali ko‘p sa‘y-harakatlar qilish lozimligini ta‘kidladi.

Obama Vashingtonda yig‘ilgan rahbarlar oldida “Davlatlarimiz birgalikda qilingan sa‘y-harakatlar orqali yadroviy moddalarning terroristlar qo‘liga tushishini bir muncha qiyinlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Biz ayni xavfni sezilarli darajada pasaytira oldik”, deya bayonot berdi.

Biroq uning ogohlantirishiga ko‘ra, omborlarda minglab tonna parchalanuvchi moddalar ba‘zan puxta xavfsizlik choralari ko‘rilmagan holda turibdi, holbuki, olmadek hajmdagi modda butun olam shaklini o‘zgartirib yubora oladigan vayronaga sabab bo‘lishi mumkin. (Hayot gazetasi).

Roya gazetasi sharhi:

O‘nlab yillardan beri Amerika siyosati mana shunday. U ma‘lum tomonning xavfini bo‘rttirib ko‘rsatish orqali odamlar qalbiga qo‘rquv solib keladi. Bu xavfni bartaraf qila oladigan kuch Amerika deya tasvirlab, ularni o‘zining xususan, Islom dunyosidagi rejalari bo‘yicha yurishga majburlaydi. Eslatma sifatida aytish lozimki, Qo‘shma Shtatlar 2001 yil 11 sentyabr hodisalari ortidan ham “al-Qoida” tashkilotini nafaqat AQShga, balki butun dunyoga tahdid solayotgan xavf qilib tasvirlagan edi. Amerika josuslik xizmatining bu hodisalarda qo‘li borligi haqida shubhalar paydo bo‘lganiga qaramay, AQSh buni uddalay oldi. Qo‘shma Shtatlar omma diqqatini haqiqiy jinoyatchidan burib yubordi. Terrorizmga qarshi kurashda barcha unga va uning rejasiga itoat qilishi kerakdek, bu davlat ushbu hodisalar ortidan butun dunyoning politsiyasi sifatida ish yuritib keldi. Kichik Jorj Bush chiqib, “Kim biz bilan bo‘lmasa, bizning dushmanimiz”, deb aytdi. Mana, Qo‘shma Shtatlar bugun ham Davlat tashkilotini dunyoga tahdid solayotgan xavf sifatida tasvirlamoqda. U “yadroviy terrorizm”, to‘g‘risida gapirib, bu tashkilotning xatarini tasvirlashda oshirib yubordi. Shunday qilib, Davlat tashkiloti amalga oshirayotgan ishlarni butun dunyoga jar solish orqali Islomga qarshi kurashmoqda. U shuningdek, o‘z istagiga bo‘ysundirish, o‘zining siyosatini ro‘yobga chiqarish uchun boshqa davlatlarga “yadroviy terrorizm” masalasi bilan tahdid qilyapti.

Roya gazetasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.