Deputatlar komissiyasi hukumatga ishonchsizlik bildirishni taklif qildi

400
0

“Sputnik” nashriga deputat Taabaldi Tillaevning xabar berishicha, Baliqchi-Korumdu avtoyo’lini qayta ta’mirlash uchun o’tkazilgan tenderning qonuniyligini aniqlash bo’yicha tuzilgan deputatlar komissiyasi Jogorku Keneshga hukumatga ishonchsizlik votumini bildirishni tavsiya qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, komissiya bugun, 9 aprel kuni yig’ilish o’tkazdi va bir nechta qarorlar qabul qildi.

“Jogorku Keneshga hukumatga ishonchsizlik bildirish tavsiya qilindi. Sababi, reglament buzilgan, tender vazirlik ishtirokisiz o’tkazilgan. Hukumat rahbari sifatida Temir Sariev qonun buzilishi uchun shaxsan javobgar. Jogorku Kenesh ishonchsizlik bildirish masalasini keyingi haftada ko’rib chiqadi”,- dedi Tillaev.

Shuningdek, qo’shimcha tergov qilish uchun barcha hujjatlarni MXDQ korruptsiyaga qarshi kurash xizmatiga o’tkazib berish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Turkiston:

Qirg’izistonda har yili bosh vazir almashtirish “an’ana”siga bu yil ham sodiq qolinadigan bo’lyapti. O’tgan yil may oyidan boshlab bosh vazirlik lavozimini egallagan Temir Sariev ham o’zga yuklatilgan vazifani ado etib bo’lgach, iste’foga ketishi aniq bo’lib turipti. Qirg’iziston “mustaqillik”ka erishganiga 25 yil to’layotgan bo’lsa, shu vaqt mobaynida 26ta bosh vazir almashdi, Temir Sariev hisob bo’yicha 27-si edi.

Rossiya hoxish-istagi bilan hukumat rahbarligiga olib kelingan Temir Sariev xalq manfaatlariga zid ravishda, mamlakat bunga tayyor bo’lmasada Qirg’izistonni YeOIIga olib kirdi. Bu ittifoq prezident va hukumat kutganidek ijobiy samara bermay, xalqning turmush tarzi kundan-kunga nochorlashib borayotgani sababli rasmiy hukumat har doimgidek aybdorni, voz kechilishi kerak bo’lgan shaxsni qidirib qoldi. Odatga ko’ra, bu shaxs – Bosh vazir bo’lishi kerak. Avvalgi bosh vazirlar ham davlat rahbarlarining biror-bir xatosini xaspo’shlash uchun “qurbonlikka keltirilgan” bo’lishsada, mansabdan bo’shatilgach boshqa bir amal bilan siylanishgan va shu bilan hukumatning ayblari yopilib ketaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.