NATO: “Islomiy ittifoq”ni qo’llab quvvatlash lozim

443
0

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Atlantika Kengashida qilgan ma’ruzasida “terrorizm”ga qarshi kurash uchun NATO qo’shinlarini frontga kirgizish o’rniga Saudiya Arabistoni etakchiligida tashkil qilingan “islomiy koalitsiya” hamda mahalliy kuchlarni qo’llab-quvvatlash taklifini o’rtaga qo’ydi. Stoltenberg o’ziga berilgan savolga javoban, Suriyaga to’g’ridan-to’g’ri harbiy aralashgandan ko’ra, Islomiy o’lkalar tarafidan tashkil qilingan xalqaro koalitsiyani ko’proq qo’llab quvvatlash yaxshi natija berishini ta’kidladi. Stoltenbergga ko’ra, buning uchun maydondagi mahalliy kuchlarni harbiy tayyorgarlikdan o’tkazish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

NATO Bosh kotibi mahalliy kuchlar o’z o’lkalarini himoya qila olishi mumkin bo’lgan nuqtada ularni qo’llab quvvatlash imkoniyati mavjudligiga e’tiborni jalb qildi. Uning ta’kidlashicha, mahalliy kuchlar NATO ittifoqi tomonidan tez va samarali shaklda harbiy mashg’ulotdan o’tkazilishi lozim.

“Terrorizmga qarshi kurashda mahalliy kuchlar tashkil qilish bizning qo’limizdagi eng yaxshi quroldir. Buni qanchalik tez amalga oshirsak, shunchalik yaxshi bo’ladi”, dedi Stoltenberg.

Bu nuqtada Afg’onistonni misol qilib keltirgan Stoltenberg “Afg’onistonda yo’l qo’ygan eng katta xatomiz mahalliy kuchlar malakasini oshirishni ertaroq boshlamaganligimizdir”, deya qo’shimcha qildi.

Stoltenberg terrorizmga qarshi kurashda mahalliy kuchlar va xalqaro koalitsiya qo’shinlarini “havodan erta ogohlantirish” va “nazorat qilish” tizimi (AWACS) bilan qo’llab quvvatlash taklifi mavjudligini ham tilga olib o’tdi.

Turkiston:

Stoltenberg butun kufr olamining strotegik pozitsiyasini bayon qilmoqda.

Ular mintaqalarda o’zlarining biror manfaati uchun xarbiy muammolar paydo qilib olishadi, so’ng muammoni bartaraf etishni bizlardan talab qilishadi. Buning uchun biz kufr manfaatlarini deb o’z birodarlarimizni o’ldirishga rozi bo’lishimiz kerak bo’ladi. Mayli adashgan deb bilgan musulmon birodarimiz bo’lsin, yoki odam o’ldirgan musulmon birodarimiz bo’lsin, hatto o’limga mahkum musulmon birodarimiz bo’lsin, nima bo’lganda ham, u bizning birodarimizdir.

Kufr olami yurtlarimizdan shu kunlarda ham to’xtamay energetik xom ashyolarimizni olib chiqib ketayapti. Shu ishlari to’xtab qolmasligi uchun, bizlarning yurtlarimizni sanoatlashishdan to’sishayapti. Natijada bizlar qashshoqlarga, kufrning yollanma askarlariga, xoin va buzuqi musulmonlarga aylandik. Bu kufrning markazlashgan tartibli sistemali harakatlari orqali uzoq yillar tayorlanishlari bilan amalga oshdi. Endi bizlarning ichimizdan ba’zi musulmonlar kufrga norozi bo’lib, qachongacha bunday xorliklar davom etadi deb qo’zg’ala boshladi.

Kufr olami bizlarning ichimizdan islomiy tuyg’ulari jo’shqinlab ilgari otirilib chiqib borayotgan birodarlarimizga qurol berib, ularni bizlarning ichimizdagi o’z gumashtalari bilan moddiy qo’llab yuborib, ba’zilarini adashtirib, chalkashtirib yubordi. Ba’zilari esa, o’z yurtlarini, oru nomuslarini va oila a’zolarini himoya qilish uchun qurollandi. Endi, shu birodarlaringni o’ldiringlar, deyishayapti. Biz bir chetda turib, sizlarni ham odam o’ldirishga o’rgatamiz, sizlarni ham ulardek qurollantiramiz, moddiy yordam bilan ta’minlaymiz, deyishayapti. Faqat, madadimizning negizi bo’lgan neft, gaz xom ashyolarini to’xtatmasalaring bas, biz sizlarni o’zlaringdan olib borayotgan manfaatlar bilan o’zlaringni ta’minlab turamiz, faqat birodarlaringni o’ldirsalaring bas, deyishayapti.

Musulmonlar hatto o’limga loyiq bo’lgan yoki shar’an o’limga mahkum bo’lgan birodarini ham kufrning qo’li bilan, yordami, uning qo’llovi yoki buyrug’i bilan o’ldirishi haromdir. Aksincha, u birodarini kufrning qo’l ostidan qurbonlar berib bo’lsa ham qutqarib olib, so’ng uni shar’iy mahkamada o’zlari qatl qilishlari vojib bo’ladi. Olimlar buni bilishadi, lekin shu hukmlarni o’zlari uchun amonat deb bilishmayotganga o’xshaydi, chunkm bu haqida aytishmayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.