Mirziyoyev Germaniyaga safar qiladi

450
0

Mirziyoyev Germaniyaga safar qiladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20-22 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida boʻladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Germaniya poytaxti Berlin shahrida Federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan muzokaralar oʻtkaziladi.

Kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish, madaniy-gumanitar, fan-taʼlim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalar oʻrin olgan.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Myunxen shahrida Oʻzbekiston prezidentining Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder, shuningdek, Germaniyaning yetakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlikka oid ikki tomonlama qator hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Avvalroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan “Joʻshqin Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 2019 yil 17-18 yanvar kunlari ushbu mamlakatda amaliy tashrif bilan boʻlishi xabar qilingandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.