Bishkekda diniy vaziyatni tadqiq qilish Markazi ochiladi

423
0

Yangi tashkil etilayotgan Markaz xabariga ko’ra, Bishkek shahrida 12 aprel kuni diniy vaziyatni tadqiq qilish Markazining rasmiy ochilishi bo’lib o’tadi.

Xabar qilinishicha, Markaz faoliyati din sohasida ilmiy tadqiqot olib borish, ta’lim va monitoring ishlari bilan bog’liq bo’lib, natijalari diniy asosdagi mojarolarni ogohlantirish va o’z vaqtida oldini olish maqsadida davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish idoralariga tavsiya va taklflar ishlab chiqish uchun jo’natiladi.

Bundan tashqari, Markaz xalqaro va diniy tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilib, mamlakatdagi diniy vaziyatni o’rganish, barqarorlashtirish va uyg’unlashtirish uchun ekspert va fuqarolik jamiyati vakillarini jalb qiladi.

Turkiston:

Bishkek G’arb mustamlakachilari tomonidan asta-sekin bosib olinyapti.

Amerika Qirg’izistonda rangli inqilob yasash uchun yangi strategiya ishlab chiqdi. Yangi strategiya, Rossiyaning shu kundagi zaif holatidan foydalanib Qirg’izistonni saqofiy mustamlaka qilib olishga qattiq e’tibor berishga asoslanadi. Bundan tashqari, Qirg’iz hukumat apparatlarining ish olib borish mexanizmini o’zgartirib, o’ziga mos va qulay mexanizmlar bilan almashtirib olishdan iborat. Shulardan eng ko’zga tashlanadigani yuqoridagi kabi diniy holat va unga ta’sir o’tkazish uchun maslahat markazlarini ko’paytirish va ularning mamlakat tuzilmalariga ta’sir quvvatini kuchaytirish ishlari.

So’nggi vaqtlarda Rossiya o’zining ichki muammolaridan bo’shay olmayotgani sababli nufuzi ostidagi mamlakatlarga nisbatan geosiyosiy munosabatlariga tobora bee’tibor bo’lib boryapti. Bu holat AQSh uchun kulay vaziyat bo’lib, inqilobni tinch va janjallarsiz amalga oshirib olishni ko’zlayapti. Rossiya Qirg’iziston uchun Ukrainaga ko’rsatgan qarshilikni ko’rsatmasligi mumkin. Chunki ko’rib turganimizdek, Rossiya Ukrainani qo’l ostidan chiqarib yuboribgina qolmay, juda yomon pozitsiyada qoldi va sharmandali mag’lubiyatga uchradi. Bundan tashqari Rossiya 2016 yilda kuchli iqtisodiy inqiroz arafasida turipti. Yana bunga qo’shimcha sifatida Rossiya ichki va tashqi olamiy siyosiy institutlaridan deyarli mahrum bo’ldi. Putin rejimining diktaturasi esa o’ta zaif fikriy quvvatga ega.

AQShda esa, “Bruking instituti” kabi olamdagi eng kuchli siyosiy va strategik maslahat kengashlari vazifasida ish olib borayotgan bir qator institutlar mavjud. Ular Qirg’izistonda ham, boshqa mintaqalardagi vaziyatlarni ham AQShning manfaatiga bo’ynsundirib berish maqsadida tinmay xizmat qo’rsatib kelishyapti.

Shulardan biri yuqoridagi kabi maslahat markazlarini tashkil etish bo’lib, ular bizning mamlakatimizda diniy vaziyatni o’z manfaatlariga munosib tomonga yo’naltirib olishmoqchi. AQSh o’z manfaatiga ko’ra, Qirg’iziston musulmonlarini bir necha bo’laklarga bo’lib yubormoqchi. U “mo”tadil islom” nomi ostida bir toifa musulmonlarni markazlashtirib, ularning qo’llari bilan Islom va musulmonlarga va islomiy urf va qadriyatlarga qarshi kurash olib borish mexanizmini Qirg’izistonda ham shakllantirmoqchi.

Bundan tashqari, vaziyatga qarab islomiy jangari guruhlar shakllanishi uchun ham sharoit va imkoniyatlar paydo qilishi mumkin. Afg’oniston, Iroq, Suriya… kabi yurtlarning deyarli barchasida bu kabi holatlarga guvoh bo’lib turibmiz. AQSh avval bu yurtlarda islomiy nomlangan biror quvvatni paydo qilib, ularning kuchi bilan bu yurtdagi o’ziga noqulay quvvatlarni quvib chiqarib oladi. So’ng bu islomiy guruhlarni yo’qotish uchun butun dunyoni oyoqqa turg’azib, olamiy koalitsiyalar tuzadi.

Qirg’iziston musulmonlarini ogohlantirib qo’ymoqchimiz!!!

Kufrning nayranglari ko’p. Ularning ba’zilari avvalida biz uchun manfaatlidek ko’rinadi. Ba’zan ular bizlarning islomiy manfaatlarimizni ham jamiyatimizda shakllantirishga yordam berishayotgandek ko’rinishadi. Islomiy ta’lim muassasalar qurib berishadi yoki islomiy urflarimizni qayta shakllantirib, “YUNESKO” singari tashkilotlar orqali qo’llay boshlashadi. Lekin bu arzimas harakatlari bilan o’zlariga musulmonlarning bir toifasini moyil qilib olib, ularning ishtiroki va bevosita harakatlari bilan qolgan musulmonlarga qarshi kufr armiyasini tuzib olmoqchi bo’lishadi.

Adashib ketmasligimiz va iymonimizdan ajrab qolmasligimiz uchun bir asosiy qoidaga mahkam yopishib olishimiz hamda Alloh Taoloning:

“Yahudiy va nasroniylar to ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizlardan rozi bo’lishmaydi” [Baqara 120]

degan oyatiga qattiq ishonib, har qanday holatda ham kufr tomonda turib qolishdan ehtiyot bo’lishimiz kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.