MO’MINLAR BITTA JASAD KABI (1)

799
0

بســـــم الله الرحمن الرحيم

MO’MINLAR BITTA JASAD KABI (1)

Mustamlakachi kofirlar o’z rejalarini amalga oshirishni maqsad qilgan joydagi musulmonlar bitta jasad bo’la turib, dushmanlardek bir birlaridan nafratda, ba’zilarini ustiga o’nlab va yuzlab bombalar yog’ilmoqda. Qolgan musulmonlar esa Rosululloh s.a.v.ning: «Mo’minlarning bir-birlariga muhabbat qilib, rahmdil bo’lishlarining va mehribon bo’lishlarining misoli bir jasadga o’xshaydi. Agar undan bir a’zo kasallansa jasadning boshqa a’zolari bir-birlarini bedorlik va istmalash bilan yordamga chaqiradilar» (Sahih Muslim) degan so’zlarini va «Mo’min, mo’min uchun ba’zi qismi ba’zi qismini mahkam ushlab turgan binoga o’xshaydi» (Sahih Muslim) degan so’zlarini unutib, falaj-shol bo’lgan jasadga o’xshab faqat xabarlarni o’qib kuzatish bilangina kifoyalanib qolyaptilar. Holatimiz shunday ekan, xudo haqqi aytingchi, agar bu jasadning barcha a’zosi kasallanib, yordamga chaqirayotgan bo’lsa siz nima qilmoqdasiz? Chunki har bir a’zoning, hatto million-millionlaring bir yoki bir qancha masala-muammolari bo’lsa, u holda nima bo’lishini bir tasavvur qilib ko’ring! Bundagi asosiy sabab o’z Islomimizdan yuz o’garganimizda, chunki Alloh Taolo aytadi:

 وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكًا

–„Kim mening eslatmamdan yuz o’girsa, bas albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo’lur“. [20:124]

Ummat ichida sun’iy ravishda vujudga keltirgan vatandoshlik ahdu-paymoni musulmonlarni birlashtiradigan va ularning birliklarini bitta jasad shakliga keltiradigan, natijada ular bir-biriga yordamchi-hamkor bo’lib qoladigan Islomiy aqida va Islomiy birodarlik robitasi o’rniga nohaq turib olgan yangicha, Islomiy Ummatga begona bo’lgan aloqa vositasidir. Bu vatandoshlik aloqasiga ko’ra biz chegaralarini Britaniya, AQSh yoki Rossiya belgilab bergan vatandan boshqani o’ylamaymiz. Mo’minlar bir jasaddek to qiyomatgacha bir-biriga birodar, aka-uka bo’lganlari uchun ularga yordam berishni shariat qalblarni titroqqa soladigan tarzda qattiq turib talab qilganiga qaramasdan, o’zimizga kofirlarni balosi kelmaguncha boshqa joylardagi birodarlarimizga nima bo’layotgani, ularning nayranglari haqida bosh qotirmaymiz. Navbat bizga kelganda boshqa joydagi birodarlarimiz ham xuddi shunday munosabatda bo’ladilar. Bizni Islomimizda ajratib, bitta jasad bo’lgan Ummatni sun’iy chegaralar bilan parchalab olishib, xohlaganlarini qilishmoqda.

Ummat boshidan kechirayotgan inqiroz musulmonlarga kufr qonunlari tatbiq qilinayotgani uchun davom etmoqda. Shu sababli biz xor-zor, zaif-notavondirmiz va sonimiz milliarddan ortib ketganiga qaramasdan, boyliklarini talon-taroj qildirib, tuban kimsalarning dasturxoniga mo’ltirab qarab turgan etimlarning ahvoliga o’xshaydi. Shuning uchun Rahmonu Rahim bizga o’zining ushbu so’zida eslatadi:

 يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَنصُرُوا اللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ

–„Ey mo’minlar, agar sizlar Allohga yordam bersanglar, u zot ham sizlarga yordam berur va maydonda qadamlaringizni sobit qilur“. [47:7]

Alloh Taolo yana shunday deydi:

 وَمَا النَّصْرُ إِلاَّ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ

–„Aslida yordam faqat Alloh xuzuridangina kelur:“. [3:126]

Nusrat kelishining yagona sharti bor. Bu Allohga yordam berishdir. Allohga yordam berish esa Unga itoat qilish bilan va nurafshon keng yo’l bo’lmish o’sha asl qo’llanmalarimizning, ya’ni Allohning kitobi va Rosulining sunnati-ko’rsatmalariga itoat etish va hayot kechirish bilan bo’ladi. Ulardan (ya’ni Kitob va Sunnatdan) faqat halokatga yuz tutganlargina adashadilar, chunki haqdan toyilishimiz ASOSIMIZni tark qilish bilan va BMTning va zolimlarning qonunlariga suyanish bilan vujudga keladi. Mana shu kunlarda bo’layotgan ishlar kimning rejasi? Bularni Rossiya qilmoqdami yoki AQShmi? Bularni bilgandan nima o’zgaradi? Rossiya qilyapti desak yoki AQShning rejasi desak to’g’ri toparmiz, lekin balo to’htaydimi? Albatta, ular o’zlari qilmaydi, balki o’zimizdan chiqqan dinini, iymoni va odamiyligini sotgan xoinlar amalga oshiradi, johillar ularga ergashadi. Ularni bilgandan nima foyda? Nima qila olamiz? Hayotimiz yana iziga tushib, tinch-totuv davom etarmidi? Vaqti-vaqti bilan kaytalanmoqda, biz nima qildik? Aslida kimning ishi ekanini bilishdan ham maqsad echim topish va uni amalga oshirish uchun jiddiy ishlash emasmi?

Yana qalblardagi bezovtaliklar boshlandi… Biz dod, faryod deb qolaveramiz. kofirlarga o’z maqsadlariga etish yo’lida bizni qiynalishimiz, qirilib ketishimiz, hatto ularni rejasini amalga oshirganlarni ham o’lib ketishlari parvosiga kelmaydi. Bir marta ishlatiladigan narsadek tashlab ketishaveradi. AQSh va Rossiya boshchiligidagi vahshiyliklar hammaga kundek ravshan. Bizning hokimlarimiz yoki hokimiyatni o’z qo’llariga olish ilinjida yurganlar ularga malaylik qilishni uyatmay, yuzsizlarcha qoilmaqom qilib amalga oshirishmoqda. Shuning uchun Rahmon Azza va Jalla bizni bundan ogohlantirgan edi:

 وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمْ النَّارُ

–„Zulm yo’lini tutgan kimsalarga suyanib qolmanglar. Aks holda sizlarga do’zah o’ti etar“. [11:113]

 أَلَمْ يَأْنِ لِلَّذِينَ آمَنُوا أَنْ تَخْشَعَ قُلُوبُهُمْ لِذِكْرِ اللَّهِ وَمَا نَزَلَ مِنْ الْحَقِّ وَلَا يَكُونُوا كَالَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِنْ قَبْلُ فَطَالَ عَلَيْهِمْ الْأَمَدُ فَقَسَتْ قُلُوبُهُمْ وَكَثِيرٌ مِنْهُمْ فَاسِقُونَ

–„Iymon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil bo’lgan Haq – Qur’onga moyil bo’lish (vaqti) kelmadimi? ilgari kitob ato etilgan, so’ng muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar kabi bo’lib qolmaslik (vaqti kelmadimi)? Ular(ya’ni o’zini mo’minman deganlar)dan ko’pchilik fosiq- itoatsizdirlar“. [57:16]

Bular insoniyat go’zal hayotga qanday muhtoj bo’lsa, shunday zoriqib turgan Islomdagi hukmlar dengizidan bir tomchi xolos. Olam hozircha kapitalistik g’arbning jahannamiy olovida jizg’anak bo’lib kuyayotgan ekan, Islomning hokimiyat boshqaruviga qaytishini intizorlik bilan kutyapti. Alloh Taolo dedi:

 هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ

– „Alloh O’z payg’ambarini hidoyat va haq din bilan – garchi mushriklar istamasalar-da – barcha dinlarga g’olib qilish uchun yuborgan zotdir“.

Rosululloh(s.a.v) Islomni olib kelgan davrdan boshlab, musulmonlar hayotning hamma sahasini Islom nuri asosida tushunishar, ya’ni Alloh Taolo rozi bo’ladigan hayotning barcha sohasini qanday ekanini yaxshi tasavvur qilishar va uning hukmlari bilan har qanday muammolarni mohirlik bilan echishar edi. Shunda ular butun insoniyatga etakchi va yo’lboshchi bo’ldilar. Butun er yuzida adolatni hukmron qilishdi.

Ammo ohirgi davrlarda Islomni tushunishga e’tibor bermay qo’yishgach, garchi shar’iy hukmlarni to’la tadbiq qilishgan bo’lsalarda avvalgi etakchiligi yo’qoldi, chunki har bir davrda o’z olimlari Ummatga Islomni ular tushunadigan qilib bayon qilib berar edilar. Keyinchalik ijtohod to’htatilgandan boshlab taqlid kuchaydi. Islomni tushunmaydigan bo’lib qolishdi. Lekin hayotlari faqat shar’iy hukmlar asosida, shayxulislomlar aytib bergandek davom etayotgan bo’lsa-da, o’z ishlarini qanday davom ettirishni bilmay qolishdi, hatto shayxlar ham yangi muammolarga echim berolmay, hayron bo’lib qolishdi.

 O’sha kunlari g’arbda Islomiy Davlatga kasal kishi deb nom qo’yilgan edi. Natijada kufr Islomiy Davlatni parchaladi, ellikdan ortiq davlatchalarga bo’lib, boyliklarini talon-taroj qilishdi, sun’iy chegaralarni belgilab berishdi, bitta jasadni bo’lak-bo’lak qilib yuborishdi. Eng achinarlisi musulmonlarni Islomini tushunmaydigan ahvolda saqlab turadigan rejalariga odatlantirishdi, bor kuchlarini, nayranglarini sarflashdi, hatto ba’zi shayx-imomlar ham Islomimizni tushunishimizga qattiq qarshiliklar qilishmoqda. Islomda shunday kuch borki, uni qabul qilganlarni tabiiy ravishda bitta jasad kabi qiladi va kofirlarni xarakatlari puchga chiqaradi.

Endilikda Rosululloh(s.a.v) olib kelgan va bizni butun insoniyat uchun etakchi bo’lishimiz asosi bo’lgan o’z Islomimizni tushunishga va unga amal qilishga chaqirayotganlarni xalq dushmaniga chiqarilmoqda, qamoqlarlarga tashlab yoki siyosiy bosimlar ostida Ummatdan ajratilmoqda. Shuning uchun boshimiz balolardan chiqmay qoldi. Yosh bolaga ham kim qilgani aniq bo’lib borayotgan balolardan qutilish choralarini bilmaydigan notovonlarga aylandik. Hayotimiz esa, bedavo yuqumlik kasalliklar, asab kasalliklari, kahatchilik, krisizlar, notinchliklar… chunki bizda ba’zi, bizga begona bo’lgan xislatlar odatiy, xech kim ajablanmaydigan bo’lib qoldi. Rosululloh(s.a.v) dedilar:

«Ey muhojir(ya’ni Islom yukini o’z zimasiga olib, Allohga ahdu-paymon bergan va shu maqsadda o’z yurtlarini tashlab ketgan)lar jamoasi, besh xislat borki, sizlar shu xislatlarga ega bo’lib qolishingizdan Allohdan panoh so’rayman:

  1. Fohisha hech bir qavmda ochiqdan-ochiq zohir bo’lmagan, magar u qavmda vabo va o’tgan ota-bobolarida bo’lmagan kasalliklar zohir bo’ladi.
  2. Hech bir qavm tarozi va o’lchovdan urib qolmagan, magar ular qurg’oqchilikka, qattiq aldanishga va Sulton(Hokimlar)ning jabriga duchor bo’ladilar.
  3. Qavm o’z mollaridan zakotni bermagan, magar osmondan bir qatra suvga zor bo’lganlar. Agar hayvonlar bo’lmaganda aslo yomg’ir ko’rmasdilar.
  4. Allohning va Rosulining ahdini buzmaganlar, magar ularga tashqaridan bir dushman hukmron bo’lib olib, ularning qo’llaridagi narsalarning ayrimlarini tortib olgan.
  5. Imom(-Hokim)i Allohning Kitobi bilan hukm qilmaydi va Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilishdan o’zlarini katta olmaydi, magar Alloh ularning kulfat-musibatlarini oralaridan chiqarib qo’yadi».

Albatta Abdulloh ibn Umar rivoyat qilgan Rosululloh s.a.v.ning ushbu hadisi qo’shimcha sharx va bayonga muhtoj emas. Chunki bu hadisning o’zi shu kunlardagi musulmonlarning ahvolini gapirib bermoqdi. Allohnikidek kuch va qudrat hech qaerda yo’qdir.(davomi bor).

G’arib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.