Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati Anqaradagi hujumni tanqid qildi

387
0

Kecha Turkiya poytaxti Anqaraning qoq markazida bomba hujumi sodir etildi. Portlash oqibatida 34 kishi o’lganligi va 125 kishi jarohat olganligi aytilmoqda. Bundan tashqari hodisa joyida bir qancha avtomobillar yonib ketgan va ko’plab binolar zarar ko’rgan.

Hodisa ortidan Turkiya bosh vaziri Ahmad Davuto’g’li, ichki ishlar vaziri Yefkan Ala, sog’liqni saqlash vaziri Mehmet Muazzino’g’li va adliya vaziri Bekir Bo’zdog’ ishtirokida yig’ilish tashkil qilindi. Yig’ilishdan so’ng ichki ishlar vaziri Yefkan Ala bayonot berdi.

“Kechki paytlarda “Qizil oy”dagi avtobus bekatlarida yo’llovchilarga nisbatan bomba yuklangan avtomobil bilan hujum sodir etildi. Biz bu terror hujumini la’natlaymiz. Buni amalga oshirganlar hech qachon maqsadlariga eta olmaydi”, dedi vazir.

Anadolu axborot agentligi voqea joyiga etib kelgan matbuot vakillariga ba’zi cheklovlar qo’yilganligini bildirdi. Agentlikka ko’ra, Telekommunikatsiya vazirligi portlashda halok bo’lgan yoki jarohat olgan kishilarning tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni ta’qiqlagan.

Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati mazkur hujumni qoralab bayonot chiqardi. Bayonotda Alloh Azza va jalladan halok bo’lganlar uchun rahmat, ularning oilalariga sabru-jamil va jarohat olganlarga shifo so’ralgandan so’ng davlat amaldorlariga quruq tanqid qilib qo’yish natija bermasligini aytilib, ularni amalga o’tishga chaqirildi. Bayonotda ta’kidlanishicha, bunday holatlardan qutilishning yagona yo’li AQSh va G’arb davlatlarini do’st tutish bilan emas, balki Islomga qaytish bilangina amalga oshadi.

“Avval sodir etilgan hujumlar kabi bu hujumning ham orqasida albatta mustamlakachi G’arb davlatlari turibdi. Chunki betartibliklarni keltirib chiqarish, terrorchi tashkilotlarni qo’llab-quvvatlab, ulardan o’z maqsadlari yo’lida foydalanish va begunoh odamlarni o’ldirib, ortidan hech uyalmasdan tanqid qilib turish ularning odatiy ishlaridir. Shunday ekan, Amerika, Britaniya, Rossiya, Frantsiya va Isroil kabi terrorchi davlatlarga nisbatan ogoh bo’lish va ularning soxta do’stliklariga aslo ishonmaslik lozim. Ularning elchixonalari darhol yopilib, barcha munosabatlarga chek qo’yilish kerak. Aks holda qon to’kilishi to’xtamaydi va terrorizm ham aslo barham topmaydi. Chunki mustamlakachilarni o’z hayotlari va manfaatlaridan boshqa narsa aslo qiziqtirmaydi. Bu hujumdan ikki kun oldin AQSh elchisining o’z fuqarolarini ogohlikka chaqirishi diqqatga sazovardir!”, “Buyuk davlat bo’lishning va chuqur strategiyaga ega bo’lishning yo’li aniqdir, o’tmishimiz, madaniyatimiz va tariximiz aniqdir. Shunday ekan, G’arbdan va mustamlakachilardan yuz o’girib o’zligimizga, Islomga qaytishimiz lozim”, deyiladi jumladan bayonotda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.