Endilikda “terrorist” va “ekstermist”lar alohida kameralarda saqlanadi

487
0

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 16 aprel kuni  terrorizm va ekstermizm ayblovi bilan ozodlikdan mahrum etilgan mahbuslarni qolgan mahbuslardan alohida saqlash to‘g‘risidagi qonunni imzolagan va bu orqali jazo muddatini o‘tab kelayotgan musulmonlarni qolgan mahbuslardan alohida saqlanishi qonuniy ko‘rinish olgan edi.

 Jazoni ijro etish boshqarmasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, terrorizm va ekstremizm moddalari bo‘yicha ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning dastlabki guruhi juma kuni muassasalardan biridagi maxsus ajratilgan hududga ko‘chirildi.

 “Bugun terrorizm ayblovi bilan ozodlikdan mahrum etilganlarni dastlabki guruhi alohida ajratilgan joyga ko‘chirildi. Bugungi kunda respublika bo‘yicha bundaylar 150 nafarni tashkil etadi”, – deyiladi xabarda.

 Ma‘lum qilinishicha, bunday hududlar jazoni ijro etish boshqarmasi tasarrufidagi to‘rtta qamoqxonada tashkil etiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.