Isroil va Turkiyaning Jeneva uchrashuvi

447
0

Isroil va Turkiya vakillari o’zaro aloqalarni yaxshilash yo’lida chala qolib ketgan muzokaralarni davom ettirish uchun yana uchrashuv o’tkazishga tayyorlanmoqda. Al Jazira axborot agentligiga ma’lumot bergan Isroil Tashqi ishlar vazirligining rasmiylari uchrashuv bugun Jenevada bo’lishini tasdiqladi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi esa Al-Jaziraning ayni masalaga doir savoliga “Biz inkor ham qilmaymiz, tasdiqlamaymiz ham”, deya javob berdi.

Isroilning Haaretz gazetasiga ko’ra, muzokaralarda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu nomidan Jozef Chexanover va milliy xavfsizlik masalalari bo’yicha maslahatchisi Yoqub Nagel vakil sifatida ishtirok etadi. Turkiya tarafidan esa tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Feridun Sinirlio’g’li muzokarada ishtirok etadi.

 Isroil Bosh vaziri Netanyahu Chegara xavfsizligiga oid bayonotida Turkiya bilan munosabatlar haqida alohida to’xtalib, “Biz barcha qo’shnilarimiz bilan tinch totuv yashashni istaymiz, faqat bu ikki tarafga bog’liq masaladir”, dedi.

Prezident Erdug’onning Amerika yahudiylari bilan uchrashuv o’tkazgandan so’ng Jenevadagi Turkiya-Isroil muzokaralari yana dolzarb mavzuga aylanishi e’tiborga molikdir. AQShda mashhur sanalgan “Conference of Presidents” yahudiy tashkilotining delegatsiyasi seshanba kuni Malkolm Hoenle boshchiligida prezident Erdug’on va bosh vazir Dovuto’g’li bilan uchrashdi. AQSh yahudiylaridan bo’lgan Hoenle Isroil bosh vaziri Netanyahuga yaqin shaxslardan biri hisoblanadi. Avval boshdan muzokara haqida Isroil Bosh vazirining Offeciga ma’lum qilgan Hoenlega Isroil bosh vaziri Netanyahu Turkiya Prezidenti Erdug’onga va Turkiya bosh vaziri Davuto’g’liga muayyan xabarlarni etkazish vazifasini topshirganligi aytilmoqda. Malkolm Hoenle Turkiya rasmiylari bilan uchrashgandan so’ng yana Quddusga qaytib ketdi. Hoenlening uchrashuvlar so’ng yana Quddusga qaytib ketishi esa Erdug’ondan Netanyahuga javob olib ketganligi bilan izohlanmoqda.

Xabarlarda aytilishicha, AQSh ham Turkiya-Isroil munosabatlarini barqarorlashtirish uchun bosimni kuchaytirgan. AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Turkiyaga tashrifi chog’ida Turkiya rasmiylari bilan bu masalani muhokama qilganligi va u taxminan ikki hafta oldin Netanyahuga aloqalar natijalarini etkazganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Xabarlarga ko’ra, Bayden Davosda Netanyahu bilan o’tkazgan uchrashuvda asosan Turkiya haqida suhbatlashgan. U Davos forumi ortidan Turkiyaga kelib Netanyaxuning salomini Turkiya rasmiylariga etgazgan edi. Erdug’on ham Yanvar oyi boshida Saudiya Arabistonidan qaytib kelayotganda muxbirlarga “Isroil mintaqada Turkiya kabi bir o’lkaga muhtojdir. Biz ham Isroilga muhtojligimizni tan olishimiz kerak. Bu bir haqiqatdir”, degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.