Qirgʻiziston va Oʻzbekiston iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashda kelishuvga erishdi

1113
0

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashda kelishuvga erishdi

Oʻzbekiston bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qirgʻiziston hukumati huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati  bilan mazkur yoʻnalishdagi jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

 23 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlraga qarshi kurashish davlat xizmati (IJQKDX) raisi B.Tairov boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.

 Bosh prokuratura xabariga koʻra, IJQKDX delegatsiyasi departament boshligʻi A.Mavlonov bilan boʻlgan uchrashuvda, Departamentning iqtisodiyot sohasida davlat manfaatlarini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash, korruptsiya, jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohalaridagi ishlari hamda faoliyatining boshqa ustuvor yoʻnalishlari bilan tanishdi.

 Maʼlum qilinishicha, uchrashuv davomida tomonlar Qirgʻiziston prezidentining 2017 yil 5 oktyabrdagi Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkent shahrida imzolangan idoralararo hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni amalga oshirish boʻyicha fikr almashishdi.

Xususan, faoliyatning aniq yoʻnalishlari boʻyicha birgalikdagi tadbirlarni tashkil etish, tematik tadqiqotlarni oʻtkazish, transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash va boshqa oʻzaro manfaatli masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar 2018-2019 yillarga moʻljallangan Kelishuvni amalga oshirish boʻyicha Chora-tadbirlar rejasini imzolashdi.​

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.