Roya gazetasi: Saudiya 47 nafar shaxsni qatl qildi, ular orasida shayx Nimr Boqir an-Nimr ham bor

424
0

Roya gazetasi: Saudiya 47 nafar shaxsni qatl qildi, ular orasida shayx Nimr Boqir an-Nimr ham bor

O’tgan shanba kuni Saudiya al-Qoida tashkiloti a’zolaridan iborat o’nlab kishilar bilan birga etuk shia dindori Nimr an-Nimrni qatl qildi. Bu esa Saudiyaning sunniy mujohidlar tomonidan bo’ladimi yoki ozchilik shia tomonidan bo’ladimi, farqsiz har qanday hujumga toqat qilolmasligini ko’rsatib turibdi. Shuningdek, ayni qatl amaliyoti mintaqada mazhabparastlik g’azabini keltirib chiqarmoqda. Qatl qilingan 47 nafar shaxsning aksariga «o’tgan o’n yil mobaynida al-Qoidaning Saudiyadagi hujumlarini sodir etganlik», ayblovi qo’yildi. Ularning orasidagi Nimr bilan birga 4 nafari esa shia edi. Ularga esa oxirgi yillarda hukumatga qarshi o’tkazilgan namoyishlar paytida politsiya xodimlariga o’q uzganlik ayblovi qo’yildi.

Saudiyaning bu qadami Eron bilan bo’lgan munosabatlarning buzilishiga olib keldi. Chunki Eron Nimrga Saudiyadagi jamiyatdan chetga chiqarilgan shia ozchiligining qahramoni, deya baho berardi.

«Mehr» axborot agentligida nashr etilgan Eron Inqilob Soqchilari korpusi bayonotida jumladan bunday deyiladi: «Yaqinda Saudlar oilasidan qattiq qasos olinadi va terrorni qo’llovchi, Islom dushmani bo’lgan bu rejim albatta qulatiladi». Ko’p vaqt o’tmay, Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil Jubayr ham, Saudiya Arabistonining Eron bilan diplomatik aloqalarni uzishga va mamlakatdan Eron diplomatlarini chiqarib yuborishga qaror qilganini bildirdi (Reyter axborot agentligi).

Roya gazetasi sharhi:

Eron rahbarlari Saudiya hukmdorlarining sunniy musulmonlarni ham, shia musulmonlarni ham umuman e’tiborga olmasliklarini juda yaxshi biladi. Shunday bo’lsada, ayni masalaga mazhabparastlikdan kelib chiqib yondashishmoqda va buni shia bo’lgani uchun shayx Nimrga qarshi qilingan ish, deya talqin qilishyapti. Bu bilan mustamlakachi xo’jayinlari manfaati uchun mazhabparastlik va millatchilik nizosini qo’zishda Saud hukmronlariga sherik bo’lishyapti. Musulmonlar Saudiya hukmdorlari ham, Eron rahbarlari ham jinoyatchilar ekanini, ularning har ikkisi ham G’arb davlatlari rejalarini ijro etishda, ya’ni shu davlatlar tomonidan yoqilgan mazhabparastlik fitnasi oloviga moy sepish ko’zlangan rejalarini ijro etishda sherik ekanini tushunib etmoqlari lozim. Sunniy va shia Musulmonlari Saudiya hukmdorlari sunniylikni, Eron hukmdorlari esa shialikni gavdalantiradi deb o’ylab, mazhabparastlik kurashiga aldanib qolmasliklari lozim. Chunki voqeda Saudiya hukmdorlari ham, Eron rahbarlari ham Islomni tatbiq etmaydi. Aksincha, ular Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikning qaytishini oldini olishdek G’arb rejasiga xizmat qilishadi. Ular musulmonlar va ularning masalalariga zarracha ahamiyat berishmaydi. Balki, har ikki tomon ham Islom va musulmonlar dushmanlari tuzgan rejalarni amalga oshirish maqsadida ortlaridan musulmonlarni ergashtirib, toifachilikka xizmat qilishmoqda.

Roya gazetasining 2016 yil 6 yanvar chorshanba kungi 59-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.