Roya gazetasi: Sobiq Amerika elchisi: Amerika qurol sotish va urushlar olovini yoqishni bas qilmas ekan, er yuzida tinchlik bo’lmaydi

401
0

Amerikaning sobiq elchisi Den Simpson AQSh siyosiy elitasidagi Vashington tashqi siyosatini ayovsiz tanqid qiluvchilar qatoridan joy oldi.

U hozirda «Pittsburgh Post-Gazette» gazetasida bosh muharrir yordamchisi sifatida faoliyat qilmoqda. Simpson joriy yil boshida o’zining ayni gazetada chop etilgan «Amerika qurol sotish va urush olovini yoqishni bas qilmas ekan, er yuzida tinchlik bo’lmaydi» nomli maqolasida bunday deydi:

«Boshqalarning Qo’shma Shtatlarga nisbatan tutgan pozitsiyasini 2015 yil oxirida o’rganib chiqishim natijasida, biz yurt ichida ham, tashqarisida ham qotil millat ekanmiz, degan xulosaga keldim. Istaymizmi-yo’qmi, biz shunday dong taratdik. Men uchratayotgan aksar xorijliklar bizni jinni deb bilishadi. Deyarli hamma odamlar bizni xalqaro hamjamiyat uchun xavfli deb hisoblashadi».

Simpson AQShning «O’zimiz munosib deb bilgan hukumat shaklini belgilab berish orqali yoki ular amalga oshirishdi degan narsani bahona qilib, etakchilarini o’ldirish uchun uchuvchisiz samolyotlarni yuborish va bombalar yog’dirish orqali» o’z istaklarini tiqishtirishini aytar ekan, boshqa davlatlar oldida bundan panoh so’rab, parvardigorlariga iltijo qilishdan o’zga choralari qolmaganini bildirdi. U ayni fikrlarini isbotlash maqsadida Iroq, Afg’oniston va Liviyadan to Yamangacha bir qancha davlatlarni misol qilib keltirdi.

Simpson o’z maqolasini xorijiy davlatlardagi Amerika kuchlarini olib chiqib ketishga chaqirish bilan tugatar ekan, jumladan bunday dedi: «Shunday qilmagunimizcha, er yuzida tinchlik bo’lmaydi… Kelinglar, qotillar bo’lmaylik» (Rossiya segodnya axborot agentligi).

Roya gazetasi sharhi:

Sobiq Amerika elchisi Simpson AQShga nisbatan boshqa xalqlardagi mavjud salbiy qarashlarni ochiq va aniq gapirdi. Ammo neokonservatorlar kichik Jorj Bush boshchiligida bunday qarashlarni yashirishga urinib kelgan. Masalan, Bushning «Nega bizni yomon ko’rishadi, holbuki, biz yaxshi inson bo’lsak», degani kabi. O’shanda neokonservatorlar «Yovuz odamlar Amerikani ham, uning qadriyatlarini ham yomon ko’radi va bizning yutuqlarimizga hasad qiladi», degan gaplari bilan Amerikadagi jamoatchilikni chalg’itishga uringan edi. Simpson aytgan haqiqat shundan iboratki, AQShga nisbatan dushmanona qarashlarga uning olib borayotgan siyosatlari sababdir. Bu boshqalarni amerikaliklarni «qotil millat», deb hisoblashlariga olib kelmoqda. Amerikaning Afg’oniston, Iroq, Liviya, Yamandagi musulmonlarga nisbatan dushmanona siyosat olib borayotgani hamda «Isroil»ni izchil suratda qattiq qo’llab-quvvatlayotgani, shularning hammasi mazkur qarashlar ortida turibdi. Simpson Amerika mudom ayni siyosatda davom etar ekan, dunyoda tinchlik bo’lmaydi, deya izohladi. Biz uning bu gaplariga qo’shimcha qilmoqchimiz: Amerika siyosatlari ortida yashiringan sabab mana shunday dushmanona siyosatlarni ijro etayotgan boshqaruvdagi mavjud shaxslargagina cheklanmaydi. Balki buning haqiqiy sababi hayotni manfaat, deya tasvirlaydigan G’arb hazoratida yashiringan. Mana shu narsa G’arb hazoratiga asoslangan davlatlarni mustamlakachi davlatlarga aylantirdi. Ular moddiy qiymatdan o’zga qiymatlarni sariq chaqaga olmaydigan bo’lishdi. Dunyo va dunyo tinchligiga nisbatan real xavf G’arb hazoratidan keladi. Amerika, Britaniya, Frantsiya kabi davlatlar ham mana shu hazorat ustiga qurilgan bo’lib, bu hazoratdan kelib chiqqan siyosatlar butun dunyo xalqlariga balo-ofat bo’ldi va hamon balo-ofat bo’lib qolmoqda.

Roya gazetasining 2016 yil 6 yanvar chorshanba kungi 59-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.