Indoneziya va Turkiyadagi portlashlar

446
0

Ozodlik radiosi qirg’iz xizmatining 2016 yilning 14 yanvar kuni xabar qilishicha, Indoneziyaning poytaxti Jakarta shaxrining kamida olti erida qo’poruvchilik amaliyoti sodir etilgan.

Qo’poruvchilik amaliyotlari asosan kafe va bir qator savdo markazlarida sodir etilgani aytiladi. Kuch organ xodimlari fuqorolarni jamoatchilik to’planadigan joylarga vaqtinchalik bormay turish haqida ogohlantirishgan. Ular qo’poruv amaliyotlari yana davom ettirilishi mumkin deb o’z xavotirlarini bildirishgan.

Voqealarning yurishida “Islom davlati” tashkilotining ishtiroki bor degan gumon qilinmoqda.

Shu kuni Turkiyaning g’arbiy mintaqalarida xam qo’poruv amaliyoti sodir bo’lgani xaqida, Britaniyaning Bi-bi-si kanaliga tayanib, Rossiyaning RIA Novosti telekanali axborot tarqatdi.

Portlagich moddalar bilan to’ldirilgan mashina Diyorbakir provintsiyasidagi politsiya maxkamasi oldida portlatib yuborilgani aytiladi xabarda. Hodisada 5 odam xalok bo’lgan. Turk xukumati vakillari mazkur amaliyotlar Kurd ishchilar partiyasi tomonidan uyushtirilgan degan gumonni ilgari sura boshlashdi.

Bundan ilgariroq 12 yanvar kuni, Istambul shaxri markaziy qismi xisoblangan Sulton Maxmed xiyobonida porlash bo’lib o’tgan edi. Unda asosan 10 nafar Germaniyalik turistlar xalok bo’lgani va yana o’nlagan odam xar turli jaroxat olgani aytilgan edi. Turk xukumati bu amaliyotni suriyalik jangari o’zini portlatib yuborgan degan gumonni ilgari surishdi.

Turkiston:

Dunyoning etakchi davlatlari kapitalistik kufr sistemasi asosida bir birlari bilan doim manfaatlar ustida talashib kelishadi. Bu manfaat asosiga qurilgan kapitalistik sistemaning ajralmas tabiati bo’lib, bu sistemadan boshqa natijalar kutish mumkin emas.

Dunyodagi etakchi davlatlar o’zaro giosiyosiy manfaatlar talashayotib, deyarli bir xil uslublar bilan ish olib borishadi. Ular bir zaif davlatni boshqa bir yirik davlatning tasarrufotidan tortib olmoqchi bo’lishsa, u erda albatta xar xil yo’llar bilan notinchliklar, parokandaliklar yoki urushlar paydo qilish uchun ko’proq islomiy jangarilar nomidan qo’poruv amaliyotlari uyushtirishadi.

Ba’zida bir davlat o’zidagi birorta noqulay quvvatni bartaraf etish uchun yoki o’zining bu quvvatga nisbatan muomilasini keskin o’zgartirish uchun o’sha muxolif quvvat nomidan o’z fuqorolariga zarar etkazuvchi amaliyotlar uyushtiradi. Buni biz yaqinda bo’lib o’tgan Frantsiyada uyushtirilgan bir qator qo’poruv amaliyotlarida ko’rdik.

Ilgariroq, 1999 yillarda boshlangan, Rossiyaga Putinni olib kelish maqsadidagi bir qator qo’poruv amaliyotlari, so’ng Rossiyani Chechenistonni bosib olishi uchun uyushtirgan yana bir qator qo’poruv amaliyotlari, Xitoyning Uyg’uristonda o’z rejimini kuchaytirib olish maqsadida 2013 yildan boshlab, uyg’urlar nomidan bir necha yuzlagan odamlar o’limi bilan yakun topgan bir qator amaliyotlar uyushtirishi, AQSh Nyu-Yorkda uyushtirgan 11 sentyabr voqeasi – bularning barchasini aloxida-alohida qarab chiqsak, xar biri o’sha katta davlatlarning biror bir manfaatni qo’lga kiritish maqsadi uchun uyushtirilganini tarixdan ko’ra olamiz.

Yuqoridagi hodisalarga kelsak, ko’proq Frantsiyaga qaram bo’lgan Indoneziya va AQShning mustamlakasi bo’lgan Turkiya o’zlarining Islom va musulmonlarga nisbatan ichki strotegiyalarini o’z xojalarining yo’nalishlariga muvofiqlashtirish uchun xarakat olib borishayotganiga guvox bo’lamiz. Ular olamiy kufr sistemasining, Islomga qarshi yangi va umumiy yo’nalishiga muvofiqlashishmoqchi.

Indoneziya Islomga o’ta yaqin va musulmonlarga nisbatan mexribonroq siyosat olib boradi. Balki yuqoridagi kufr sistemasining etakchi davlatlari Indoneziya xukumatining ixtiyoridan tashqari, bu davlatning Islom va musulmonlarga nisbatan strotegiyasini atayin buzushga urinishayotgan bo’lishlari xam mumkin.

Balki Turkiyani xam, Islom va musulmonlarga qarshi yo’naltirish uchun va Kurt millatiga mansub Turkiya fuqorolari bilan davlat o’rtalarida atayin ziddiyatlar paydo qilish uchun yuqoridagi qo’poruv amaliyotlarini yirik davlatlarning o’zlari uyushtirishgandir.

Xar qaysi xolatlarda xam, yuqoridagi qo’poruv amaliyotlari, Indoneziya uchun xam, Turkiya uchun xam manfaatli emas. Bu ularning kufr olami karvoniga qo’shilib olishganlarining oqibatidan kelib chiqayotgan kasofat va falokatlar xisoblanadi. Dunyoning deyarli barcha islomiy mamlakatlari xozir vaximaga tushib qolishgan. Ular xavf xatarlarni kutib yurak changallab o’tirishibdi. Bu islomiy mamlakatlar shu qadar zaifdirki, kufr tomonidan amalga oshirilgan barcha qo’poruv amaliyotlarini aniq bila turishsa ham, o’sha kufr mamlakatidan “bu safargi qo’poruv kim tomonidan amalga oshirildi” deb so’rashadi. Bu davlatchalar kufr tarafidan amalga oshirilgan yoki kufrning buyruq va ko’rsatmalari bilan o’zlari amalga oshirishgan iflos qo’poruv amaliyotlari ortidan boshqa yasama stsenariylar tuzib, o’z fuqorolarini bir qator qamab, quvg’in qilib yoki qirib yuborishadi.

Qozog’iston va butun O’rta Osiyo davlatlari xam o’z navbatlarini kutib, qo’poruv amaliyotlari qay tomonidan kelib qolishi mumkin, degan gumon bilan yashashayapti. Karimov va uning jinoyatchi to’dasi shu qadar vaximaga tushdiki, Toshkentni bir necha oy qurshovda ushlab turishdi. Shaxarni birma bir xonadonlarini tekshirtirdi.

Nazarboev esa, Rossiyaning saqofiy mustamlakasidan qutila olmay tinimsiz sa’y xarakatlar olib borayapti. U xatto Rossiya telekanallarini o’z mamlakatiga ko’rsatishdan bosh tortish yo’llarini qidirayapti. Qirg’iziston esa, xam Rossiyadan, xam AQShdan va qisman Xitoydan xam xavotirda. Chunki Qirg’iziston xar qanday nosog’lom kuchlar kirib kelaverishi mumkin bo’lgan deyarli ochiq mamlakat hisobdanadi. U xatto o’z chegarasini biror davlat bilan to’sib olgan emas.

Kufr olami yuqoridagi qo’poruv amaliyotlarini uyushtirish orqali, muayyan bir mamlakatni o’z maqsadi sari yurgizishga xarakat qilib, boshqa ikkinchi yirik davlat uchun yangi nishonga aylantiradi. Yoki o’sha davlatni o’z fuqorolari bo’lgan musulmonlarga qarshi yo’naltirish bilan, yangi olamiy urush maydoni yaratib olmoqchi bo’ladi.

Shuning uchun yuqoridagi nishonda turgan islomiy davlatlar ogox bo’lishlari lozim. Xar qanday qo’poruv amaliyoti muayyan kufr davlati manfaatlari uchun uyushtiriladi. Uni kim tarafidan va qanday uyushtirilishining farqi yo’q. Xatto bu amaliyotlar siyosiy xato qilayotgan musulmonlar tomonidan uyushtirilganida xam kufrning muayyan manfaati uchun amalga oshirilgan bo’ladi. Chunki zulmlar oshkor bo’lib va kuchayib borishi tufayli, islomiy tuyg’uga to’lib borayotgan musulmonlar ko’payib borishayapti. Kufr ular uchun xoxlagan mamlakatidan o’z nafratlarini sochib yuborishi uchun sharoit yaratib bera oladi. Xukumatlar esa, ularni xaqiqiy jinoyatchilar deb osongina o’sha islomiy yo’nalishlarga yoki umuman musulmonlarga qarshi keng va ommaviy kurash boshlab yuborishadi. Oqibatda kufr o’z maqsadiga erishib olgan bo’lib chiqadi.

Aslida esa, xar qanday qo’poruv amaliyoti uchun aniq va tiniq tekshiruv ishlari olib borilishi kerak. Jinoyatlar ochilmay turib qolishi esa, xalqaro tashkilotlarni o’ziga jalb qiladi. Ularni shu muammoga tortib, ishlarga xalqaro tus berib, jinoiy ishlar ular tomonidan olib borilishini talab qilib turib olishlari kerak. Bu xolat ularni sharmanda bo’lishiga sabab bo’ladi. Chunki ular jinoyatchilar bilan bir sistemada ish olib borishadi, bir birlarining ayblarini ochishlari o’ta noqulay bo’ladi.

Shuning uchun islomiy yurt etakchilari Alloxdan qo’rqib, qo’poruv amaliyotlarini uyushtirgan xaqiqiy jinoyatchilarni aniq ochib berishsin. Agar qo’rqishsa, qalbaki jinoiy to’dalarni o’ylab topib olib, kufrning rozi qilish uchun ish olib borishmasin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.