AQSh Rossiyaga qarshi jazo choralarini kengaytirdi

555
0

AQSh Rossiyaga qarshi “qora ro’yxat”ni va iqtisodiy sohadagi sanktsiyalarini kengaytirdi.

Bu haqda AQSh Moliya vazirligi qoshidagi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC, Office of Foreign Assets Control) ma’lum qilgan.

“Qora ro’yxat”ga (SDN List) Qrimda faol ishlayotgan kompaniya va banklar, ro’yxatga avval kiritilgan Genbank, Krayinvestbank, Inresbank, Mosoblbank, “Texnopromeksport”, “Volgogradneftemash” va boshqalar bilan aloqada bo’lganlar qo’shilgan.

Ro’yxatda keltirilgan 34 shirkat orasida VTB-24 va VTB, Sberbank, va uning mintaqaviy bo’linmalari, Sberbank Nafaqa jamg’armasi, “Yandeks.Dengi” tizimi, “Luch”, Stankoimport, Rosoboroneksport, “Vertolet Rossii” shirkati, Qrimdagi Likyor-aroq zavodi, “Massandra” korxonasi, “Magarach” Davlat vino instituti, Sevastopol dengiz banki, Quyi Oreanda kurorti, Yalta kinostudiyasi va boshqalar bor.

AQSh tomonining ma’lum qilishicha, ushbu choralar amaldagi sanktsiyalar samaradorligini saqlab qolish maqsadida qo’llanilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.