«Mustahkam asoslar» Shom ahli bergan qurbonlarga nisbatan bepisandlikdir

565
0

Riyoz konferentsiyasi ishtirokchilari qabul qilgan «Mustahkam asoslar»: qo’zg’olonning mustahkam asoslariga hamda Shom ahli bergan qurbonlarga nisbatan bepisandlikdir

Amerika o’zining barcha vosita va uslublari yordamida Suriyada yurgizayotgan siyosatni kuzatayotgan kishi shubhasiz quyidagilarga guvoh bo’ladi:

Amerika mintaqadagi ko’plab malaylarini fosh etishga majbur bo’ldi. Chunki muborak Shom qo’zg’oloni uning siyosiy echimiga qarshi chiqdi. Natijada Amerika o’zining maqsad va rejalari haqida ochiq aytishga majbur bo’lib, Suriya kelajagini demokratik ilmoniy rejimda ko’rayotganini bildirdi. Bunga esa Shom ahli va u erdagi islomiy qo’zg’olonning Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik sari ketayotgani sabab bo’ldi. Masalan, Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerrining 2015 yil 22 oktyabrdagi bayonoti yangradi. Uning bu bayonoti mintaqadagi Turkiya va Saudiya kabi malaylari, Rossiya kabi ittifoqchilari tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Kerri o’z bayonotida xalqaro to’rtlik davlatlari Suriyaning butunligiga, u erdagi ko’ppartiyaviy demokratik ilmoniy tizimni saqlab qolishga hamda «Suriyadagi tinchlik echimiga qarshi chiqqan guruhlarga qarshi kurashni» kuchaytirishga kelishib olganini ta’kidladi. Keyin Vena konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Unda Amerikaning siyosiy echimi uchun yo’l xaritasi ishlab chiqildi. Ya’ni, ishtirokchilar Suriyada kelasi olti oy ichida o’tish davri hukumatini tuzishga, o’n sakkiz oy mobaynida BMT nazorati ostida saylovlar o’tkazishga kelishib olishdi.

Vena konferentsiyasi ishtirokchilari Suriyadagi muxolafat jamoalari bilan darhol muzokaralar boshlashga va ular bilan jinoyatkor rejim o’rtasida ilk uchrashuv o’tkazishga qaratilgan harakatlarni olib borishga qaror qilishdi. Saudiya rejimi ijro etishga shoshilayotgan ish mana shudir. Ya’ni 2015 yil 9-10 dekabrda Riyoz konferentsiyasi bo’lib o’tdi va unda guruhlar, tashkilotlar va yakka shaxslar qatnashdi. Mana, biz ularning yakuniy bayonotlariga guvoh bo’lib turibmiz. Ular o’zlarining bu bayonotlarida qabul qilgan «mustahkam asoslarini», maqsadlarini va bularning eng asosiysi Suriyadagi davlat fuqarolikka asoslangan davlat bo’lishini ifodalashdi. Boshqacha ibora bilan aytganda, shuncha oqizilgan qonlar va berilgan qurbonlardan keyin Shom zaminida musulmonlar ustidan hukm yuritadigan rejim Islomni hayotdan ajratadigan demokratik ilmoniy rejim bo’lishini hamda – bayonotda aytilganidek – terrorizmning har qanday shakliga qarshi kurashishlarini bildirishdi. Bu esa ular kuni kecha birgalikda, elkama-elka jang qilgan boshqa guruhlarga qarshi Asad rejimi bilan bitta xandaqda turib jang qilishlarini va bu guruhlar terrorizm ro’yxatiga kiritilishini anglatadi. Ma’lumki, Iordaniya rejimi 2015 yil 18 dekabrda o’tkazilishi belgilangan Xavfsizlik Kengashi yig’iniga taqdim etish uchun terroristik guruhlar ro’yxatini tayyorlash bilan shug’ullanayotgan edi. Konferentsiya qatnashchilari Suriyadagi mavjud ajnabiy jangchilarning hammasiga, ya’ni Shom ahliga nusrat-yordam berish va u erdagi zaifalar nomusini himoya qilish uchun kirgan guruhlarga qarshi ekanliklarini ta’kidlashdi. Shuningdek, ayollar, go’daklar va qariyalar qotilining vakillari bilan muzokaralarga kirishishga tayyor ekanlarini ham bildirishdi. Bunga 2012 yil 30 iyundagi Jeneva bayonotiga hamda shu muzokaralarni yo’naltiruvchi xalqaro qarorlarga asoslangan holda to’xtalishdi. Holbuki, bu muzokara qarorlarida Shom ahli uchun hech qanday rol berilmagan, aksincha, u BMT rahnamoligi va kafolati bilan hammaga majburan tiqishtirilgandir. Ha, Riyoz yig’ini qatnashchilari BMT va xalqaro hamjamiyatning o’t ochishni to’xtatishni nazorat qilishdagi roliga roziliklarini va uni qo’llab-quvvatlashlarini bildirishdi… Ular qabul qilgan «mustahkam asoslar»dan ayrimlari mana shulardir. Bir nazar solgan kishi bu «mustahkam asoslar» G’arb davlatlari, asosan, Amerika istaklariga batamom uyg’un kelganiga, balki Amerika xohlayotgan narsaning aynan o’zi ekaniga guvoh bo’ladi. Amerika o’zining ittifoqchi va malaylari bilan davlatning fuqarolikka asoslanishiga qaror qilgan. Tinchlik echimiga rozi bo’lmagan, o’zi ularni terroristik tashkilotlar deya ataydigan hamda yig’in ishtirokchilari hali terrorizm ro’yxatiga kiritiladigan guruhlar qaysi guruhlar ekani ma’lum bo’lmay turib, shosha-pisha rad etgan guruhlarga qarshi kurashishga ham Amerika qaror qiladi. Ha, o’tish davri hukumatini tuzish, konstitutsiya ishlab chiqish va saylovlar o’tkazish, bularning barchasi Amerika roziligi bilan va BMT niqobi ostida o’tkaziladi. U eng yomon bilan undan ham yomon o’rtasini tanlash ixtiyorini beradigan demokratik o’yinlarda ishtirok etishga majburlaydi. Shunday qilib, Riyoz konferentsiyasi qatnashchilari o’z ishlaridan birortasini mustaqil ravishda hal qilolmasliklarini ko’rib turibmiz. Zero, ular konferentsiyaga o’zlaridan talab qilingan narsalarni bajarish uchun terrorizm bahonasida borishdi. Bunda ular shahidlar qonini ham sodir etilgan shuncha ochlik, qirg’in, quvg’in va qamallar… natijasidagi qurbonlarni ham e’tiborga olishmadi. Bu esa iflos siyosiy mablag’ning hamda kofir G’arb etagiga osilishning mahsulidir. Shuningdek, birrov nazar solgan kishi bu «mustahkam asoslar» Alloh Subhanahu va Taoloning shariatiga xilof ekaniga ham guvoh bo’ladi. Zero, ularning bu mustahkam asoslari dinni hayotdan ajratish e’tiqodiga hamda shu e’tiqoddan balqib chiqqan g’ayriilohiy tuzumlarga asoslangan bo’lib, mana shu jihatdan ham noshar’iydir. Shuningdek, unda bandaning hukmi Allohning hukmidan afzal ko’rilgan. Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

«Dinsizlik hukmron bo’lishini istaydilarmi?! Imonlari komil bo’lgan qavm uchun Allohdan ham go’zalroq hukm qilguvchi kim bor?!» [Moida 50]

Alloh Subhanahu va Taolo bizga inson nafs-havosiga bo’ysunmaydigan mustahkam asoslarni tuzib bergan. Ular la ilaha illallohu Muhammadur Rosululloh aqidasidan balqib chiqqan shar’iy ahkomlardir. Ularning eng birinchi va asosiysi, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklash orqali Alloh nozil qilgan hukm bilan boshqarishdir. Zero, bu boshqaruvni Shom ahli talab qilib, uning yo’lida shahidlarni bermoqda. Alloh Taolo aytadi:

 إِنِ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ أَمَرَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

«Hukm-hokimlik faqat Allohnikidir. U zot sizlarni faqat O’zigagina ibodat qilishga buyurgandir. Eng to’g’ri din mana shudir. Lekin odamlarning ko’plari buni bilmaydilar» [Yusuf 40]

Bu ahkomlarning ikkinchisi, kofir davlatlaridan qutulish, ularning nufuzlariga barham berishdir. Zero, Alloh Subhanahu va Taoloning

وَلَنْ يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا

«Va Alloh hargiz kofirlar uchun mo’minlar ustiga yo’l bermagay» [Niso 141]

degan buyrug’i shunga dalolat qiladi. Uchinchisi, rejimni barcha arkonu basharalari bilan ag’darishdir. Rosululloh A bunday deganlar:

«سَتَكُونُ أُمَرَاءُ فَتَعْرِفُونَ وَتُنْكِرُونَ فَمَنْ عَرَفَ بَرِئَ وَمَنْ أَنْكَرَ سَلِمَ وَلَكِنْ مَنْ رَضِيَ وَتَابَعَ»

«Kelajakda amirlar bo’ladi, sizlar (ularning ma’ruf va munkar amallarini juda yaxshi) bilasizlar va (munkarlarini) inkor etasizlar. Bas, kim (ularning munkar amallarini) bilib, (yomon ko’rsa) pok bo’ladi, kim (ularning munkar amallarini) inkor qilsa salomat qoladi, lekin kimda kim (munkarga) rozi bo’lib, ergashsa bormi!». (Imom Muslim rivoyati). Demak, ko’rib turibmizki, muborak Shom qo’zg’olonining mustahkam asoslari Alloh Subhanahu va Taolo barcha musulmonlar zimmasiga yuklagan shar’iy ahkomlardir. Bu qarorlar o’zgarmaydi va G’arb istaklariga buysunmaydi. Shu bois Alloh Subhanahu va Taoloning nusratini istagan har bir kishi Uning ahkomiga rioya qilmog’i va Islom Ummatiga qarshi to’qilayotgan fitnada ishtirok etishdan tiyilmog’i hamda Islom dushmanlarining muborak qo’zg’olonni bo’g’izlash va uning qurbonliklarini behuda ketkazish maqsadida ishlatadigan quroliga aylanib qolmasligi lozim. Biz ularni Allohning g’azabi va azobidan ogohlantiramiz. Zotan, Shom zaminidagi musulmonlar shuncha bergan qurbonliklari ortidan endi faqat bitta narsaga rozi bo’ladilar, u ham bo’lsa, qo’zg’olonlari G’arb rozi bo’ladigan narsa bilan emas, Alloh rozi bo’ladigan narsa bilan yakun topishidir. Shom zamini musulmonlari ularning farzandlari qonlarini malaylik va xoinlik bozorida sotmoqchi bo’layotgan kimsalarni rad etmoqlari darkor. Zero, shahidlarimiz qoni va ahlimiz qurbonligi sotib yuborish uchun berilmagan. Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib olurlar.

Ahmad Abdulvahhob

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot bo’limining raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.