Chelik: Isroil davlati va xalqi Turkiyaning do’stidir

495
0

Turkiyada hukmron partiya hisoblangan Adolat va taraqqiyot partiyasining matbuot kotibi Umar Chelik “Isroil davlati va xalqi Turkiyaning do’sti ekanligini da’vo qildi. “Anadolu” axborot agentligi Chelik bu haqida partiya yig’ilishi ortidan bergan bayonotida aytib o’tganligi haqida xabar tarqatdi.

Bayonot asnosida Isroil va Turkiya o’rtasidagi munosabatlarning iziga tushish jarayoni haqida gapirib o’tgan Omar Chelik “Isroil bilan aniq kelishim yo’q. Bir loyiha ustida ish olib borilmoqda. Shubhasiz Isroil davlati va xalqi Turkiyaning do’stidir. Bizning hozirgacha qilgan tanqidlarimiz Isroil hukumatining haddan tashqari xatti harakatlariga va biz noqonuniy deb bilgan ishlariga qaratilgandir”, dedi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on ham bundan biroz avval “Turkiya va Isroil munosabatlarining yaxshilanishi mintaqa uchun foyda keltiradi”, degan edi. Bundan bir necha kun o’tib Isroil rasmiylaridan biri Frantsiyaning “AFP” axborot agentligiga intervyu berib, Turkiya bilan bitim tuzganligi haqida aytgan edi. Chelekning yuqoridagi bayonoti Isroil mas’uli tomonidan el’on qilingan shartnomaning to’g’riligidan darak beradi.

Chelekning bildirishicha, ayni paytda Turkiya Isroildan uch narsani kutmoqda; “Birinchisi Marmara hodisasi tufayli uzr so’rashi, ikkinchisi Marmara hodisasida Isroil tomonidan o’ldirilganlarning oilalariga tovon to’lash va uchinchisi G’azodan embargoni olib tashlashdir.

“Birinchisi amalga oshdi, qolgan ikkisi hali amalga oshmadi. Hozirgacha biror nuqtada imzolashuv bo’lgani yo’q. Yuqoridagi uch shartning bajarilish yoki bajarilmasligiga qaraymiz”, deydi Chelek.

2010 yil may oyining oxirida yuz bergan Moviy Marmara voqeasi sababli Turkiya va Isroil o’rtasidagi ayrim munosabatlar muhokamaga qo’yilib, aloqalar uzilganligi haqida aytilgan edi. Biroq ikki davlat o’rtasidagi aloqalar avvalgidan ham yaxshilangani bir necha bor tasdiqlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.