Kerri «Isroil»ni Falastin rejimi ag’darilishi oqibatlaridan ogohlantirmoqda

628
0

Kerri «Isroil»ni Falastin rejimi ag’darilishi oqibatlaridan ogohlantirmoqda

O’tgan shanba Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri Falastin rejimining ag’darilishi oqibatlaridan ogohlantirib, bu «Isroil» uchun tahdid ekanini ta’kidladi.

U mintaqaga safari chog’ida «Brookings Institution» institutida qilgan nutqida Falastin rahbari Mahmud Abbos «Falastin xalqi his etayotgan umidsizlik haqida gapirayotib, har qachongidan ham mayusroq» ko’rindi, dedi.

Keyin ikkala tomon, ya’ni «Isroil» bilan Falastin o’rtasida ishonchning yo’qligi bir kun ham bunchalik darajada chuqurlashmaganini qo’shimcha qildi hamda tomonlarni zaravonlik murakkab tus olmasidan avval unga barham berish lozimligiga chaqirdi.

Keyin u bunday dedi: «Agar Falastin xavfsizlik kuchlari bo’lmasa, «Isroil» mudofaa armiyasi bo’shliqni o’zlari to’ldirish uchun o’n minglagan askarlarini G’arbiy Sohilda muddatsiz uzoq vaqtga joylashtirishga majbur bo’ladi».

Shuningdek, muqarrar to’qnashuv agar mojaro va zo’ravonlikka olib borsa, buning oqibatini mudofaa armiyasida xizmat qilayotgan farzandlari ko’tarishiga «isroillik»lar tayyormi? – degan savolni o’rtaga tashladi. (Livanda chiqadigan «Nahor» gazetasi).

Roya gazetasi sharhi:

Kerrining so’zlaridan Falastin rejimining yahudiylar davlati xavfsizligini himoya qilishdagi roli yaqqol ko’rinib turibdi. Demak, bu rejim yahudiylarning o’n minglagan qo’shini o’rnini to’ldirib beryapti ekan. Alloh va Rosulining dushmanlari bo’lgan bosqinchilarni himoya qilayotgan bu xoin rejim Falastin ahli nomidan muzokara olib borib, ularni nomidan gapiryapti. Shunday ekan, bu rejimdan Falastin ahliga qarshi til biriktiruvdan boshqa nimani ham kutish mumkin?!! Alam qiladigani shuki, Falastin va boshqa islomiy yurtlarimizda musulmonlar ustidan mana shunday rejimlar hukmron bo’lib olganidir. Hukmdorlarning ham mustamlakachi kofir xo’jayinlari siyosatiga xizmat qilish va ular bilan o’z xalqlariga qarshi til biriktirishdan boshqa tashvishi yo’q. Bu juda ham yomon holatdir. Islomiy yurtlar holati bundan ham yomon bo’lishi mumkinmi, axir?!!

Roya gazyetasining 2015 yil 9 dyekabr chorshanba kungi 55-sonidan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.