Mintaqadagi urushlar Amerikaning qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi shirkatlari faoliyatini jonlantirmoqda

1048
0

Amerikaning islom va musulmonlarga qarshi urushi uni xonavayron qilish o’rniga shirkatlarini jonlantirib yubordi

Amerikalik mas’ullar va Qo’shma Shtatlardagi qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi yirik shirkatlar rahbarlariga ko’ra, raketa va boshqa harbiy amaliyotlarda qo’llanuvchi qurol-aslahalarga bo’lgan talab ortib bormoqda. Bu talabni qondirish uchun shirkatlar Vashington tomonidan Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi hamda O’rta Sharq mintaqasidagi boshqa janglarda qo’llanayotgan raketa va qurol-aslahalar ishlab chiqarilishini ilgarigidan ko’ra jadallashtirib yuborishgan.

Haqiqatdan ham, Amerikada ishlab chiqarilgan raketalar va «aqlli bomba»larga bo’lgan xalqaro talab izchil ravishda ortdi. Vashington va uning ittifoqchilari Suriya va Iroqdagi Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi uzoq davom etishi taxmin etilayotgan urushni hamda Yamanda kechayotgan urushni mana shunday qurol-aslahalar bilan mustahkam-uzluksiz ravishda ta’minlashga harakat qilishmoqda.

Amerikalik mas’ullarga ko’ra, qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi zavodlar qo’shimcha ish smenalariga o’tishgan va ishlab chiqarishni oshirish uchun qo’shimcha ishchi kuchidan yordam olishmoqda. Biroq zavodlar quvvati bilan bog’liq muammolarga duch kelishgani sababli, ularning quvvatini oshirishga, hatto talab qilingan materiallar bilan ta’minlash uchun yangi zavodlar qurishga muhtoj bo’lishmoqda. Bu hol navbatda kutishni ham keltirib chiqarmoqda. Misol uchun, bugun Vashington ittifoqchilari ularning qurol-aslaha bilan bog’liq talablarini o’rganishda Qo’shma Shtatlarning juda sekin harakat qilayotganidan xavotir bildirishmoqda.

Amerikadagi qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi zavodlardan birining o’z ismini oshkor qilishni istamagan ijroiy mas’uli ularning zavodi ulkan rivojlanishga erishganini aytar ekan, jumladan bunday dedi: «Mintaqadagi har bir shaxs besh-o’n yilgacha etadigan qurol zaxirasini jamlashi lozimligi va Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi urush uzoqqa cho’zilishi to’g’risida gapiryapti».

Aftidan, bunday ulkan talab Alabama shtatidagi Troy shahriga o’zining ulkan ta’sirini ko’rsatgan ko’rinadi. U erda qattiq qo’riqlanuvchi katta joyni egallagan zavod bor. Zavodda «Lockheed Martin» kompaniyasi Hellfire rusumli havo-er raketasi ishlab chiqaradi. Hozirda zavod ishsizlik darajasini kamaytirish va shahardagi savdo-sotiqni oshirish maqsadida ko’plab yangi ishchilar yolladi (Al-Jazira net).

Roya gazetasining 2015 yil 9 dekabr chorshanba kungi 55-sonidan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.