Tinchlik jarayoni urushni toʻxtatishga emas, Tolibonni zaiflashtirish va boʻlib tashlashga qaratilgan!

401
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tinchlik jarayoni urushni toʻxtatishga emas, Tolibonni zaiflashtirish va boʻlib tashlashga qaratilgan!

Hizb ut-Tahrirning Afgʻoniston viloyatidagi matbuot boʻlimi raisi

2001 yil Birinchi Bonn konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Unga Afgʻonistonning siyosiy istiqbolini  qurish uchun Afgʻonistondagi asosiy toʻrt partiya taklif qilindi. Amerika bu uchrashuvga ikkita asosiy jabha-Afgʻon Islomiy partiyasi bilan Tolibon harakatini keltirmadi. Bu stsenaridan Afgʻoniston ichkarisida kuchli ehtimolli urush keltirib chiqarish koʻzlangani yaqqol koʻzga tashlandi. AQShning Afgʻonistondagi avvalgi va keyingi urushlari davomida Tolibon yetakchilaridan ayrimlari tinchlikka chaqirishdi. Biroq bu chaqiriqlari batamom rad etildi. Asosan, ularning “terrorizm”ga qarshi kurash niqobi ostida Islom va musulmonlarga qarshi ekstremistik gʻoyaga ega yetakchilar boʻlishgani sababli ham rad etildi. Boshqacha aytganda, Afgʻonistondagi bosqinchilikka qarshi kurashayotgan har bir mumulmon oʻlim yoki Bagram yoki Guantanamo qamogʻidan boshqasini istamadi. Keyin esa, Tolibon gʻoyat zulmatli kunlarni boshdan kechirdi, koʻp bosimlar ostida qoldi. Chunki uning yetakchilari jonlarini saqlab qolishdan boshqa narsani oʻylamaydigan boʻlib qolishdi.

Amerikaning 2005-2007 yillar oʻrtasidagi bu pozitsiyasi Tolibonning amerikalik kuchlarga qarshi kuchli hujumlariga sabab boʻldi. Oqibatda Amerika va uning malay afgʻon hukumati, jangovar amaliyotlariga qoʻshimcha, tinchlik qoʻmitasi, Loya Jirgʻa kabi regional xavfsizlik tashkilotlarini ochish va Tinchlik Oliy kengashi kabi loyihalarni amalga oshirishga oʻtishdi. Bu va boshqa tadbirlar Tolibonni qurolsizlanib, tinchlikni eʼtirof etishga qiziqtirish maqsadiga qaratildi. Biroq bu tadbir-choralarning hech biri biror sezilarli samara bermadi. Binobarin, bu jangovar maydonni yanada alanga oldirish bilan birga, afgʻon jangchilarning amerikalik kuchlarga qarshi shijoatlariga shijoat qoʻshdi.

Mana shunday ogʻir muhitda, Amerika tiqishtirayotgan tinchlik soʻzlashuvlari Tolibonning ham eʼtiborini tortmay qolmadi. Shuning uchun, Amerika koʻmagi bilan 2013 yilda Davha va Qatarda Tolibonning siyosiy vakolatxonasi ochildi. Bundan hozirgi davrdagi eng qaltis-murakkab qurolli jamoalar uchun muayyan manzil yaratish koʻzlandi. Tarixda qurolli jamoalar yutugʻi doim urushda boʻladi, siyosatda emas, degan haqiqat oʻz isbotini topgan. Shu bois, ayni jamoalar muzokara stoliga oʻtirish taklifini qabul qilgan kundan boshlab, jangovar maydonlarda erishgan yutuqlarini yoʻqotisha boshladi, binobarin, oʻzlari qarshi kurashgan Gʻarb qadriyatlariga oʻzlari rozi boʻlishadigan boʻlib qoldi. Darvoqe, bunday achchiq voqelik Hikmatyorning Hizbul Islomiy partiyasida yaqqol koʻrindi. Bu hizbdagilar 18 yil zahmat chekib jangohda qoʻlga kiritgan yutuqlarini, muzokara stoliga oʻtirib, demokratik qadriyatlar va malay afgʻon hukumati foydasiga topshirib qoʻyishdi. Natijada, Amerika mana shunday omad ortidan, oʻzining Afgʻonistonda yarashuv bitimini roʻyobga chiqarish uchun Zalmay Xalilzodni yurtga oʻzining maxsus vakili qilib olib keldi. Bu kimsa Tolibon vakillari bilan sakkiz tur bevosita soʻzlashuvlar oʻtkazgach, ularni muvaffaqiyat tur boʻlganini va tinchlik kelishuvi boʻsagʻasiga yetib kelganlarini daʼvo qildi.

Aslida esa, Amerikaning tinchlik jarayoni Tolibon harakatini zaiflashtirib, boʻlib tashlab, taslim etishga qaratilgan bir siyosiy til biriktiruvdir. Bir jihatdan, bu Amerikaning eng uzun afgʻon urushi davomida boy berib kelgan magʻlubiyatlarini gʻalabalarga aylantiradi hamda bugungi AQSh maʼmuriyatini 2020 yilda qayta saylanishiga yordam beradi. Boshqa jihatdan, bu Amerika Afgʻonistondagi hukmronligidan strategik geografik pozitsiya sifatidan foydalanib, Xitoy, Rossiya, Pokiston va Eronga qarshi nufuzini uzoq vaqt saqlab turishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, AQSh va Gʻarbning Afgʻonistonga qarshi siyosatlari mutlaqo oʻzgargani yoʻq. Chunki Afgʻoniston mustamlakachi kofirlar uchun faqat strategik ahamiyat kasb etmaydi. Balki oʻzining hali ishlatilmagan mineral resurslari hamda u yerda afyun ishlab chiqarilishi bilan ular uchun muhim yer hisoblanadi. Shu sababdan amerikalik rasmiylar Afgʻonistondan barcha kuchlarini olib chiqib ketishgan taqdirda ham, biroq AQSh razvedka xizmatini qoldirib, uni yuqori saviyada ushlab turish toʻgʻrisida bir necha bor takror bayonotlar berishdi.

Masalaning eng ogʻriqli yeri qurolli musulmon jamoalarning bosqinchilikka qarshi jangni toʻxtatishayotgani hamda dushman hamma yoqda talofatlar berayotgan bir paytda, u bilan muzokara eshiklarini ochishayotganidir. Biz ularni urushga kirishish oʻrniga, frontlarda biror nima qilishni bilmay “sabr” qilib yurishganini koʻryapmiz! Amerikani esa, regional razvedka agentliklari xizmatidan foydalanishga, xususan, Imron Xon hukumatining AQSh-Tolibon oʻrtasida tinchlik soʻzlashuvlari boʻyicha xizmatlaridan foydalanishga urinayotganini guvohi boʻlyapmiz.  Amerikaning ayniqsa, 2001 yilda Tolibon amirligini yoʻq qilishida Musharraf hukumatining xizmati katta boʻlgan. Pokistonning bu xizmatlari uchun esa, Amerika Dyurand chegaralari boʻylab tikonli simlar oʻrnatib berdi, Qabilalar mintaqalarini Pokiston federal hukumatiga bogʻlab qoʻydi, Balujiston Ozodlik armiyasini oʻzining “terrorist” tashkilotlari roʻyxatiga kiritdi. Biroq buning aksi oʻlaroq, Hindiston Kashmirni bosib olishda Pokistondan jurʼatliroq chiqib qoldi!

Buning ustiga, Tolibon kelishuvning bir qismi sifatida, oʻz nazorati ostidagi yerlardan AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi foydalanmaslikka kafolat beradigan boʻlyapti. Bu Rossiya bilan Xitoyni ikkala tomonning kafili sifatida qabul qilish evaziga boʻladi. Vaholanki, bu ikkala davlat aslida Islom va musulmonlarga qarshi qaqshatqich urush olib borishmoqda. Bu printsipial xatolar kelajakda oqibati dahshatli xatolarga aylanadi va uning javobgarligi bu dunyoyu oxiratda Tolibon harakati zimmasiga tushadi. Chunki bu harakat unda oʻzining AQSh, Rossiya va Xitoyga qarshi jihodidan voz kechgan boʻladi. Bu ham yetmagandek, oʻz nazorati ostidagi mintaqalardagi mavjud boshqa qurolli islomiy harakatlarga dushman harakatga aylanadi.

Bulardan tashqari, Amerika Tolibon harakati bilan makkorona ittifoq tuzib, boshqa afgʻon harakatlari bilan muloqot qilmaydi-da, oqibatda ular bilan Tolibon oʻrtasida keskin nizo kelib chiqishiga sabab boʻladi… Zotan, bu ishda Amerika nizo keltirib chiqishdan tashqari, hatto fursatdan foydalanib, oʻzi bilan Tolibon oʻrtasidagi ittifoqdan chiqib oladi. Bu esa, Amerikaning Tolibonni boʻlib, zaiflashtirish bilan Afgʻonistondagi bosqinchiligini mustahkamlashiga olib keladi.

Shuning uchun, Amerikaning Afgʻonistonda har qanday holatda mavjud boʻlib turishi misoli saraton yarasi deyish mumkinki, uni ildizi bilan olib tashlash zarur boʻladi. Ammo bu, to Ummatning xolis mujohidlari bosqinchilarga qarshi jihodlarini davom ettirmas ekanlar, mumkin emas. Shu bilan birga, bir vaqtning oʻzida, Ummatning mufakkir va siyosatchi faollari islomiy yurtlarning birida nusrat olishga harakat qilish orqali Payambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishlari kerak boʻladi. Ana shundagina Xalifalikning butun armiyalari afgʻon mujohidlari bilan qoʻshilgan holda safarbar boʻlib, nafaqat Afgʻoniston bosqinchilarini magʻlubiyatga uchratadilar, balki yer yuzidagi barcha bosib olingan musulmon yurtlarini ozod etajaklar.

Roya gazetasining 2019 yil 28 avgust chorshanba kungi 249-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.