Norveglar orasida Islom tobora ommalashib bormoqda

441
0

“golosislama.com” sayti xabar qilishicha, tadqiqotchilar ma’lumotiga ko’ra, so’ngi yigirma yil mobaynida Islom dinini qabul qilgan mahalliy norveglar soni 500dan 3000ga oshgan.

“Aftenposten” gazetasining yozishicha, olimlar buni bir qator sabablar bilan izohlashmoqda. “Bugungi kunda Islom diniga murojaat qilinishi, ehtimol yoshlar noroziligini eng oxirgi shaklidir”, – dedi diniy tadqiqotlar professori Anna Sofi Roald va Islom dini musulmondan hayot tarzini tubdan o’zgartirishni talab qilishini ta’kidlab o’tdi.

Islom dinini qabul qilganiga 30 yildan oshgan olima ayol musulmon aholi sonini mutanosib ravishda oshishiga muqobil din qidirayotgan norvegiyaliklarga ta’sir ko’rsatadigan muhim omillar borligiga ishora qilib o’tdi.

Mutaxassislarning belgilashicha, boshqa ko’plab musulmon bo’lmagan mamlakatlarda bo’lgani kabi Islomga yangi kirganlarda ayrim hollarda radikallashuv bilan nihoyasiga etuvchi diniy shavqning oshib ketishi tabiiy, ba’zan yangi dinga kirganlar o’zining yangi e’tiqodiga nisbatan tashqi munosabatlarga anchagina xotirjam munosabatda bo’lishadi.

Bergen universiteti olimi Olaf Elgvin fikricha, konservativ Islom deyarli barcha narsaga ruxsat berilgan liberal Norvegiya jamiyati uchun chegaralar va xavfsizlikning yangi shaklini belgilab beradi: mohiyatan zamonaviy yoshlar aynan shu – barcha narsaga ruxsat berilishiga qarshi bosh ko’tarishmoqda.

“Odamlarga boshqaruv, qoidalar va jazo yoki mukofot ko’rinishidagi natijalar kerak”, – dedi Islomga yangi kirgan 26 yoshli Elza vatandoshlari orasida Islom dini ommaviylashib borayotganini izohlab.

23 yoshli Morten Ibroxim Abraxamsen 2011 yilning 22 iyul kuni Utoyya orolida Anders Breyvik tomonidan amalga oshirilgan qirg’indan omon qolgach Islom dinini qabul qilgan. O’sha qirg’inda Brayvik 69 kishini otib o’ldirgan edi.

“Yangi e’tiqodimda men o’zim qidirgan xotirjamlikni topdim”, – deydi Morten Ibroxim.

Dinshunos tarixchi, Islom dini bo’yicha Norvegiyaning etakchi ekspertlaridan biri Kari Vogtning aytishicha, norveglar orasidagi yangi musulmonlar asosan yoshlardan iborat bo’lib, ular “Islomga din va muqobil ijtimoiy echim sifatida qiziqish bildirishmoqda”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.