Ramazon kelishi bilan zulmlar kuchaymoqda

405
0

Kommunist Xitoy hukumati musulmon uyg’ur xalqiga nisbatan aql bovar qilmaydigan zulmlarini kundan kunga ortirib bormoqda. Musulmonlar uchun muqaddas sanalgan ramazon oyida zulmlar yanada kuchayishi odat tusiga aylangan. Xitoy hukumati bu yil ham o’z odatiga binoan ro’za tutishni man qilishga qaratilgan afisha va lozunglar ilishni boshlab yubordi.

Lozunglarda “Rmazon oyida oshxonalar bekitib qo’yilishi ta’qiqlanadi”, “Ramazon oyida o’quvchilar tushki ovqatlanish jarayoniga ishtirok etishlari majburiydir”, “Masjidlarda iftorlik berish ta’qiqlanadi”, “Partiya a’zolari, davlat ishida ishlaydigan shaxslar, o’qituvchilar va yoshlar ramazon faoliyatlariga ishtirok etishlari ta’qiqlanadi”, degan yozuvlarni o’qish mumkin.

Oxirgi olingan xabarlarga ko’ra, yangi tayinlangan Xitoy kommunist partiyasining bosh kotibi Yan Fashing mansabga kelishi bilanoq Sharqiy Turkistonning tarixiy Ko’char shahrida Uyg’ur musulmonlariga nisbatan turli qonunlar qabul qildi. Uning Kuchar shahrida e’lon qilgan qonunlari quyidagicha:

1) Har bir oilada faqat uch dona pichoq bo’lishi mumkin xolos.

2) Musulmon uyg’urlar yashayotgan mahallalar va uylar davlat qurolli kuchlari va xavfsizlik organlari tarafidan uzluksiz 24 soat nazorat ostiga olinadi.

3) 50 yoshga etmagan erkaklar saqol qo’yishlari ta’qiqlanadi. Agar soqol qo’yishsa darhol olib tashlanadi.

4) Muslima ayollar kiyadigan kiyimlarning uzunligi 110 santimetrdan oshmasligi lozim.

5) Muslima ayollar katta ro’mol o’rashlari ta’qiqlanadi.

6) Davlat ishida ishlaydiganlar va davlatdan maosh oladigan shaxslar uylarida Qur’oni Karim va joynamoz saqlashlari ta’qiqlanadi.

7) Boshqa oddiy fuqarolar uylarida bir dona Qur’on va ikki dona joynamoz saqlashlari mumkin.

8) 1980-1993 yillar oralig’ida Yorkentning Kargalik shahridagi dindor shaxs Abdulhakim Mahmudning diniy madrasasida ta’lim olgan talabalar va Kuchar shahrida madrasa ochgan Abdulkarim Abdulvalidan dars olgan barcha talabalar darhol qo’lga olinishi lozim.

9) 1990 yildan keyin tug’ilganlarning turarjoy-manzillari darhol qaydga olinadi.

10) Har bir oiladan barcha farzandlari uchun har bir bolaga 28 ming yuan (5000 dollarga yaqin) jarima undiriladi.

11) Bolalar uchun talab qilingan jarimani to’lamaganlarning barcha ko’char va ko’chmas mulklari musodara qilinadi.

12) Diniy nikoh o’qitilishiga aslo izn berilmaydi. Diniy nikoh o’qitganlar esa shu zahotiyoq qamoqqa olinadi.

13) Bittadan ko’p uylanganlar (ko’pxotinlilar) hibsga olinadi.

Keyingi olingan xabarlarga ko’ra, bu qonunlar chiqqanidan biroz vaqt o’tib Ko’char shahrida bir qancha iymonli musulmonlar qamoqqa olingan. Ularning qo’lga oilinishiga mazkur qonunlarga bo’ysunmaganliklari sabab qilib ko’rsatilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.