Ofiyat Siddiqiyni AQSh zindonidan kim ozod qiladi

2350
0

22516Pokistonlik olima Ofiyat Siddiqiy 86 yillik qamoq jazosiga nisbatan o’zi haqida AQSh apellyatsion sudiga topshirilgan e’tiroz arizasini qaytarib oldi. Siddiqiy AQSh mahkamasi tarafidan o’ziga berilgan qamoq jazosiga nisbatan e’tiroz bildirib, AQSh apellyatsion sudiga e’tiroz arizasini topshirgan edi.

AQSh mahkamasining hakamlaridan biri Richard Berman Siddiqiyning e’tiroz arizasini qaytarib olganligi haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

“Doktor Siddiqiy o’zi haqida davom etayotgan apellyatsion sud jarayonini shaxsan o’zi qat’iy tarzda to’xtatilishini talab qildi”, deya ma’lum qildi Berman.

Reyters axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, hakam Berman Doktor Siddiqiyning ishini tamoman yopgan. Natija esa Siddiqiyning zarariga hal bo’lgan. Berman Siddiqiyga oid barcha sud jarayoni tamomiga etganligini va bu mavzu haqida boshqa gapirish istagi yo’qligini bildirdi.

Untitled-1Uch farzandning onasi bo’lgan 42 yoshli Ofiyat Siddiqiy sog’ligi yomonlashgani sababli AQShning Texas shtatidagi ruhiy kasalxonada saqlanmoqda. Siddiqiy Afg’onistonda joylashgan MRB josuslariga va AQSh zobitlariga o’t ochish aybi bilan AQSh sudi tarafidan 86 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Uch farzandidan tamoman ajratib qo’yilgan.

Ofiyat siddiqiy uzoq yillar davomida qamoqda saqlanganligi tufayli aqlini yo’qotganligi aytilmoqda. Uning turmush o’rtog’i 11 sentyabr hujumlarini rejalashtirishda yordam qilganlik aybi bilan 2003 yildan buyon Guantanamo qamoqxonasida saqlanib keladi.

Turkiston:

Ofiyat Siddiqiy bir necha yil quvg’inda yurgan va terroristlar ro’yxatiga kiritilgan birinchi muslima ayoldir. Bu ayol doktor unvonini qo’lga kiritgan olima bo’lib, 2008 yilda 900 gramm “tsianid natriya” kimyoviy moddasini yonida saqlaganlik aybi bilan afg’on politsiyasi tarafidan qo’lga olingan. Bu ayolni malay hokimlar AQShga topshirgandan so’ng 2010 yilda uning ishi AQSh mahkamasida ko’rildi va og’ir jinoyatga qo’l urganlik va o’q otar qurolni ishga solish kabi ayblar bilan 86 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Vaholanki u hech qanday jinoyat qilmagan edi. Buning ustiga u saraton kasalligidan ham aziyat chekib keladi.

Ofiyat Siddiqiyga qo’yilgan soxta ayblardan yana biri shuki, u tergov xonasida qo’liga tushib qolgan M-4 o’q otar quroli bilan amerikalik askarlarni o’ldirishga uringan. Biroq, qurol uning qo’lida bo’lishiga qaray, hodisada Siddiqiyning o’zidan boshqa hech kim jarohat olmagan.

Xalifalik davlati qulatilganidan keyin Islom ummati mana shunday ahvolga tushib qoldi. Vaholangki, bu Ummat insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummatdir. Bu ummat Alloh yo’lida jonlarini qurbon qilgan roshid xalifalar, sodiq fotihlarning nabiralaridir! Bu ummat «ey Mo”tasim, qaerdasiz» deb faryod solgan bitta muslima ayolning or­nomusini himoya qilish uchun Rum qo’shiniga qarshi butun boshli Islom lashkarini ayoqqa turg’izgan Mo”tasimning nabiralaridir!

Rosululloh s.a.v. shunday marhamat qildilar:

 إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ

«Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi».

Ofiyat Siddiqiy hodisasi Islom ummati boshidan kechirgan yagona hodisa emas. Bunday hodisalar mazkur hadisi sharifda aytilgan “qalqonga” juda muhtojligimizni yana bir bor ko’rsatib turipti. Ya’ni biz o’zimizni himoya qiluvchi Xalifamizga muhtojmiz. Ummatni Alloh Subhanahu va Taoloning shariati asosida birlashtiradigan bitta Xalifaga muhtojmiz. U Xalifa hamma joydagi Ummatni ozod qilish uchun armiyani safarbar qiladi. Faqat Xalifalik davlati barpo bo’lgandagina Ummatni himoya qilishi mumkindir. Faqat o’shandagina ayollar nomusi saqlab qolinadi.

Shunday ekan Islom ummati ko’zini kattaroq ochishi va pag’ambarlik minjohi asosidagi Xalifalik davlatini barpo qilish uchun bor kuchi bilan harakat qilishlari vojibdir. Zero, Xalifalik nafaqat Ofiyat xonimni, balki dunyoning har bir erida Faqat musulmon bo’lganligi uchun aziyat chekayotgan barcha musulmonlarni ozod qiladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.