Britaniya Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqmoqchi

473
0

Britaniyada iqtidordagi konservativ partiyaga mansub ellik nafar deputat Britaniya davlatini Yevropa Ittifoqidan vaqtinchalik ajralishi uchun faoliyat yuritadigan bir guruhni tashkil qilishdi. AQSh prezidenti Barak Obama esa Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronni Yevropa Ittifoqi tarkibidan ajralmaslikka chaqirmoqda.

“Britaniya uchun konservativlar” nomli guruhning tashkilotchisi Stiv Beyker partiyaga mansub ba’zi vazirlarning ishtiroki bilan a’zolar sonini yuztaga etkazish ustida fikr yuritayotganini bildirdi.

Devid Kemeronning ma’lum qilishicha, Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan ajralish masalasi 2017 yilning oxirida referendumga qo’yilishi rejalangan. Kemeronga ko’ra, Britaniya Yevropa Ittifoqiga a’zoligini davom ettirishi uchun xalqaro migiratsiyani cheklash, umumiy valyuta birligi zararlarini yo’q qilish, umumiy bozorni rivojlantirish mavzularidagi bitimlarni Bryussel bilan yangidan ko’zdan kechirib chiqish lozim.

Stiv Beykerning ta’kidlashicha, hukumatning islohot talablari etarsizdir. Erkin harakat qilishni tartibga solish va jinoyatchilarni ortga qaytarish kabi asosiy qonunlardagi o’zgarishlar tatbiq qilinishi lozim, aks holda Yevropa Ittifoqidan butunlay ajralish uchun harakat olib borish kuchaytiriladi. Olib borilgan so’nggi so’rovlar Ingliz xalqining 59 foizi Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishni, 41 foizi esa Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqishni qo’llab quvvatlashini ko’rsatmoqda.

Ayni paytda Amerika prezidenti Barak Obama Britaniyani ogohlantirib, Yevropa Ittifoqi tarkibida qolish Britaniya uchun foydali ekanligini bildirdi. Katta ettilik davlatlarining yig’ilishida nutq so’zlagan Obama Britaniya davlati Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishi bilan katta manfaatni qo’lga kiritishiga ishonishligini qayd etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.