Fulbraytchilar Qirg’izistonda

421
0

“Qirg’iziston fultbraytchilar assotsiatsiyasi” nomi bilan atalgan yangi nodavlat tashkilotining taqdimoti Amerika hukumati dasturi bitiruvchilari Markazida bo’lib o’tdi.

Yangi tashkil etilgan ijtimoiy harakat o’z safida Fulbrayt nomidagi xalqaro dastur a’zolari bo’lgan milliy ilm-fanning turli tarmoqlari va ta’lim, madaniyat sohalarida faoliyat olib borayotgan etakchi tadqiqotchilarni birlashtiradi. Tashkilot uning asoschisi, AQShlik taniqli jamoat arbobi Vilyam Fulbrayt nomi bilan atalgan. Yangi tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotining asosiy maqsadi – Qirg’iziston va AQSh olimlari o’rtasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yish.

1942 yili AQSh kongressiga, 1944 yilda Arkanzas shtatidan senatorlikka saylangan Jeyms Vilyam Fulbrayt 1946 yili ta’lim dasturlariga ko’mak ko’rsatish loyihasini ishlab chiqadi. Bu loyiha AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirib kelinadi.

O’zining yarim asrlik faoliyati davomida fulbraytchilik harakati nafaqat Amerika qit’asida, balki Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliya davlatlarida ham nom qozonishga erishgan. Qirg’izistonda bu harakat tarafdorlari mamlakat mustaqillikka erishgan dastlab kundan boshlab paydo bo’la boshlagan.

Bishkekda bo’lib o’tgan ta’sis yig’ilishida QMU iqtisodiyot kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori Jarkinay Musaeva assotsiatsiya prezdentligiga saylandi.

Fulbrayt harakatining maqsad va vazifalarini qo’llab-quvvatlagan va faoliyat yuritishiga yordam bergan har qanday kim mazkur tashkilotga a’zo bo’lishi mumkin. Harakatning ustivor yo’nalishi ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida qo’shma tadqiqot, konferentsiyalar, seminarlar va dolzarb masalalarda muhokamalar tashkil etish orqali xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yishdan iborat.

Ushbu dasturdan ko’zlangan maqsad Amerika Qo’shma Shtatlari xalqi va boshqa xalqlar o’rtasidagi o’zaro hamfikrlilikni kuchaytirish, shu tariqa Qo’shma Shtatlar va boshqa mamlakatlar o’rtasidagi do’stona, samimiy va tinch munosabatlarni rivojlantirishga ko’maklashishdan iborat.

Turkiston:

AQSh, Qirg’izistondagi o’ziga tobe’ tashkilotlar xarakatlarini imkon qadar jonlantira boshladi. Bu faollashishni, Qirg’iz parlamenti tomonidan tashqi davlatlar yoki tashkilotlar tomonidan dastaklanib kelinayotgan xar qanday nodavlat tashkilotlarning faoliyatlariga chek qo’yish xaqidagi bir qator qonunlar muxokama qilina boshlanganiga aloqasi bor albatta.

Qirg’iziston, bir qator etakchi davlatlar o’rtasida, saqofiy mustamlaka qilib olish maqsadidagi talash mintaqaga aylanib qoldi. Rossiya undan, G’arbga aloqador saqofat tarqatish markazlarini yo’qotishni talab qilmoqda. AQSh, aksincha, yuqoridagi Fulbrayt kabi tashkilotlar orqali, Qirg’iziston fuqorolarining dunyoqarashlarini Amerikacha xayot tarzi asosida o’zgartirishlari uchun qattiq xarakat olib borayapti. AQSh Qirg’izistonning shimoliy mintaqasida, janubiy mintaqasiga nisbatan o’z faoliyatini bir necha marotaba kuchliroq olib borayapti. Bu, shimoliy mintaqa fuqorolari mintaliteti Yevropa dunyoqarashiga yaqinroq ekanidan albatta. Lekin G’arb saqofatining Qirg’iziston shimoliga berayotgan bunchalik qattiq e’tibori, Qirg’iz millati ichida kuchayib borayotgan shimoliy va janubiy mintaqa keskinligini yanada kuchayishiga sabab bo’lmoqda. Bu balki Rossiya bilan kelishilgan xolda Qirg’izistonni ikkiga bo’lib olish loixasi asosida yurgizilayotgan amaliyotlar bo’lishi xam mumkin. Unday bo’lmaganida xam natija o’zgarmaydi. Qirg’iz millatiga nisbatan bu ikki stondart asosidagi muomila, uni ikki mintaqaga bo’linib ketishi uchun o’zaro keskinliklar paydo qiladi. Buning bilan Qirg’iz davlatini ikki qismga bo’linib ketishi uchun qulay vaziyat paydo qilib olishadi.

Chunki biz Ukraina misolida yaqqol guvox bo’lgan voqe’lik shuni tasdiqlab turipti. Ukrain xalqi xam, bir necha yillar mobaynida xuddi xozirgi Qirg’iziston singari, G’arb va Rossiya tomonidan saqofiy mustamlaka maydoniga aylangan edi. U er xam G’arb bilan Rossiya tomonidan ikkiga bo’lib olinib, Ukrain xalqini ikki stondartli dunyoqarashlar asosida tarbiyalay boshlashdi. Natijasi xammaga ma’lum, shu kungi xolatiga olib kelindi.Navbat Qirg’izistonga keldi.

Saqofat insonning dunyoqarashini shakllantiradi. Dunyoqarash esa, uning xayotida uchraydigan barcha muomila qilishi lozim bo’lgan narsa va xodisalarga nisbatan qiladigan aloqasini shakllantiradi.

Demak, saqofat insonni o’z yaratuvchisiga, insonni o’ziga, boshqa insonlarga, davlati va yurtiga, boshqa millat va elatlarga, tabiiy boyliklariga va ularning taqsimot uslublariga, milliy qadriyat va madaniyatiga, o’zi boshqarilayotgan siyosat asosiga, ta’lim va o’ilani to’g’ri shakllantirish uslublariga, jazo chora yoki ishlarni taqdirlash asoslariga va xokazo muomilalarining asosiy yadrosi xisoblanadi. Shu o’lchamlarning buzulishi, jamiyatning buzulishiga olib keladi. Aksincha bularni to’g’rilanishi, jamiyatning to’g’rilanishiga olib boradi.

Demak yuqoridagi xar qaysi kufr saqofati, bizlarning yurtlarimizni xalokat tomon olib borayapti. Xozirdan Qirg’iz xalqi ichida, borayotgan xar qanday voqe’a xodisalarga xar xil ko’z qarashlar asosida baxo berish kuchayib borayapti. Xatto xukumat vakillari xar xil kufr dunyoqarashlaridan ta’sirlanib, bir birlari bilan kelisha olishmaydi. Siyosiy elita esa, tashqi kufr tomonidan shunday bir zaif fikr asosida shakllanganki, ular tashqi katta etakchi kufr davlatlarining manfaatlari asosida fikrlashdan nariga o’ta olishmaydi. Ular o’zlarini fidoiy qilib ko’rsatish bilan, o’z xalqi ichida yolg’on siyosiy obruyga ega bo’lib, o’sha tashqi kuchlarning nazariga tushish bilan ularni qo’llab yuborishlaridan umid qilishadi.

Xulosa qilib ayta olamizki, ko’rinishlaridan beozor va mantiqan to’g’ri faoliyat ko’rsatayotgandek ish olib borishayotgan xar qanday tashqi kufr saqofati asosidagi tashkilotlar, Qirg’iziston davlati xavfsizligi uchun rial xavf tug’dirmoqda.

Bularni bartaraf qilish yo’llari bormi? Xa bor, lekin AQShga qarshi Rossiyaning manfaati uchun biror xarakat olib borish bilan emas. Ularning biri ikkinchisidan afzal emas. Shuning uchun Qirg’iz davlati, ular tarqatishayotgan kufr saqofatiga qarshi, Islom aqidasidan kelib chiqqan islomiy saqofat uchun kurashish imkoniyatini yaratib berish kerak.

Qirg’iz davlati, aksincha, Islom va Musulmonlarni tiyish, ularni o’z saqofati asosida xalqni tayorlash ishlariga to’siqlar qo’yish, jazolash bilan o’z oyog’lariga bolta urayotgandek siyosat yuritib kelishayapti. Ularning bu axmaqona siyosatlari, yuqoridagi kufr saqofat taratuvchilar uchun juda qulay sharoitlar yaratib berayapti. Qirg’izistonni xozirgi o’ta xavfli xolatidan, faqat Islom mafkurasigina olib chiqib keta olishi mumkin!!!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.