Turkiyada Suriya muxolifatini harbiy mashqdan o’tkazish boshlandi

432
0
epa04481005 (FILE) A US soldier (C) shows an Iraqi soldier how to use a weapon during a training session by US soldiers in a military base in Karbala, southern Iraq, 15 March 2009. The United States is sending up to 1,500 more soldiers in non-combat roles to help the Iraqi Army fight the Islamic State insurgency, the Pentagon said on 07 November 2014. The US has been bombing Islamic State (IS) targets in Iraq and more recently in Syria since August 2014. The jihadist group has seized large territories in both countries. About half of the new 1,500 soldiers will be trainers, but there is 'no intent' to put them in the field with Iraqi forces, according to the Pentagon. EPA/ALAA AL-SHEMAREE

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chuvasho’g’li Suriya mo”tadil muxolifati safidan tanlab olingan harbiylar Turkiyada harbiy mashqdan o’ta boshlaganini ma’lum qildi.

Nomi oshkor qilinishini istamagan AQShlik bir mas’ul ham “Reuters” axborot agentligiga bergan intervyusida bir necha hafta avval Iordaniyada boshlangan “harbiy mashqdan o’tkazish” rejasi Turkiyada ham boshlanganini bildirdi. AQShlik mas’ul harbiy mashqdan o’tayotgan suriyaliklarning kimligi va soni borasida aniq ma’lumot bermadi. Pentagon ham bu savolga aniq javob berishdan bosh tortdi.

“Sputnik” telekanaliga intervyu bergan terror va xavfsizlik bo’yicha mutaxassis Meta Yarar “harbiy mashqlar” borasida Turkiya hukumati AQShdan xabarsiz ish olib bora olmasligini bildirdi. Uning qayd etishicha, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Turkiyada olib borilayotgan harbiy mashqlar AQSh nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyatining faol a’zosi Usmon Yulduz Suriya mo”tadil muxolifatini harbiy mashqdan o’tkazish masalasida AQShga yordam ko’rsatayotgan Islom o’lkalarini qattiq tanqid ostiga oldi. Bu borada musulmonlarni sukut saqlamaslikka va hukumat mas’ullarini muhosaba qilishga chaqirdi. Usmon Yulduz AQSh va unga tobe bo’lgan koalitsiya kuchlari IShID bahonasida Suriyada ayol-go’dak demay, barcha musulmonlarni qatl qilayotganini tilga olar ekan, “harbiy mashq”dan maqsad musulmonning qo’li bilan musulmonni o’ldirish ekanligini ta’kidladi.

“Prezident Erdogan bir musulmon boshqa bir musulmonni Allohu akbar deb o’ldirishi mumkin emas, deya bir necha bor bayonotlar berdi. Men shunday savolni o’rtaga tashlamoqchiman. Harbiy mashqdan o’tayotgan askarlar Asadga qarshi jang qilmaydigan bo’lsa, kimga qarshi jang qiladi? O’z-o’zidan ko’rinib turiptiki, Suriya xalqi va Suriyaning muxlis mujohidlariga qarshi jang qiladi. Chunki Suriya xalqi va qo’zg’olonchi musulmonlar avval boshdanoq AQShning va mintaqa davlatlarining tuzoqlariga ilinmadilar. Ular yana Suriya qo’zg’oloniga nisbatan yangi-yangi tuzoqlar qurishmoqda. IShIDga qarshi kurash nomi ostida koalitsiya tashkil qilib, Islom va musulmonlarga qarshi jangga kirdi. Endi esa harbiy mashq o’tkazish nomi bilan yollanma qotillarni vujudga keltirib, ularni Suriya qo’zg’olonchilariga qarshi jangga kirgizishga tayyorlamoqda. Suriya musulmonlari AQSh va mintaqa davlatlari qo’li bilan tayyorlanayotgan bu tuzoqqa ilinmasliklari lozim. Aksincha qurollarini bir tarafga qaratmoqlari kerak. Erdogan hukumati ham bu xiyonat loyihasidan darhol voz kechishi lozim. Suriya inqilobi tarafdori ekanliklarini da’vo qilayotganlar esa Erdogan hukumatini bu borada muhosaba qilishlari darkor. Shuni unutmaslik lozimki, bu xususda sukut saqlaganlar ham bunga javobgardir”, “Ayni paytda musulmonlarning qonini to’kishga va qo’zg’olonni o’z maqsadidan burib yuborishga qaratilgan bu rejaga imzo chekkan Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Turkiya davlatlarini qat’iy tarzda muhosaba qilishimiz lozim emasmi?! Turkiya hukumatini bu xiyonatdan tiyib qo’yish kerak emasmi?! Harbiy mashqdan o’tkazish rejasi AQSh va uning ittifoqdoshlarining rejasidir. Bu loyiha Suriya qo’zg’olonini shar’iy yo’nalishidan burib yuborishga qaratilgan rejadir, Musulmonlarning ichidan xoin chiqarish va musulmonni musulmonning qo’li bilan qatl qilish uchun tuzilgan loyihadir. Harbiy mashqdan o’tkazish rejasi Allohga, Rosuliga va musulmonlarga suyangan pok qo’zg’olon nomiga qora choplash rejasidir. Bu reja uchun darvozalarini AQShga lang ochgan mintaqa davlatlari Suriya qo’zg’oloniga qarata eng katta xiyonatga qo’l urgan hisoblanadi.”, deydi Usmon Yulduz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.