Turkiya “Jabhatun nusra” guruhini “terrorchi tashkilotlar” ro’yxatiga kiritdi

367
0

0_9618f_f7384bd8_XLTurkiya vazirlar mahkamasi Suriyada Asad rejimiga qarshi faol jang olib borayotgan “Jabhatun nusra” guruhini “terrorchi tashkilotlar” ro’yxatiga kiritganligini e’lon qildi. Qarorga ko’ra, Al-Qoidaga aloqador yuridik shaxslar, muassasa va tashkilotlar ro’yxatiga Suriyada faoliyat olib borayotgan “Jabhatun nusra” guruhi ham kiritilgan.

Vazirlar kengashining bu tashkilotga tegishli mol-mulkka oid qarori rasmiy gazetalarda e’lon qilindi.

“Jabhatun nusra” guruhi Asad rejimini qulatib uning o’rniga shariat hukmini joriy qilish uchun faoliyat olib orayotganini aytib kelmoqda. Shuning uchun Suriya xalqi bu jamoani ijobiy qabul qilib, qo’llab quvvatlayotgani yaqqol ko’zga tashlanadi. Suriyada inqilob boshlangandan buyon Suriya xalqi biror marta “Jabhatun nusra” guruhi ustidan shikoyat qilgan emas.

Biroq “Suriya xalqi bilan birgamiz” deya jar solayotgan Turkiya hukumati aynan mana shu xalqni – qari, ayol, yosh bola demay – qirg’in qilayotgan “Hizbulloh” guruhini emas, balki Shariatni ijro qilish uchun bel bog’laganligini oshkoro e’lon qilgan “Jabhatun nusra” guruhini “terrorchi tashkilotlar” ro’yxatiga kiritdi.

Eslatib o’tamiz, “Jabhatun nusra” guruhini Turkiya jumhuriyatidan avval AQSh hukumati va Saudiya arabistoni ham “terrorchi tashkilotlar” ro’yxatiga kiritgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.