Xitoy va Rossiyaning AQShga qarshi chaqirig’i.

413
0

Xitoyliklar – Afrikada etakchi, ruslar Yaqin Sharqqa qaytmoqda, yozadi Mouritsio Molinari La Stamparo’znomasining saytida.

“Durbanda bo’lib o’tgan BRIKS sammitida Xitoy va Rossiya Afrikadan tortib to Yaqin hamda Uzoq Sharqqacha bo’lgan mintaqada Qo’shma Shtatlarning quvvatini kamaytirish maqsadida iqtisodiy manba’lar va siyosiy manfaatlarni birlashtirishga qaratilgan strategik reja taqdim etishdi”, – yozadi maqola muallifi.

“O’zining horijga ilk safari chog’ida Xitoyning yangi rahbari birinchi navbatda, Vladimir Putin bilan ikki davlat nafsoniyatiga tegishli rejani muhokama qilish uchun, Moskvaga tashrif buyurdi. “Olam tez suratda o’zgarib bormoqda, biz XXI asrda eski mustamlakachilikning tutqini holida yashay olmaymiz. Yanada tig’iz xitoy-rus munosabatlari yangi muvozanatlar kafolati bo’lib qoladi”, – dedi Si TSzinpin. Pekin BRIKSning Amerikaga qarshi uch chaqirig’iga ishonchlilik tusini berishga qodir iqtisodiy blok barpo qilishni ko’zlab, Rossiya manba’larini shaxsiy o’sishligining harakatlantiruvchisiga aylantirib olishlik maqsadida ruslarning «Rosneftiga» sarmoyalar va’da qilmoqda”, – qayd qiladi nashriyot.

Global rivojlanish Bankini barpo qilish, uni boshqarish uchun Iqtisodiy Kengash tashkil qilish va xalqaro pul almashuv valyutasi sifatida dollarni pensiyaga chiqarish – shu uch rejani nashriyot BRIKSning Amerikaga qarshi chaqirig’i deb baxolaydi.

“Strategik planda rus-xitoy hamkoriligi hujumkor mavqeda turibdi va ta’sir qilishning o’ziga xos sohalar ko’lamini ishlab chiqmoqda. 2015 yilga borib 300 mlrd dollarga etishligi kutilayotgan to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar yotqizishlik tufayli Afrikada Xitoy etakchilik qilayotgan bo’lsa, Yaqin Sharqda esa Rossiya rahbarlik qilmoqda. Buni Suriya inqirozi dalillab turibdi – Rossiya Bashar Asad rejimini qulatishga bo’lgan har bir harakatga qarshi chiqmoqda va Putinning bu pozitsiyasini Pekin o’zining veto huquqi bilan qo’llab turibdi”, – yozadi muallif.

“Bu xali hammasi emas, chunki Pekin va Moskva Amerikaning raketaga qarshi qalqonidan va Vashingtonning Sharqiy Yevropa va Uzoq Sharqdagi qo’shnilari bilan imzolagan kelishuvlaridan tahdidni his qilmoqda. Buning barchasining ortida, deydi Stratfor strategi Robert Kaplan, “huddi Genri Kissendjer va Richard Nikson zamonida AQSh Xitoyni Sovet Ittifoqiga qarshi qo’llaganday, Rossiya va BRIKS mamlakatlarini qo’llab, Amerikani xalqaro maydonda Xitoygagina qarshi turmay, boshqa raqiblariga ham qarshi turishlikka majbur qilishga qaratilgan Xitoy rejasi yotadi”. Karnegi Fondi siyosatshunosi Moyzes Naim so’zlariga ko’ra, Xitoyning hujumkor harakatlariga Yevropaning zaiflashishligi yo’l ochib berdi – Pekin YevroIttifoqning toboro kamayib borayotgan harbiy byudjet hajmini ko’rib turibdi va, AQSh o’z ittifoqdoshlariga to’liq holda tayana olmaydi, degan xulosaga bormoqda”, – yakunlaydi nashriyot.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.