Avvaldan belgilangan ish amalga oshdi – Misrda As-Sisi g’alaba qozondi

530
0

ап Misrda prezidentlik saylovining rasmiy natijalariga ko’ra, sobiq mudofaa vaziri Abdul Fattoh As-Sisi g’alaba qozonganligi e’lon qilindi.

Misr saylov komissiyasining raisi Anvar Al-Asi saylov muddati tugagandan so’ng poytaxt Qohirada tashkil qilingan matbuot yig’inida As-Sisi 23 million 780 ming 104 ovoz bilan, ya’ni 96,91% ovoz bilan saylovda g’alaba qozonganligini ochiqladi.

“54 million saylovchining 47 foizi ishtirok etgan saylovda ovozning 96,91%ini As-Sisi olar ekan, uning raqibi 757 ming 511 ovoz bilan 3,9% ovozga ega bo’ldi”, dedi Asi.

Rasmiy natijalar e’lon qilinishi ortidan As-Sisining tarafdorlari Qohiradagi Tahrir maydoniga to’plana boshladi. Xavfsizlik kuchlari maydon atrofidagi yo’llarni bekitib, xafvsizlik chora tadbirlarini orttirgan.

Boshqa bir tarafdan harbiy inqilobga qarshi bo’lgan harakatlar saylov natijalarini tan olmasliklarini aytib, xalqni juma kunida o’tkazilishi rejalashtirilgan namoyishga qatnashishga chaqirmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.