AQSh bilan Pokiston o’rtasidagi maxfiy bitim

392
0

“Nyu York Taymz” gazetasi Amerikaning uchuvchisiz uchoqlari Pokiston shahar va qishloqlarini bambardimon qilishi haqida Pokiston hukumati bilan Amerika o’rtasida maxfiy kelishuv mavjudligini e’lon qildi.

Trend axborot agentligining xabar berishicha, Amerikada nashr bo’ladigan “Nyu York Taymz” gazetasining yozishicha Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasiga qarashli uchuvchisiz uchoqlar hujumlaridan ko’plab kishilarning nobud bo’layotgani katta bahslarga sabab bo’lgan. Ushbu bahslar ortidan 2004 yili Pokiston va Amerika o’rtasida uchuvchisiz uchoqlarning harbiy amaliyotlariga Pokiston havo hududida ruxsat beruvchi maxfiy shartnomaning imzolangani ma’lum bo’lgan.

Islomobod hukumati Tolibon guruhining etuk rahbarlaridan biri Nek Muhammadni va Al-Qoida guruhiga a’zo bo’lganlikda gumonbar bo’lgan shaxslarni yo’q qilish uchun Amerika davlatiga uchuvchisiz uchoqlardan foydalanish ruxsatini bergan – deya yozadi gazeta.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.