Kurd ishchilar partiyasi og’ir zarbaga duch keldi

336
0

000

Kurd ishchilar partiyasi uzun yillar bo’yi Kurd xalqiga fuqarolik bermagan va Suriya Kurdistonida repressiv siyosat olib borgan Asad rejimi bilan til biriktirib Suriyadagi mujohidlarga qarshi jangga kirdi. Biroq kutilmaganda, katta yo’qotishlarga duch keldi, jang davomida yuzlarcha Kurd jangchilari o’ldirildi.

Shuningdek, Kurdiston xalqini axloqiy buzuqlikka etaklayotgani da’vo qilinayotgan Kurd ishchilar partiyasi Kurd yoshlarining ham qarshiligiga duch kelmoqda. Ular mujohidlar tarafida turib partiyaga qarshi jang qilishmoqda. Kurd yoshlaridan tashkil topgan Kurd Islom jabhasi va Salohiddin ayyubiy kabi otryadlar Kurdiston xalqini dinsizlashtirish rejasi bilan tanilgan va Asad boshqaruvi ostida bo’lgan Kurd ishchilar partiyasiga qarshi Jabhatun nusra jamoasi bilan birlashib jang olib bormoqda.

Suriya muxolifati bilan kelishilgan bitimni buzib Asad rejimi bilan ittifoq tuzgan Kurd ishchilar partiyasi jangda yuksak mahoratga ega jamoa bilan to’qnashdi. Natijada jangdan beli sinib chiqqan alamzada partiya o’z ittifoqdoshi Asad yo’lini tutib, qurolsiz tinch fuqarolarga hujum qilganligi, mintaqadagi Islomiy tashkilotlar va masjidlarni vayron qilganligi, dindor odamlarni qatl etganligi xabar qilinmoqda.

Jabhatun nusra jamoasi bilan to’qnashganda halok bo’lganlar orasida 15 yildan beri partiyani boshqarib kelayotgan liderlar doxil yuzlagan jangchilar o’ldirilganligi va bundan ularning dahshatga tushib qolganligi aytilmoqda.

Kurd ishchilar partiyasining liderlari o’tgan kunlarda ortga chekinganligini aytib, jang qilishni istamaganliklarini bayon qilishgan edi. Biroq Jabhatun nusra jamoasi bilan jang qilishga uni AQSh majbur qilganligi aytilmoqda. Partiyaning Suriyadagi lideri Solih Muslim yaqin kunlarda AQShga safar qilishi ma’lum qilingan.

Turkiston:

Yuqoridagi kabi sinovlar, juda ko’p xalq va islomiy partiyalarning xaqiqiy basharasini ochib yubordi.

Xizbulloh jamoasi, Asad tomonida eng iflos va vaxshiy ishlarni amalga oshirganligi ochildi, ba’zi bir islomiy, milliy va vatanparvar partiya va jamoa’lar ham asad tomonida ekanligini e’lon qilishdi. Ba’zilari koalitsiyalik muxolifotga qo’shilib, jangdan o’zini tiyib biror tomonni g’olib bo’lishini yoki yuqoridagi xojalarining navbatdagi buyruqlarini kutib o’tirishibdi.

Bu tabiiy va tarixiy, ya’ni tariqatga muvofiq jarayon bo’lib, haq bilan botil o’rtasi ajraguncha bosib o’tishimish muqarrar bo’lgan jarayondir. Xar bir shaxs yoki jamoa’ga bu tanlash imkoniyati beriladi. Alloh shu yo’l bilan Islom qaytadigan jamiyatni tozalaydi. Undagi qalbaki unsurlarni, xaqiqiy etakchilari bilan almashtiradi. Bu Allohning bizlarni imtixon qilish tariqatidir.

Kurd millati esa, oxirgi yillarda millatchi va boshqa noto’g’ri jamoalar tomonidan ko’p chalg’itildi. Lekin ularning azizligi ham bizlarnikidek, Islomni qaytishi bilan qaytadi. Ungacha ular ham o’z ichidagi xoinlar tomonidan chalg’itilinadi. Iymonlilar tomonidan esa, xaqqa chaqiriladi. Payg’ambarimiz SAV “ Islom albatta har bir xonadonga kirib boradi, xorni xorligicha azizni azizligicha” dedilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.