Qirg’izston bosh vaziri Jonto’ra Satibaldiev Moskvaga boradi

392
0

22-23 aprelda Qirg’izston bosh vaziri Jonto’ra Satibaldiev Rossiyaga safar qiladi. Bu haqida bosh vazir matbuot vakili Melis Erjigitov xabar qildi.

Bosh vazir safari chog’ida ikki davlat o’rtasidagi komissiyalar yig’ilishiga qatnashib, o’zaro savdo-sotiqqa oid iqtisodiy aloqalar bo’yicha muzokaralar olib boradi. Bosh vazirning birinchi o’rinbosari Joomart Otorbaevning bildirishicha, Jonto’ra Satibaldiev safari chog’ida “Krgzgaz” aktsiyadorlik jamiyatini “Gazprom”ga sotish bo’yicha bitimlarga imzo chekilishi ham mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.