Qirgʼizistonga 20 ming dozadan ortiq vaktsina yetib keldi

69
0

Qirgʼizistonga 20 ming dozadan ortiq vaktsina yetib keldi

Respublika immunoprofilaktika markaziga COVID-19 virusiga qarshi Pfizer-BioNTech vaktsinasining 20 160 dozasi yetkazib berildi. Bu haqida sogʼliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Xabarda aytilishicha vaksina butun mamlakat boʼylab emlash markazlariga tarqatiladi. COVAX tomonidan taqdim etilgan vaktsina YuNISEF koʼmagida keltirildi.

Mamlakatda sogʼliqni saqlash, tibbiyot va farmatsevtika xizmatlarini litsenziyalash boshqarmasi boshligʼi Zinat Beyshebaevaning taʼkidlashicha, hozirda mamlakatda koronavirus bilan bogʼliq vaziyat barqaror boʼlib, bu vaktsinalar kasallikning xavfini kamaytirish uchundir. Pfizer-BioNTech vaktsinasi olti oylik va undan katta yoshdagilar uchun xavfsiz va samarali hisoblanadi. Qirgʼiziston 2021 yilning martidan 2023 yilning dekabrigacha 6 million 889 ming 780 doza vaktsina olgan. Shundan 2 million 780 ming 200 dozasi insoniy yordam sifatida qabul qilingan.

Izoh: АQShning «Pfizer» farmatsevtika kompaniyasining direktori Janin Smoll 2022 yilda oʼz vaktsinasini bozorga chiqarishdan oldin, bu vaksina koronavirus yuqishining oldini olish yoki olmasligi borasida sinovdan oʼtkazilmaganini tan olgan edi. (Bu haqida «RT Arabic» veb-saytining 2022 yil 12 oktyabr chorshanba kungi xabarida keltirilgan). Bugungi kunda ham Qirgʼizistonga keltirilgan vaksinalar kasallik yuqishining oldini olish yoki olmasligi noaniq. Chunki Qirgʼiziston hukumati xorijdan keltirilgan mazkur vaksinalarni tekshirish huquqiga ega emas. Tekshirib koʼrmoqchi boʼlgan taqdirda ham, bunday laboratoriyalar Qirgʼizistonda mavjud emasligi tufayli buning imkoni yoʼq. Shunday ekan, nimaga asoslanib bugungi vaksinalarni sogʼlik uchun tahlikali emasligiga ishonish mumkin?! Qolaversa, 2021 yil Ola-Buqada vaktsina olgan 90dan oshiq harbiy xizmatchilardan 58 nafari kasalxonaga tushib qolganini va Qirgʼizistonda bir qancha odamlar emlanganidan soʼng vafot etganini hali unutganimiz yoʼq.

Bundan tashqari, farmatsevtika tarmogʼi hozirda moddiy boylik orttirish uchun eng qulay vositalardan biriga aylanib qolganligi sir emas. Kapitalistik shirkatlarlar uchun odamlarning sogʼligi muhim emas, balki ular uchun ulkan daromadlarni qoʼlga kiritish muhimdir. Masalan, “The Peoples Vaccine Alliance” harakati oʼz hisobotida keltirishicha, koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqargan farmatsevtika kompaniyalar daromadi sababli dunyoda toʼqqizta yangi milliarder paydo boʼlgan.

 Demak, biz musulmonlar xalqaro tashkilotlar, ularni qoʼllab-quvvatlayotgan mustamlakachi davlatlar va ularning manfaatlari yoʼlida xizmat qilayotgan hukumatlarning harakatlariga xushyor munosabatda boʼlishimiz lozim. Boshqa sohalarda boʼlgani kabi, Sogʼliqni saqlash sohasida ham Islomga yuzlanib, uning hukmlarini hayotga tatbiq qilishga harakat qilishimiz kerak. Chunki, Islomda Sogʼliqni saqlash tarmogʼi daromadni emas, balki insonlar sogʼligini maqsad qilgani sababli, Xalifalik davlati har qanday yangi dori va vaktsinani oʼz xalqiga taqdim qilishidan oldin uning xavfsizligini yaxshilab tekshirib chiqadi. Mana shundagina xalqlar sogʼligi toʼgʼri shaklda himoya qilinishi mumkin.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.