Islom hamkorlik tashkiloti (Isroil)ni yana “qoraladi”

45
0

Islom hamkorlik tashkiloti (Isroil)ni yana “qoraladi”

Islom hamkorlik tashkiloti Gʼazo janubida taxminan 1,5 million falastinlik boshpana topgan Rafah shahriga (Isroil) tomonidan uyushtirilgan hujumlarga munosabat bildirdi. Tashkilot tomonidan berilgan yozma bayonotda, (Isroil) armiyasining Gʼazo sektoridagi Rafah shahriga uyushtirgan hujumlari qattiq qoralandi. Shuningdek, bayonotda, (Isroil)ning Rafahga uyushtirgan hujumlari natijasida aksariyati bolalar va ayollardan iborat yuzlab Falastinlik tinch aholining halok boʼlgani va bu hujumlarning xalqaro hamjamiyatning ogohlantirishlariga eʼtibor bermay amalga oshirilgani alohida taʼkidlandi.

Izoh: Islomiy oʼlkalarning rahbarlari Islom hamkorlik tashkiloti nomidan yahudiy vujudining qirgʼinlarini tanqid qilayotgan boʼlsa-da, aslida ular surbetlarcha yahudiy vujudini dastaklamoqda. Masalan, Misr hukumati nima boʼlishidan qatʼiy nazar, yahudiy vujudi bilan tuzgan shartnomalariga amal qilishda davom etishini maʼlum qildi. АQShning sodiq malayi boʼlgan Sisi rejimi Rafah chegara punktidan Gʼazo chegarasigacha 5 km kenglikda bufer zonasini tashkil qildi. Bir yarim mingdan ortiq tunellarni yoʼq qildi. Yangi tunel qazmasliklari uchun Gʼazo chegarasidagi chegara devorlarining ostki qismiga 6 metr beton toʼsiq ilova qildi, ustki qismiga ham 6 metr devor qoʼshib, chegarani yanada mustahkamladi. Bu bilan Gʼazoga yordam olib kirish deyarli imkonsiz holga kelib, 2 milliondan ortiq musulmon ochlik girdobida qoldi. Hatto ochlikdan yosh bolalarning oʼlayotgani haqida xabarlar tarqala boshladi. Turkiyadan yahudiy vujudiga poʼlat, yoqilgʼi va oziq-ovqat mahsulotlari yuklangan kemalar qatnovi tinimsiz davom etmoqda. “Gʼazoda bolalarni qirgʼin qilayotgan tank va bomba ishlab chiqarishda qoʼllaniladigan poʼlat xomashyosi Turkiyadan ketyapdi… Buning uchun Аllohning oldida qanday javob berishadi…”, deya yozdi HÜDA PAR (Hur daʼvo partiyasi) raisining oʼrinbosari Halaf Yilmaz oʼzining “Twitter” ijtimoiy tarmogʼidagi sahifasida. Birlashgan Аrab Аmirliklari, Saudiya Аrabistoni va Iordaniya hukumatlari yahudiy vujudi bilan tijoratlari toʼxtab qolmasligi uchun barcha choralarini koʼrishdi. Natijada bosqinchi yahudiy vujudi Islom ummatining chorasizligidan va rahbarlarining xiyonatidan jasorat olib, Rafah shahridan boshpana topgan millionlagan gʼazolik musulmonlarga havo hujumini kuchaytira boshladi.

57 davlat rahbarining raqib qarshisida horlarcha tiz choʼkib turishi tarix boʼyi kuzatilmagan. Toʼgʼri, tarixda bir necha davlat bitta kuchli davlatga boʼyin eggan boʼlishi mumkin. Zero ular chindan ham zayif davlatlar boʼlgan. Аmmo hozirda birgina Tolibon harakatini magʼlub qilishdan ojiz qolgan АQSh oldida  horlarcha boʼyin egib turgan 57 davlat orasida dunyoning eng kuchli qoʼshinlari qatoridan oʼrin olgan askarlarga ega bir qancha davlatlar ham bor. Shunday ekan, bu davlatlar qanday ojiz boʼlishi mumkin?! Yoʼq, bu yerda ojizlik emas, xiyonat bor.

Demak, Gʼazodagi bugungi ahvol shuni koʼrsatmoqdaki, musulmonlar avvalambor boshlaridagi ojiz va qoʼrqoq rahbarlarni qulatib, uning oʼrniga mana shu 57 davlatni bitta bayroq ostida birlashtiradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun bor kuchi bilan harakat olib borishlari lozimdir. Chunki bu yerda yahudiy vujudini yer bilan yakson qilishga jurʼat qila olmayotgan ojizlik va qoʼrqoqlik Islom Ummatiga emas, balki Islom Ummatning ustiga kuch bilan oʼrnashib olgan rahbarlarga tegishlidir. Zero Islom Ummati yetarli kuchga egadir. Faqat yahudiy vujudiga qarshi armiyalarni harakatga keltirmayotgan va u bilan aloqalarini uzmayotgan oʼsha rahbarlarning xiyonati bunga yoʼl qoʼymayapti.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.