NATO Rossiyani raqib sifatida yoʻq qilishga ahd qildi

463
0

NATO Rossiyani raqib sifatida yoʻq qilishga ahd qildi

 NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg tashkilot alьyansning yangi harbiy strategiyasini qabul qilishga qaror qilgani va ushbu qaror “Rossiya tomonidan boʻlayotgan yadroviy tahdid hamda yangi chaqiriqlar” bilan bogʻliqligi haqida maʼlum qildi. Bu haqda “Sputnik” xabar qilmoqda.

 Shtab rahbarlari yangi strategiyani tasdiqladilar, ammo kontseptsiyadagi yoʻnalishlar ochiqlangani yoʻq, chunki bu maxfiy hujjat, deb xabar qilgan RIA “Novosti”.

 “NATOning yangi strategiyasi Rossiyani ham harbiy, ham iqtisodiy raqib sifatida yoʻq qilishga qaratilgan”, – dedi Rossiya Federatsiya kengashi xalqaro qoʻmita aʼzosi Oleg Morozov.

 “Ushbu doktrinaning qabul qilinishi Rossiyani uloqtirish bilan teng. Uni endi hatto jilovlashmayapti. Uni harbiy va iqtisodiy raqib sifatida yoʻq qilishmoqda”, – dedi Morozov RIA “Novosti”ga shanba kuni bergan intervьyusida.

 Alьyans fikriga koʻra, Rossiya yadroviy poygani yutqazishi va iqtisodiy jihatdan tanazzulga uchrashi lozim. Bundan tashqari, NATO, RF hukumati oʻzgarishiga umid qilmoqda, deya fikr bildirdi senator.

 Avvalroq, RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu alьyansning Rossiya chegarasidagi harbiy infratuzilmalarni oʻzlashtirishi, Qora va Boltiq dengizida faollikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy harakatlari “ziddiyatlar kuchayishiga olib kelmoqda va Rossiya tomonidan shunga mos javob harakatlarni talab etmoqda” degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.