Xitoylik shifokorlar 600 kishiga bepul koʼz operatsiyasini oʼtkazadi

113
0

Xitoylik shifokorlar 600 kishiga bepul koʼz operatsiyasini oʼtkazadi

Xabar: Xitoylik shifokorlar 600 nafar Qirgʼiziston fuqarosining kataraktasini bepul operatsiya qiladi. Bu haqda Sogʼliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
25 iyul kuni Sogʼliqni saqlash vaziri Gulnora Baatirbekova Xitoyning Qirgʼizistondagi elchisi Du Dyuen bilan uchrashib, sogʼliqni saqlash sohasidagi oʼzaro hamkorlikni muhokama qildi.
Vazirlik axborot xizmati xabariga koʼra, Xalqaro hamkorlik markazining “Ekspress salomatlik” loyihasi sentyabrь oyida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. “Ushbu loyiha doirasida 600 nafar Qirgʼiziston fuqarosi katarakta boʼyicha bepul jarrohlik amaliyoti oʼtkazish uchun koʼrib chiqilmoqda. Bishkekdagi Milliy gospitalda 300, Oʼshdagi viloyat kasalxonasida yana 300 ta jarrohlik amaliyoti oʼtkaziladi”, — deyiladi axborot xizmati xabarida.

Izoh: Xitoy hukumati Oʼrta Osiyo mintaqasida bir qancha loyihalarni amalga oshirish orqali oʼzining mavqeyini kuchaytirishda davom etmoqda. Oʼz xalqi uchun tekinga xizmat qilmaydigan butparast Xitoy hukumati nima maqsadda oʼzi uchun dushman sanalgan musulmonlar uchun millionlagan dollar ajratmoqda va yana bepul xizmatlar koʼrsatmoqda?! Аslida u mana shunday loyihalari bilan, goʼyoki qirgʼizistonliklarga bepul hizmat koʼrsatayotgandek koʼrinib, asta-sekinlik bilan xalqning ishonchiga kirib borishni va oʼtgan yillar mobaynida oʼziga qarshi shakllangan nafratni yoʼq qilishni koʼzlaydi. Vaqt oʼtishi bilan iqtisodiy va siyosiy va saqofiy jihatlardan oʼz taʼsirini kuchaytirib olgandan keyin haqiqiy basharasini koʼrsata boshlaydi.
Xitoy hukumati Sharqiy turkistonni mustamlaka qilishda ham xuddi shu uslubni qoʼllagan edi. Yaʼni avvalida ishchi va savdogarlarni yubordi. Ular musulmon uygʼur xalqiga bepul yoki arzon narxlarda uzoq yillar xizmat koʼrsatishdi. Bu bilan Sharqiy turkiston xalqining ishonchini qozonib olishga harakat qilishdi. Mana hozir Uygʼur musulmonlari qanday ahvolga kelib qolgani maʼlum.
Аgar Xitoy Qirgʼizistonni ham Sharqiy turkiston kabi oʼziga tobe mintaqaga aylantirib olsa, ahli ilmlarini koʼchalarda ayollari bilan raqsga tushirish, muborak ramazon oyida majburlab choʼchqa goʼshtini yedirish, musulmonlarni qiynoq lagerlariga tashlab, oilasi yoniga bittadan xansuni joylashtirish kabi iflos siyosatini qoʼllanmasligiga hech qanday kafolat yoʼq. Zero, Xitoy hukumati Sharqiy Turkistondagi repressiyasini bir onda boshlagan emas, balki bugungi kunda “yordam sevarlik”, “doʼstona hamkorlik” va “bepul xizmatlar” niqobi ostida Qirgʼizistonga kirib kelayotgani kabi harakatini uzoqdan boshlagan edi.
Shunday ekan, Qirgʼiziston musulmonlari Xitoyning moliyaviy yoki boshqa jihatdan oʼlkaga taʼsir oʼtkazishiga aslo yoʼl qoʼymasliklari zarur. Buning uchun musulmonlar avvalambor oʼzlari eʼtiqod qiladigan Islom hukmlariga qaytib, Xalifalik davlatini tiklash orqali mustamlakachilarning qonli panjalarini chopib tashlashlari lozim. Faqat Xalifalik davlatigina nafaqat Qirgʼiziston, balki butun islomiy yurtlarga zulukdek yopishib olib qonini soʼrayotgan, boyliklarini talon-taroj qilayotgan, shuncha boyliklar ustida yashashlariga qaramay, musulmonlarni bir burda nonga zor qilayotgan yeb toʼymas ochofatlarni tiyib qoʼyishga qodirdir. Аgar Qirgʼiziston xalqi mushriklar yoki mulhidlar qoʼlida qoʼgʼirchoq boʼlishni istamasalar Xalifalik davlatini barpo etish yoʼlida harakat qilishlari shart.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.