Senat Oʼzbekiston-Qozogʼiston chegarasini belgilashga doir hujjatni maʼqulladi

140
0

Senat Oʼzbekiston-Qozogʼiston chegarasini belgilashga doir hujjatni maʼqulladi

Oʼzbekiston Oliy Majlis Senati qirq ikkinchi yalpi majlisida “Oʼzbekiston respublikasi bilan Qozogʼiston respublikasi oʼrtasida Oʼzbekiston – Qozogʼiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish toʼgʼrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni koʼrib chiqib, maʼqulladi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati maʼlumot tarqatdi.
Xabarnomada qayd etilishicha, mazkur hujjat Oʼzbekiston va Qozogʼiston prezidentlari Shavkat Mirziyoev va Qosim-Joʼmart Toʼqaev tomonidan 2022 yil 21 dekabr kuni imzolangan. Shartnomaga koʼra, Oʼzbekiston va Qozogʼiston davlatlari oʼrtasidagi davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizigʼi uzunligi 2 ming 356 kilometrdan koʼproqni tashkil etadi.
“Shartnoma bilan Oʼzbekiston-Qozogʼiston Davlat chegarasini belgilash boʼyicha ishlar toʼliq yakunlandi hamda chegara xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlash uchun eng muhim shart-sharoitlar yaratildi”, deyiladi Senat xabarnomasida.

Izoh: Oʼtgan asrning boshlarida Britaniya va Frantsiya davlatlari Sayks-Piko bitimi bilan arab oʼlkalari oʼrtasida chegaralar tortgani kabi, xudosiz kommunistlar hukumati boʼlgan sobiq SSSR davlati ham, azaldan bir Ummat vakillari boʼlgan Turkiston musulmonlariga “millat” va “vatan” degan xatarli tushunchani singdirib, ularni beshta respublikaga boʼlib tashladi.

Qaerda boʼlishidan qatʼiy nazar, sunʼiy ravishda musulmonlar orasini ajratish Islom nuqtai nazaridan harom boʼlib, qonli yoʼl bilan Islomiy oʼlkalarda vujudga keltirilgan chegaralarni tan olish aslo joiz emas. Chunki Islom Ummatini bir-biridan ajratish, boʼlib tashlash, zaiflashtirish, ixtilofga solish, oʼrni kelganda bir-biri bilan urushtirib qoʼyish maqsadida musulmonlar oʼrtasida soxta chegalar tortish kufr ahlining rejasidir. Bunday boʼlib tashlashlar oqibatida musulmonlar oʼrtasida yangi-yangi muammolar va toʼsiqlar paydo boʼlishi tabiiy. Islomiy yurtlarning har yerida, boʼlinish oqibatida yuzaga kelgan koʼplab ayanchli hollarni kuzatish mumkin. Vaholangki, musulmon kishi doimo “er yuzidagi barcha musulmonlar mening birodarim, uning muammosi mening muammoyimdir, uning sevinchi mening sevinchimdir, uning tashvishi mening tashvishimdir” degan pozitsiyada turishi lozim.

Аmmo hozirgi paytda Markaziy Osiyoda boʼlsin, yoki Islom olamining boshqa mintaqalarida boʼlsin, musulmonlar bunday sunʼiy chegaralardan bezor ekanligini ochiq ifoda etmoqdalar. Аgar biror chegara posti ochilishi haqida xabar tarqaladigan boʼlsa – garchi u xabar tasdiqlanmagan boʼlsa ham – chegaraning har ikki tarafidagi musulmonlarning quvonchlari haqida gapirmay qoʼyavering. Аmmo musulmonlar mustamlakachilar tarafidan chizib berilgan chegaralarni tan olmay, oʼz birligi sari oshiqayotgan bir paytda davlat imomlarining ushbu sunʼiy chegaralarni yoqlab chiqishi musulmonlarning boshiga bitgan balo boʼlmoqda. Bu ham yetmaganday, musulmonlar oʼrtasini boʼlib qoʼygan sunʼiy chegaralarda turib olib, musulmonlarni silai rahmdan (yaqinlari va qarindosh-urugʼlarini ziyorat qilishdan) toʼsayotgan chegarachilarni “mujohidlar”, ushbu sunʼiy chegaralarni qoʼriqlash uchun qurol koʼtarib turishni “Jihod”, ikki musulmonni ajratish yoʼlida jon berishni “Shahidlik”, deb fatvo berib turishlari “oʼlganni ustiga tepmoq” boʼlmoqda. Аgar bu imomlar xolis boʼlganda edi, musulmon xalqlar orasini ajratib turgan bu soxta chegaralarni haqiqiy Sharʼiy hukmini bayon qilgan va bu chegaralarni tag-tubi bilan olib tashlashga chaqirgan boʼlardi.

Qolaversa chegaralarni demarkatsiya qilish yoki ikki davlat oʼrtasidagi baxsli hududlarni xal etish bilan musulmonlarning muammolari yechilib qolmaydi. Balki mustamlakachi davlatlar musulmonlar zehniga singdirib tashlagan “millatchilik” va “vatanparvarlik” kabi tuban va chirik fikrlarni tark qilib, yana qayta oʼz dinlari Islomga qaytishlari, Аllohning hukmlarini oʼz hayotlariga tatbiq etishlari bilangina xal boʼladi. Аgar musulmonlar chindan ham oʼzaro oʼrtalarida muammolar boʼlmasligi, yana avvalgidek bir Ummat vakili, oʼzaro birodar boʼlib yashashni hamda bir-birlari bilan hech qanday toʼsiq va muammolarsiz erkin bordi-kelishni istashsa kufr tomonidan oʼrtalariga tortilgan chegarani yoʼq qilishlari, Islom aqidasi va dini asosida birlashishlari lozim. Muammoning bundan boshqa yoʼli mavjud emas.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.