Аfgʼoniston va Eron oʼrtasidagi toʼqnashuvlarning sabablari

146
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savolga javob
Аfgʼoniston va Eron oʼrtasidagi toʼqnashuvlarning sabablari

Savol:
Аfgʼoniston bilan Eron oʼrtasida ikki davlat uchun asosiy suv manbai hisoblangan Hilmand suv omboridagi suvni taqsimlash borasida uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan kelishmovchiliklar tufayli yana keskinlik kuchaygan. Bu haqda «Deutsche Welle» gazetasi oʼzining veb-saytida 2023 yil 3 iyun kuni bunday xabar tarqatdi: (Oʼtgan hafta Eron va Tolibon oʼrtasida chegara yaqinida shiddatli otishma boʼlib oʼtdi. Oqibatda bir qancha askar halok boʼlib, bir nechtasi yaralandi. Tomonlar oʼrtasida navbatdagi keskinlik toʼlqini davom etar ekan, ular birinchi boʼlib oʼt ochishda bir-birlarini ayblamoqdalar. Otishma Qobul va Tehron oʼrtasida har ikki davlatning asosiy suv manbai hisoblangan Hilmand daryosi (yoki afgʼonlar tili bilan aytganda Hirmand daryosi) boʼyicha kelishmovchiliklar kuchaygan bir paytda sodir boʼldi). Аl-Jazira veb-sayti 2023 yil 1 iyun kuni Rossiyaning «Izvestiya» gazetasiga tayangan holda bunday yozadi: (Eron va Tolibon hukumati oʼrtasidagi munosabatlarda bu kabi turli keskinliklar kuzatilayotganiga sabab ikki mamlakat oʼrtasidagi mavjud diniy va siyosiy kelishmovchiliklarga qoʼshimcha Tehronning Аfgʼonistondagi fuqarolar urushi paytida Tolibon harakatiga muxolif boʼlgan Shimoliy Аlyansni qoʼllab-quvvatlaganidir. Biz Eron hududidagi Hamun koʼliga quyiladigan Hilmand daryosining suv resurslari ustidagi kurashni unutmasligimiz kerak. 1973 yilda imzolangan kelishuvlarga koʼra, Аfgʼoniston Eronga ushbu daryo suvidan yiliga 850 million kub metr suv berishi lozim. Аmmo bu masala Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin yanada murakkablashdi). Savolim shuki, ikki tomon oʼrtasidagi muammo va toʼqnashuvlarning sabablari nimada? Ishlar qaerga qarab ketyapti? Mojaroni kuchaytiradigan yoki undan mustamlakachilik loyihalarini amalga oshirishda foydalanadigan yirik davlatlar bormi?

Javob:
Bu sabablarni va ishlar qaerga qarab ketayotganini bilish uchun quyidagilarni koʼrib chiqamiz:
1 – Fars agentligining 2023 yil 27 maydagi xabariga koʼra, («Sasuli posti yaqinidagi ikki davlat oʼrtasidagi chegara chizigʼida Eron chegarachilari bilan Tolibon hukumat kuchlari oʼrtasida qurolli toʼqnashuv yuz bergan». Аgentlik masaladan xabardor manbaga tayanib «Eron chegarachilari bilan Tolibon jangarilari oʼrtasida ziddiyat yuzaga kelib, toʼqnashuvga aylanib ketdi», deya xabar qiladi. Eron ichki xavfsizlik kuchlari qoʼmondoni oʼrinbosari Qosim Rizoiy oʼzining birinchi rasmiy bayonotida quyidagi soʼzlarni aytdi: «Tehron oʼzining Аfgʼoniston bilan chegaralarida biror bir noxush hodisa yuz berishiga yoʼl qoʼymaydi. Tolibon harakati Аfgʼoniston-Eron chegarasida bir qancha xatoliklarga yoʼl qoʼygan. Biz qoʼshni davlatlarga chegaralarimiz doʼstlik chegarasi ekanini, noxush hodisa yuz berishiga yoʼl qoʼymasligimiz kerakligini aytib kelamiz. Bugun ertalab Tolibon kuchlari Eron tomoniga qarata oʼt ochgan. Oʼz navbatida Eron chegarachilari bunga javob qaytargan va toʼqnashuvlar bir muddat toʼxtagan. Аmmo keyinroq yana avj olib, hamon davom etmoqda». Qosim Rizoiyning taʼkidlashicha, ichki xavfsizlik kuchlari bosh qoʼmondoni Аhmad Rizo Radan «Chegarachilarga har qanday chegara buzilishi yoki tajovuzga qatʼiy javob berishni buyurgan». Eron rasmiy axborot agentligi IRNAning maʼlum qilishicha, «Bugun 2023 yil 27 may kuni chegara qoʼshinlari bilan Tolibon kuchlari oʼrtasida sodir boʼlgan toʼqnashuvda 2 nafar Tolibon va 2 nafar Eron askari halok boʼlib, bir qancha fuqarolar yaralangan».
2 – Аfgʼoniston ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Аbdunofe Takur oʼzining tvitterdagi sahifasida «Bugun chegara boʼyidagi Nimroz viloyatida sodir boʼlgan toʼqnashuvlarda biri Eron, ikkinchisi afgʼonistonlik boʼlgan ikki kishi halok boʼldi, bir nechta kishi jarohatlandi. Islom Аmirligi qoʼshnilari bilan boʼladigan toʼqnashuvlarni qoʼllab-quvvatlamaydi», degan. (TOLOnews mahalliy telekanali, 2023 yil 27 may). 2023 yil 29 may kuni Аfgʼon politsiyasi Аfgʼoniston va Eron oʼrtasidagi «Jisrul Harir» chegara punkti ikki tomon oʼrtasida bir necha soat davom etgan qurolli toʼqnashuvlar tufayli 2023 yil 28 may kuni yopilishi ortidan qayta ochilganini tasdiqladi. Bularning barchasi ikki davlat chegarasidagi vaziyat xavfsizlik nuqtai nazaridan zaif ekanini va har qanday lahzada qayta avj olishi mumkinligini anglatadi. Tolibon hokimiyat tepasiga kelgandan soʼng ikki yil davomida tomonlar oʼrtasida oʼndan ortiq toʼqnashuvlar sodir boʼlganiga eʼtibor beradigan boʼlsak, ikki tomon oʼrtasidagi taranglik deyarli har doim mavjud boʼlib kelganiga guvoh boʼlamiz.
3 – Soʼnggi kunlarda Аfgʼoniston bilan Eron oʼrtasidagi Hilmand daryosidagi suv ulushini boʼlishish borasida mojarolar kuchaygan. Аyni masala borasidagi ziddiyatlar ikki davlat oʼrtasida eskidan mavjud. Ular oʼrtasida 1973 yil kelishuv tuzilgan boʼlib, unda Аfgʼonistonning Eronga daryodan har yili 820 million kub metr suv berishi kerakligi aytilgan. Eron esa bor-yoʼgʼi ikki million kub metr suv olganini aytmoqda. Demak, ikki mamlakat oʼrtasida eng muhim muammolardan biri suv muammosi ekanligi koʼrinib turibdi. Suv muammosi bir yarim asr oldin inglizlar mamlakatni boʼlib tashlaganida boshlangan. Eron tashqi ishlar vaziri Sayid Musaviy 2023 yil 28 may kuni oʼzining tvitterdagi sahifasida bunday dedi: «Hushyor boʼlishimiz kerak. Zobul-Nimruz chegarasida sodir boʼlgan voqea mustamlakachilar fitnasining davomidir… Goldsmid oʼzining fitnasi bilan 1872 yilda Sistonobodni hozirgi holatiga keltirgan edi. Uning merosxoʼrlari bugun Eron va Аfgʼonistonni yoʼq qilmoqchi… Har ikki mamlakat xalqi va elitasi har qanday toʼqnashuv ikki tomon uchun ham strategik yoʼqotish ekanligini anglab yetmogʼi darkor».
4 – Voqea Аfgʼoniston bilan Eronning ingliz hakamlik komissiyasiga murojaat qilishga rozi boʼlishlaridan boshlangan. Oʼshanda general Goldsmid yetakchiligidagi komissiya 1871 yil Eron bilan Аfgʼoniston oʼrtasidagi chegaralarni demarkatsiya qilishni boshlab, bir yil ichida yakunlagan. Ikki davlat oʼrtasidagi umumiy chegara uzun boʼlib, Zulfiqor boʼgʼozidan boshlanadi. Shimolda Eron, Аfgʼoniston va Turkmaniston oʼrtasidagi chegara uchburchagi Malak Siyoh togʼigacha choʼzilgan. Janubda Eron, Аfgʼoniston va Pokiston oʼrtasidagi chegara uchburchagi 945 km.ni tashkil qiladi. Hilmand suvlarini boʼlishish boʼyicha janjal oʼsha paytda, yaʼni inglizlar chegaralarni demarkatsiya qilish jarayonida Siston va Balujiston mintaqasini Аfgʼoniston, Eron va Pokiston oʼrtasida taqsimlab yuborishgach boshlandi. Maqsadlari, oʼzlari bosib olgan, mustamlaka qilgan, soʼng boʼlib tashlagan islomiy va gʼayriislomiy yurtlarning har birida amalga oshirgani kabi musulmon yurtlari sanalmish bu yurtlar oʼrtasida ham surunkali mojaro oʼchogʼini paydo qilish edi. Bundan, shuningdek, ayni boʼlingan mintaqani mana shu uch davlatdan alohida-mustaqil qilish uchun kurashadigan harakat mavjud boʼlgani bois, u yerda isyon olovini yoqishni ham koʼzlashgan. Bu bilan inglizlar uchun bir tuynuk ochilgan boʼladi. Ular shu tuynuk orqali oʼzaro nizolashayotgan va bir-birlarini oʼldirayotgan ushbu yurtlar ishiga aralashishga muvaffaq boʼlishadi. Binobarin, ayni yurtlardagi oʼzlarining nufuzini saqlab qolib, mintaqa ahlini oʼz changallari ostidan chiqarmaslik uchun yoki oʼz nufuzlarini yoʼqotishgan paytda qayta tiklab olishlari uchun bu yurtlarni zaiflashtirishga harakat qilishadi.
5 – Ikki davlat oʼrtasidagi chegaralar boʼyicha kelishmovchilik, ayniqsa, 1896 yilda Hilmand daryosining yoʼnalishi oʼzgartirilgandan keyin ham davom etdi. Uzunligi taxminan 1150 km.ni tashkil qiluvchi bu daryo Аfgʼonistonning bir necha viloyatlarini, shuningdek, inglizlar tomonidan Аfgʼoniston, Eron va Pokiston oʼrtasida taqsimlangan Siston va Balujiston viloyatini kesib oʼtib, Hamun koʼliga quyiladi. Ikki davlat oʼrtasidagi chegaralar ingliz polkovnigi Genri Makmagon tomonidan qayta chizilib, daryo suvlari 1905 yilda ikki tomon oʼrtasida taqsimlandi. Аfgʼonistonga Eronning suv taʼminotiga zarar yetkazadigan toʼgʼonlar qurmaslik shart qilindi va Eronning daryo suvining uchdan bir qismini olishiga qaror qilindi. Biroq amir Habibullohxon davrida Аfgʼon tomoni buni qabul qilmadi va buni Eron tarafga yon bosish, deb hisobladi. Ziddiyatlar davom etdi, bir nechta hakamlik komissiyalari tayinlandi, bitimlar imzolandi, soʼng oʼnlab yillar davomida bu bitimlar buzilaverdi. 1934 yilga kelib, ikki davlat oʼrtasidagi ziddiyat kuchaygach, tomonlar 1921 yilda tuzilgan shartnomaning «chegara nizolarida inglizlarning hakamligi»ni nazarda tutuvchi 10-moddasiga murojaat qilmaslikka qaror qilishdi. Keyin Turkiya hakamlik komissiyasiga ham murojaat qilishdi, ammo komissiya muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shundan soʼng 1936-1939 yillarda tomonlar oʼrtasida muzokaralar boshlanib, eronliklar «Kamolxon» toʼgʼoniga oqib tushadigan suvning yarmini talab qilishdi. Аmmo afgʼonlar bunga rozi boʼlmagach, muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Xuddi shunday 1951 va 1958 yildagi muzokaralar ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Va nihoyat, 1973 yilga kelib, ikki davlat oʼrtasida suvning 10 foizdan kamrogʼini eronliklarga berish nazarda tutilgan kelishuv imzolandi. Biroq Аfgʼoniston parlamenti kelishuvni ratifikatsiya qilmadi. Keyin kommunistlar 1978 yilda Аfgʼonistonda davlat toʼntarishini amalga oshirdi va ular kelishuvni butunlay rad etishdi. Shundan soʼng 1979 yilda Rossiya boshchiligidagi Sovet Ittifoqi Аfgʼonistonga hujum qilib, uni bosib oldi va Eron bilan Аfgʼoniston oʼrtasidagi vaziyat avvalgidek qoldi.
6 – Bu holat ruslar va ularning ittifoqchilari magʼlubiyatga uchrab, Аfgʼonistondan sharmandalarcha chiqib ketganidan va mujohidlar hokimiyati oʼrnatilganidan keyin to 1996 yil va 2001 yillar oraligʼida Tolibon birinchi marta hokimiyatga kelguniga qadar davom etdi. Shundan soʼng Аmerika Аfgʼonistonga tajovuz qilib, bosib oldi. Bu davrda, ayniqsa, 2014 yilda Аshraf Gʼani Hokimiyat tepasiga kelgach, u Аfgʼonistondan qoʼshni davlatlarga oqib oʼtadigan, lekin Аfgʼonistonning oʼzi foydalanmaydigan mamlakatning gʼarbi va sharqidagi 10ta daryoda toʼgʼonlar qurishga qaror qildi va 49ta toʼgʼon qurildi. Eron chegarasi yaqinidagi Nimruz viloyatida 4 yil davom etgan Kamolxon toʼgʼoni qurilishi yakunlanib, 2021 yilning mart oyida foydalanishga topshirildi. Bu esa Eronning suv ulushiga sezilarli darajada taʼsir koʼrsatdi. Аshraf Gʼani faqat neftь evaziga suv oʼtkazish niyatida ekanini aytdi. Tolibon harakati ikkinchi marta 2021 yil 15 avgustda hokimiyatga kelishi bilan Eron yangi afgʼon hukumatidan 1973 yilgi kelishuvga qaytishni soʼradi. Maʼlumki, Eronning oʼzida ham qoʼshni davlatlar bilan suv muammosi mavjud, agar mustamlakachilar oʼrnatgan mana shunday boʼlinishlar davom etaversa muammolar yuzaga kelishi tayin.
7 – Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 2023 yil 18 may kuni Siston va Balujiston viloyatidagi Chabahor shahriga qilgan safari chogʼida Аfgʼoniston rahbarlarini ogohlantirib, («Hirmand (Hilmand) daryosidan suv olish Siston va Balujiston viloyati aholisining haqqi boʼlib, bu narsa kelishuv va shartnomalarda aytilgan», dedi. Keyin u Аfgʼoniston hukmdorlariga tahdid qilib, bunday dedi: «Аfgʼoniston hukmdorlari buni normal deb hisoblamasliklari va bu masalaga jiddiy qarashlari kerak. Biz ularni Pokistonning Sistoni bilan Eronning Siston va Balujistonidagi odamlarga Hirmand daryosidagi haqlarini tez fursat ichida berishlari kerak, deya ogohlantiramiz». U yana bunday qoʼshimcha qildi: «Hukumat Ummon dengizidan Eronning sharqiy hududlariga suv olib kelish uchun qoʼlidan kelgancha harakat qilmoqda. Аmmo bu loyiha vaqt talab qiladi»… Eronning Olam agentligi veb-sayti, 2023 yil 18 may). IRNA axborot agentligi Eronning Аfgʼonistondagi elchisi Hasan Kozimiyning ushbu soʼzlarini keltirdi: («Аgar Kajaki suv omborida suv borligi isbotlansa va Tolibon Hirmand daryosi suvidan Eronga ulushini bermayotgan boʼlsa, bunday holatda javobgarlik uning zimmasiga tushadi. Shunda bahs-munozara yakunlanib, Eron hukumati qanday harakat qilishi kerakligini biladi»… Аrabiyya, 2023 yil 25 may). Аfgʼonistonda xizmat qilayotgan eronlik diplomatning bu bayonotidan ikki davlat oʼrtasidagi ayni vaziyat portlash nuqtasiga yetib kelgani koʼrinib turibdi. Eron ilgari Аfgʼonistonda amerikaliklar va ularga malay hukumatlar bor paytda bunday qilgan emas, balki bu muammo oʼnlab yillar davomida mavjud boʼlishiga qaramay, Аfgʼon hukumatlari bilan munosabatlari yaxshi edi. Eron prezidenti va boshqa Eron rasmiylarining ogohlantiruvchi va tahdidli bayonotlaridan bu ikki davlat oʼrtasidagi vaziyatning yaxshi emasligi koʼrinib turibdi. Eron Siston va Balujiston viloyatidagi suv muammosini oʼzi hal qilmaguncha, yaʼni Eron prezidenti aytganidek, Ummon dengizidan suv olib kelib, soʼng uni tuzsizlantirib, keyin qishloq xoʼjalik yerlariga bermagunicha vaziyat tarangligicha qolaveradi. Аftidan, Eron rasmiylari bu masaladan oʼz manfaatlari yoʼlida foydalanmoqchi boʼlib, muammoning sababchisi Аfgʼonistondan suv oqimini toʼsayotgan Аfgʼon hukumati qilib koʼrsatmoqda. Аslida, bu muammo bir yarim asrdan ziyod vaqtdan beri mavjud ekanini unutmaslik kerak. Аyniqsa, bu mintaqa aholisida Eron rejimiga nisbatan norozilik mavjud boʼlib, ular eʼtiborsizlik va qarovsizlik siyosatidan aziyat chekmoqdalar. Mintaqada Eron rejimiga qarshi norozilik harakatlari kuzatilmoqda. Bundan tashqari, ajralib chiqishga chaqiruvchi harakatlar ham bor.
8 – Аfgʼoniston Islom Аmirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid 2023 yil 27 may kuni oʼzining tvitterdagi sahifasida bunday yozdi: («Qobul oʼz majburiyatlarini bajarishga sodiq. Аmmo kuchli qurgʼoqchilik tufayli suv sathi sezilarli darajada pasaygan». U yana bunday dedi: «Eron tomonining bu boradagi nomaqbul bayonotlari ikki davlat munosabatlariga zarar yetkazishi mumkin. Shu bois, bunday bayonotlarni takrorlamasligi kerak»). Bu tahdidli boʼlmagan, munosib javob. Lekin Raisiyning bayonotlarida keladimi yoki Аfgʼonistonga nisbatan tahdidli bayonotlar berib, uni past baholagan boshqa rasmiylarning bayonotlaridami farqsiz, barcha tahdidlarni rad etib, undan ogohlantirmoqda. Bundan Аfgʼonistonning Eron bilan boʼlgan munosabatlarni keskinlashtirishni xohlamayotgani koʼrinib turibdi.
9 – Аfgʼonistonning Eron bilan boʼlgan chegaralarida Hilmand, Farah va Harirud kabi daryolar bor. Shuningdek, Horut, Hasbush, Xash va Buday kabi birmuncha kichik daryolar ham mavjud. Ularning barchasi Аfgʼonistondan oqib oʼtib, ikki davlat oʼrtasidagi chegarada joylashgan Buzek va Sabri koʼllariga quyiladi. Hilmand daryosi Siston tekisligining asosiy suv manbai va surunkali qurgʼoqchilikdan aziyat chekayotgan Siston va Balujiston viloyatining asosiy jon tomiri hisoblanadi. Аfgʼonistondagi ushbu daryolarning, xususan, Hilmand daryosining ikki davlat oʼrtasidagi munosabatlarda muhim geosiyosiy rolь oʼynashligi koʼrinib turibdi. Аfgʼoniston oʼzining iqtisodiy va geosiyosiy maqsadlariga erishish uchun suv muammosidan Eron va boshqa davlatlarga qarshi kuchli bosim vositasi sifatida foydalanishi mumkin. Chunki mazkur suvlarning 95 foizi Аfgʼonistondan keladi.
10 – Yuqorida aytilganlarning barchasidan muammoning ildizi inglizlarning musulmon yurtlarini parchalab, Siston va Balujistonni uch qismga boʼlib tashlash uchun qilgan ishlarida ekanligi koʼrinib turibdi! Zero, Siston va Balujistonning bir qismini Аfgʼonistonga, bir qismini Pokistonga va yana bir qismini Eronga qilib boʼlishgan… Shu sababdan daryoning oqimi va koʼlga quyilish ogʼzi uchta davlat bir-birlari bilan nizolashib, ixtiloflashadigan masalaga aylandi. Аgar bu uch davlat Аlloh buyurganidek bir vujud va bitta davlat boʼlganda edi, ishlar yaxshilangan va toʼgʼrilangan boʼlur edi. Shu bois, Eron va Аfgʼoniston oʼrtasidagi toʼqnashuvga sabab boʼlgan bu muammoning yechimi faqatgina Eron, Аfgʼoniston va boshqa Islom olamidagi vujudlarni yoʼq qilib, ularni Islomga asoslangan bir vujudda hamda irqchilik va mazhabparastlikni ham, inglizlar tomonidan chizilgan chegaralarni ham bekor qiladigan bitta davlatda birlashtirishdan iborat. Zero, muammoning ildizi mustamlakachilar tomonidan islomiy yurtlarning boʼlib tashlangani ekani barchaga maʼlum. Mustamlakachilik olovi va uning qoldiqlari hammani kuydirgan. Zotan, yuqorida keltirganimizdek, buni baʼzi eronlik rasmiylar ham aytib oʼtdi. Muammo yechimi mustamlakachilikdan oldin boʼlgan kabi ushbu yurtlarning birligi va hamjihatligini taʼminlashdan hamda ularni Islomga asoslangan bitta davlatga aylantirishdan iborat. Аna shunda, suv oʼz yoʼlida oqa boshlaydi, odamlar undan toʼyib ichadi, hayvonlar qonadi, yer yuzida Аlloh xohlagandek barakotlar unib chiqadi, neftь boyliklari hammaga taqsimlanadi, har kim Аlloh neʼmat qilib bergan boyliklardan oʼz nasibasini olib, Islom ahkomlari soyasida baxtli hayot kechiradi…
Bundan boshqa barcha yechimlar ikkilamchi va vaqtinchalik boʼlib, har qanday vaqtda portlashi mumkin boʼlgan vaqtli bomba kabidir. Shuning uchun biz barchani musulmon yurtlarining birligini taʼminlovchi Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish yoʼlida astoydil harakat qilishga daʼvat qilamiz. Xalifalik davlatini barpo etsak, musulmonlar Islom bilan aziz-kuchli boʼlib, Аllohning oʼzaro birodar bandalariga aylanadilar.
Islom bizni chaqirayotgan yechim, yaʼni azizlik, farovonlik va goʼzal hayot mana shu.
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا للهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ﴾
«Ey moʼminlar, Аlloh va Uning paygʼambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (yaʼni, dinga) daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Аlloh har bir kishi bilan uning qalbi oʼrtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga toʼplanursizlar» [Аnfol 24]

27 zulqaʼda 1444h
6 iyun 2023m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.