Islom hali kuch-irodasi yoʻq holida ham Yevropa rahbarlarini hurkitmoqda, Ertaga davlati barpo boʻlsa, qanday ahvolga tushisharkin?!

511
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Islom hali kuch-irodasi yoʻq holida ham Yevropa rahbarlarini hurkitmoqda, Ertaga davlati barpo boʻlsa, qanday ahvolga tushisharkin?!

Al-Jazira net sayti (hijriy 1440 yil 26 shaʼbon, milodiy 2019 yil 2 may payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

 Germaniya kantsleri Angela Merkel zudlik bilan islomiy ekstremizm, deyilayotgan narsani magʻlubiyatga uchratishga harakat qilishga chaqirdi. Buni u Besh Sohil Davlatlari guruhi rahbarlarining navbatdan tashqari sammitida aytdi.

Guruhga aʼzo davlatlar Mali, Niger, Burkina-Faso, Chad va Mavritaniyadan iborat boʻlib, ular Afrika mintaqasidagi qurolli harakatlarga qarshi kurashish maqsadida oʻz armiyalaridan mintaqaviy kuch tuzishgan.

Germaniya Malining Gao shahriga oʻzining 850 nafarlik qoʻshinini joylashtirgan. Bu uning 15 ming askarga yetgan Xalqaro “MINOSMA” missiyasidagi ishtiroki doirasida amalga oshgan. Maʼlumki, ayni missiya Germaniya armiyasi ishtirok etgan missiya ichida Afgʻonistondan keyin ikkinchi oʻrinda turuvchi missiya hisoblanadi.

Merkel “terrorizm” soʻzining oʻrniga “islomiy ekstremizm” soʻzini ishlatar ekan, bu bilan u “islomiy ekstremizm”, “islomiy terrorizm” atamalarini koʻp qoʻllovchi Frantsiya prezidenti Emmanuelь Makron qoʻllagan atamalarni ishlatishni afzal bilmoqda.

Ilgari Makron siyosiy Islom Frantsiya Respublikasiga tahdid tugʻdirishini taʼkidlab, uni yurtdan izolyatsiya qilishga harakat qilgan.

U franutsuz hukumatidan islomiy harakatlarga beparvo qaramaslikni va uning xorijdan moliyaviy yordam olishiga yoʻl qoʻymaslikni talab qilganini taʼkidladi.

Frantsuz prezidenti immigratsiya masalasida eng kuchli ekstremal qadam tashlovchi rahbar. U siyosiy boshpana berilishini talab qilish huquqiga ishonishini taʼkidlab, “biroq birovlarni kutib olishingdan oldin, oʻzingda uy boʻlishi kerak”, degan.

Misrga qilgan safari chogʻida Makron “islomiy terrorizm” iborasini qoʻlladi va bu bilan islomiy va arabiy olamdagi koʻpchilikning gʻazabini qoʻzgʻadi. Tvitter yozishmalarida ham Frantsiya bilan Misrning “islomiy terrorizm”dan eng koʻp zarar koʻrgan davlatlar ekanini yozdi.

Roya gazetasining 2019 yil 8 may chorshanba kungi 233-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.