Ro‘za ham, xalifa ham qalqondir

74
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ro‘za ham, xalifa ham qalqondir

Ustoz Nosir Rizo Muhammadusmon

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati

markaziy aloqalar qo‘mitasi raisi

Alloh Taolo ro‘zani musulmonlarga bitta maqsadda, u ham bo‘lsa, taqvodorlardan bo‘lishlari uchun farz qildi. Alloh Taolo aytadi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

«Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi» [Baqara 183]

Shuning uchun Ramazon oyi xuddi Qur’on oyi deyilgani kabi, taqvo oyi, deb ham ataldi.

Ro‘za eng buyuk ibodatlardan. Chunki ro‘zador xilvatda ham, ochiqda ham o‘zini o‘zi kuzatib turadi. Bu esa Ramazonning alohida xususiyati va boshqa ibodatlar oldidagi fazilatidir. Zero, banda modomiki, iymon bilan va savob umidida ro‘za tutgan ekan, Alloh Taologa xolis qilgan ibodatlari ichida ro‘zaning o‘rni boshqa. Darhaqiqat, bandalarga ro‘za tutish va uni xolis ado etishda Allohning o‘zi yordam beradi. Ibn Moja va Ibn Hibbon Abu Hurayradan Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«إِذَا كَانَ أَوَّلُ لَيْلَةٍ مِنْ رَمَضَانَ صُفِّدَتِ الشَّيَاطِينُ، وَمَرَدَةُ الْجِنِّ، وَغُلِّقَتْ أَبْوَابُ النَّارِ، فَلَمْ يُفْتَحْ مِنْهَا بَابٌ، وَفُتِحَتْ أَبْوَابُ الْجِنَانِ فَلَمْ يُغْلَقْ مِنْهَا بَابٌ، وَنَادَى مُنَادٍ يَا بَاغِيَ الْخَيْرِ أَقْبِلْ، وَيَا بَاغِيَ الشَّرِّ أَقْصِرْ، وَلِلَّهِ عُتَقَاءُ مِنَ النَّارِ»

«Ramazon oyining birinchi kechasi bo‘lganda shaytonlar va isyonchi jinlar zanjirband qilinadi. Do‘zax eshiklari yopilib, bittasi ham ochilmaydi. Jannat eshiklari ochilib, bittasi ham yopilmaydi. Bir nido qiluvchi: «Ey yaxshilikni xohlovchi, kelgin, ey yomonlikni xohlovchi, to‘xtagin», deb nido qiladi. Allohning do‘zaxdan ozod qiladigan bandalari bo‘ladi».

Ushbu hadisdan shu narsa ko‘rinib turibdiki, Alloh shaytonlar va isyonchi jinlarni zanjirband qilish bilan bandalariga ushbu ulug‘ marosimni ado etishlariga yordam berdi, mo‘minlarni O‘zining amrlariga itoat qilib, qaytariqlaridan chetlanishga undadi. Shu yo‘sinda, Ramazonni jannat darvozalari ochilib, do‘zax darvozalari yopiladigan itoat mavsumiga aylantirib qo‘ydi. Musulmonlardan kimda-kim bularni qilsa, Alloh amaliga qarab uning ajrini ziyoda qilaveradi. Darhaqiqat, hadisi qudsiyda bunday kelgan:

«كُلُّ عَمَلِ ابْنِ آدَمَ لَهُ إِلَّا الصِّيَامَ فَإِنَّهُ لِي وَأَنَا أَجْزِي بِهِ، وَالصِّيَامُ جُنَّةٌ، وَإِذَا كَانَ يَوْمُ صَوْمِ أَحَدِكُمْ فَلَا يَرْفُثْ وَلَا يَصْخَبْ، فَإِنْ سَابَّهُ أَحَدٌ أَوْ قَاتَلَهُ فَلْيَقُلْ إِنِّي امْرُؤٌ صَائِمٌ»

«Odam bolasining har bir qilgan amali o‘zi uchundir. Faqat ro‘za bundan mustasno. Chunki u men uchundir va uning mukofotini Men O‘zim beraman. Birortangiz ro‘za tutgan bo‘lsa, ayoliga yaqinlik qilmasin va baqirib-chaqirmasin. Uni birov so‘ksa yoki urishsa, men ro‘zadorman, deb aytsin».

Hatto mo‘min banda birovlar bilan janjallashish va behayo so‘zlarni so‘zlashdan uzoq bo‘lish bilan go‘yo farishta holatida bo‘ladi. Zero, quyidagi hadisda kelganidek, tutgan ro‘zasi u uchun qalqon bo‘ladi. Tabaroniy «Mo‘jamul avsat»da Abu Hurayra roziyallohu anhudan Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qilgan:

«الصِّيَامُ جُنَّةٌ مَا لَمْ يَخْرِقْهُ. قِيلَ: وَبِمَ يَخْرِقُهُ؟ قَالَ: بِكَذِبٍ، أَوْ غِيبَةٍ»

«Ro‘za qalqondir, agar uni yoqib yubormasa. Nima bilan yoqib yuboradi? deb so‘rashdi. Yolg‘on yoki g‘iybat bilan, dedilar». Bas, kim o‘zining tutgan ro‘zasi Allohga itoat etish va Unga xolis ibodat qilishga undovchi iymon bilan tutilgan ro‘za bo‘lishiga, shuningdek, riyo va nom chiqarishdan xoli, faqatgina ajri hisob kuniga zaxira bo‘lib qoladi degan umid bilan tutilgan ro‘za bo‘lishiga qattiq harakat qilsa, u mukofotga erishadi va uning o‘tgan gunohlari kechiriladi.

«مَنْ صَامَ رَمَضَانَ إِيمَاناً وَاحْتِسَاباً غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ»

«Kim Ramazonda iymon bilan va savob umidida ro‘za tutsa, o‘tgan gunohlari kechiriladi». Allohning mehribonligini qarangki, ramazon ro‘zasini tuta olmaydigan uzrli kishilar uchun ham xuddi iymon bilan, ajr umidida ro‘za tutgan kishilarning savobini beradi va o‘tgan gunohlarini kechiradi.

Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilingan hadisda u bunday deydi: Men Nabiy ﷺ bilan safarda edim, yo‘lda ketayotib ul zotga yaqinlashib qolibman. Shunda yo Rosululloh, meni jannatga doxil qiladigan va do‘zaxdan saqlaydigan biror so‘zni o‘rgating, dedim. Shunda ul zot marhamat qildilar:

«لَقَدْ سَأَلْتَنِي عَنْ عَظِيمٍ وَإِنَّهُ لَيَسِيرٌ عَلَى مَنْ يَسَّرَهُ اللَّهُ عَلَيْهِ؛ تَعْبُدُ اللَّهَ وَلَا تُشْرِكْ بِهِ شَيْئاً، وَتُقِيمُ الصَّلَاةَ، وَتُؤْتِي الزَّكَاةَ، وَتَصُومُ رَمَضَانَ، وَتَحُجُّ الْبَيْتَ، ثُمَّ قَالَ: أَلَا أَدُلُّكَ عَلَى أَبْوَابِ الْخَيْرِ؟ الصَّوْمُ جُنَّةٌ، وَالصَّدَقَةُ تُطْفِئُ الْخَطِيئَةَ كَمَا يُطْفِئُ الْمَاءُ النَّارَ»

«Mendan buyuk narsa to‘g‘risida so‘rading. Ammo u Alloh yengil qilgan kishi uchun yengildir: Allohga ibodat qilib, Unga hech narsani sherik qilmaysan, namozni barpo etasan, zakot berasan, Ramazon ro‘zasini tutasan, Baytullohni haj qilasan. Keyin yana aytdilar: Senga yaxshilik darvozalarini ko‘rsatmaymi? Ro‘za qalqondir. Sadaqa esa xuddi suv olovni o‘zchirgandek, gunohlarni o‘chiradi». Demak, kimda-kim ro‘za tutsa-yu, uning a’zolari ham ro‘za tutsa, ko‘zlari haromga qarashdan ro‘za tutsa, quloqlari yomon, behayo va bema’ni gaplarni eshitishdan ro‘za tutsa, tili ham Allohning zikri va haq so‘zdan boshqa narsalardan ro‘za tutsa, qo‘li harom kasb qilishdan ro‘za tutsa, oyog‘i harom va botilga yurishdan ro‘za tutsa, bas, uning ro‘zasi haqiqatda qalqon va himoya bo‘ladi. Bu taqvodor-muttaqinlarning amali bo‘lib, ular Allohdan qo‘rqadilar va halol qilgan narsasini halol, harom qilgan narsasini harom deb biladilar, Kitobi bilan hukm yuritib, Payg‘ambari ﷺning Sunnatlariga amal qiladilar. Zotan, ul zot Ummat himoyasi va uning ishining to‘g‘riligi haqida

«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan ximoyalaniladi», deganlar. Demak, xuddiki, ro‘za banda uchun qalqon va himoya bo‘lagani kabi, ortida turib jang qilinib, u bilan himoyalaniladigan xalifaning bo‘lishi ham Ummat uchun qalqon va himoyadir.

Ushbu hadisda Alloh nozil qilgan ahkomlardan boshqa qonunlar bilan hukm yuritadigan, kofirlarning «sunnat» va «shariat»iga ergashib, Rosululloh ﷺ keltirgan haq so‘zni tark etadigan bugungi kundagi hukmdorlarni emas, balki omonatni ado etadigan va Ummatga pand-nasihat qiladigan hukmdorning bo‘lishi lozimligiga ochiq da’vat bor. Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَنْ تُؤَدُّوا الْأَمَانَاتِ إِلَى أَهْلِهَا وَإِذَا حَكَمْتُمْ بَيْنَ النَّاسِ أَنْ تَحْكُمُوا بِالْعَدْلِ إِنَّ اللَّهَ نِعِمَّا يَعِظُكُمْ بِهِ إِنَّ اللَّهَ كَانَ سَمِيعاً بَصِيراً

«Albatta, Alloh sizlarni omonatlarini o‘z egalariga topshirishga va odamlar orasida hukm qilganingizda adolat bilan hukm qilishga buyuradi. Albatta, Alloh sizlarga eng yaxshi pand-nasihatlar qilur. Albatta, Alloh eshitguvchi, ko‘rguvchi bo‘lgan zotdir» [Niso 58]

Shunday ekan, har bir muslim va muslima Xalifalikni barpo etish uchun faoliyat olib borayotganlar bilan birgalikda ushbu qalqon imom-xalifani qoim qilish uchun harakat qilsin. Ummat farzandlari, xususan qo‘shinlari jiddiy amal bilan Allohga itoat qilib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun faoliyat qilayotganlarga nusrat-yordam bersin hamda o‘tgan e’tiborsizliklari uchun Alloh Azza va Jallaga tavba qilsinlar. Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ الَّذِينَ اتَّقَواْ إِذَا مَسَّهُمْ طَائِفٌ مِنَ الشَّيْطَانِ تَذَكَّرُواْ فَإِذَا هُم مُّبْصِرُونَ

«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» [A’rof 201]

Roya gazetasining 2023 yil 5 aprel chorshanba kungi 437-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.