Amerikaning Shomdagi malayi qonxo‘r rejim qachon ag‘dariladi?!

89
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerikaning Shomdagi malayi qonxo‘r rejim qachon ag‘dariladi?!

Ustoz Ahmad Hoj Muhammad

Voqea-hodisalarning tezlashishi yo sekinlashishidan, xabarlarning ko‘payishi yo ozayishidan qat’iy nazar, Shom ahli boshdan kechirayotgan vaziyat hamon bir xil-o‘zgargani yo‘q.

Gap shundaki, Amerika vaqtdan yutishga va Suriyadagi malay rejimining umrini uzaytirishga urinmoqda. Ishlar o‘zining Jenevada tuzgan rejasi bo‘yicha va BMTning 2254 sonli rezolyutsiyasiga muvofiq hamda o‘zining ko‘plab iflos uslublari bo‘yicha davom etishidan umid qilyapti. Biz uning ba’zilar yangilik, deb o‘ylayotgan yomon niyatli uslublaridan misol keltiramiz:

Jumladan: kuzatuv punktlari kabi qo‘zg‘olon ahli yo‘liga to‘siqlar qo‘yish, Rossiya-Turkiya patrul xizmatini harakatlantirish, vaqti-vaqti bilan ichki to‘qnashuvlar keltirib chiqarish, qonxo‘r rejimni xolis insonlar o‘qidan himoya qilish, turk rejimi va uning odamlari keltirib chiqarayotgan fitnalarga rozi bo‘lmayotganlar joniga qasd qilish, odamlarga tirikchiliklarida tazyiq o‘tkazib, ularning yarashuvga rozi bo‘lishlari uchun amaliy qadam sifatida o‘tish yo‘laklarini ochib berish.

Biroq, vaziyat o‘sha-o‘sha, yangilik yo‘q. Kurash hamon davom etmoqda, qo‘zg‘olon ahli o‘z maqsadlari tomon ketmoqdalar va rejimni ag‘darish maqsadlariga hali yetib kelganlari yo‘q. Ammo Amerika ham qo‘zg‘olon ishini yopish maqsadiga yeta olmadi. Berayotgan bayonotlaridan uning ojizligi va ishni malayi foydasiga hal etish istiqboli yo‘qligi ko‘rinib turibdi. Mana, BMTning Suriyadagi maxsus vakili Geyr Pedersen yaqinda «Suriya uchun keng ko‘lamli siyosiy yechim yaqin emas», deya bayonot berdi.

Ko‘pchilikni quyidagi savol ko‘p qiynamoqda: «Shom qo‘zg‘oloni o‘z qarorini qachon qayta qo‘lga oladi, qachon farzandlarimiz Alloh Taologa bergan ahd-paymonlarini qayta sodiq qolib, Amerika va u bilan til biriktirgan turk rejimi va ularning gumashtalari bilan bog‘langan iplarini uzadilar, qachon ularning fitna va makrlarini o‘zlarining bo‘g‘ziga qaytarib uradilar?!».

Amerika siyosatiga, Turkiya va xalqaro hamjamiyatning pozitsiyalariga ko‘z tikmoqning o‘zi dard va asli balodir. Chunki eng katta xato masalamizni va qo‘zg‘olonimizni birovlarning pozitsiyasiga bog‘layotganimizdir.

Hatto odamlarning «ahvolimizni taqdir o‘zgartiradi» yoki «imom Mahdiy tushib, Islomni tikkalaydi» yoxud «biror guruh chiqib rejimni ag‘daradi», deya kutishlari ojizlikdir. Mana shunday ojizlik madaniyati xalqaro hamjamiyat, degan narsaning hayosiz rasvo qilmishlarini yanada kuchaytirmoqda.

Aslida, savolimiz shuki, haq bayrog‘ini kim ko‘tarmoqda? Kim bizga qo‘zg‘olon boshidan hozirgacha xolis nasihat qilib keldi? Kim o‘z ahd-paymonlarini o‘zgartirmay sobit turib, bizni kufr loyihalarini parchalashga va buyuk Islom loyihasini barpo etishga yetaklamoqda?

Eng to‘g‘ri savol mana shu. Chunki Rosululloh ﷺ quyidagi hadislarida bizga tashabbusni o‘rgatib, kutishdan qaytarganlar:

«بَادِرُوا بِالْأَعْمَالِ سَبْعاً: هَلْ تَنْتَظِرُونَ إِلَّا فَقْراً مُنْسِياً، أَوْ غِنًى مُطْغِياً، أَوْ مَرَضاً مُفْسِداً، أَوْ هَرَماً مُفَنِّداً، أَوْ مَوْتاً مُجْهِزاً، أَوْ الدَّجَّالَ فَشَرُّ غَائِبٍ يُنْتَظَرُ، أَوْ السَّاعَةَ، فَالسَّاعَةُ أَدْهَى وَأَمَرُّ»

«Ushbu yettita (balo-musibat) kelishidan oldin yaxshi amallarni qilishga shoshilinglar: (Toat-ibodatni) unuttirib qo‘yuvchi faqirlik, haddan oshirib yuboradigan boylik, (sog‘iligingiz va aqlingizni) buzuvchi kasallik, gaplaringizni ma’nosiz qilib qo‘yadigan keksalik, tasodifiy o‘lim, kutilayotgan narsalarning eng yomoni bo‘lgan Dajjol yoki (bu dunyo balolaridan ham) dahshatli va alamli bo‘lgan qiyomat soati». Zero, tashabbus mo‘mining sifatlaridan bo‘lib, ojizlik va kutish umidsizlik keltiradi. Alloh Taolo aytadi:

إِنَّهُ لَا يَيْأَسُ مِن رَّوْحِ اللَّهِ إِلَّا الْقَوْمُ الْكَافِرُونَ

«Allohning rahmatidan noumid bo‘lmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid bo‘lur» [Yusuf 87]

Darhaqiqat, Rosuli akram ﷺ Arab yarim orolini kufrdan Islomga inqilobiy ravishda o‘zgartirish bilan tashabbus ko‘rsatdilar. Abu Bakr siddiq G Payg‘ambarlik merosini va Islom davlatini saqlab qolish tashabbusini ko‘rsatdi… Umar foruq Rum va Forsdan iborat o‘z zamonining eng yirik imperiyalarini parchalash tashabbusini ko‘rsatdi… Salohiddin Ayyubiy muborak Aqso masjidini ozod etish tashabbusini ko‘rsatdi… Abu Ayyub Ansoriy Kanstantinopol devorlari ostida shahid bo‘lish tashabbusini ko‘rsatgan bo‘lsa, sulton Muhammad Fotih uni fath etish tashabbusini ko‘rsatdi… Bugungi asrda Shom ahli o‘z qo‘zg‘olonlari bilan tog‘utlar taxtini larzaga keltirish tashabbusini ko‘rsatdi!!

Bas, kim qamoqlardan asirlarni ozod etish tashabbusini ko‘rsatadi?!

Kim qonxo‘r rejimni ag‘darish va qurbonliklarni saqlab qolish tashabbusini ko‘rsatadi?!

Kim qo‘zg‘olon harakatini davom ettirish, uning qarorini qaytarib olish, o‘zgarmas maqsadlariga qattiq amal qilish va rejimni tubdan ag‘darish sari yo‘lni davom ettirish tashabbusini ko‘rsatadi?!

Qachon nufuzli kishilar da’vatni, qo‘zg‘olonchilarni va xolis mujohidlarni qabul qilish tashabbusini ko‘rsatadi?!

Qachon rostgo‘y insonlar Allohga suyanish hujjatlarini ko‘rsatib, unga tavakkal qiladilar, Uning arqonini mahkam tutib, Damashqdagi qonxo‘r rejimni ag‘darish harakatini boshlash tashabbusini ko‘rsatadilar?!

Qachon aqliraso insonlar zo‘ravon va xoin turk rejimining siyosiy yetakchiligini ortlariga uloqtirib, musulmonlar aqidasidan balqib chiqqan loyihaga ega va Ummatni qizg‘anadigan, uning qurbonliklarini himoya qiladigan xolis ongli siyosiy yetakchilikka ergashish tashabbusini ko‘rsatadi?!

Qachon shu savollarga javob bo‘lsa, biz nusrat yo‘lida ketyapmiz, deyishga haqli bo‘lamiz. Shuning uchun har bir tomon o‘z vazifasi bilan shug‘ullanmog‘i, o‘z javobgarligini zimmasiga olib, voqea-hodisalarni yaratmog‘i, ularni kuzatish bilan kifoyalanmasligi, kerak. Ana shunda Allohning va’dasi amalga oshadi, o‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida Allohning hokimiyati barpo bo‘ladi.

وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا فِي الْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ الْوَارِثِينَ

«Biz yer yuzida xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni peshvo zotlarga aylantirishni va ularni vorislar qilishni istaymiz» [Qasos 5]

Roya gazetasining 2023 yil 22 mart chorshanba kungi 435-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.