Bunday quruq shiorlar, konferentsiyalar va yurishlar soyasi ostida, Falastin to xaloskor kelib qutqarguniga qadar, bosqinchilikda qolaveradi!

18
0

Matbuot bayonoti

Bunday quruq shiorlar, konferentsiyalar va yurishlar soyasi ostida, Falastin to xaloskor kelib qutqarguniga qadar, bosqinchilikda qolaveradi!

Yamanning Sanʼo va boshqa koʼplab shaharlari hijriy 1445 yil 26 ramazon, milodiy 2024 yil 6 aprel juma kuni xalqaro Quddus kuni munosabati bilan ommaviy yurishlarga guvoh boʼldi.

Quddus kuni baʼzilar oʼylaganidek Masjidul Аqso va Quddusni yahudiylar iflosligidan ozod qilish kuni emas! Quddus kunini har yili nishonlash boshlaganiga qariyb ellik yil boʼldi, lekin dunyo faqat yurishlarga guvoh boʼlmoqda!

1979 yilda Xumayniy goʼyoki «safarbar qilish, namoyish qilish va Ummat ongini oʼstirish» maqsadida ramazon oyining oxirgi jumasini Xalqaro Quddus kuni (Forscha: ruz jahoni Quds) deb eʼlon qildi. Sosoniy zardushtiylar ham fors yangi yili va navroʼz bayrami oldidan yilning oxirgi chorshanba kuni kechqurun S harfi bilan boshlanadigan yettita asosiy taom tayyorlanishidan oldin, kasallikdan xalos boʼlish uchun olov yoqib, ustidan sakrashardi!

Gʼayrimisulmonlar ham va hatto yahudiy vujudi ham Xalqaro Quddus kunini nishonlaydi. Yahudiylar Sharqiy Quddusning 1967 yilgi spektakl urushidan keyin anneksiya qilinganini nishonlash uchun Quddus kunini milliy bayram deb eʼlon qilishgan. Xalqaro Quddus kuni Eronda fors taqvimiga koʼra yangi yil boshlanishini bildiruvchi navroʼz kabi rasman dam olish kuni emas. Quddus kuni oʼqituvchilar kuni, xotin-qizlar kuni, koʼchat ekish kuni kabi BMT tomonidan nishonlanadigan va dunyo boʼylab har yili maʼlum oylarda oʼtkazishga chaqiriladigan bayramlardan biridir. BMT kun bilan tun teng boʼlgan navroʼzni rasmiy bayram kuni sifatida qabul qilib, uning xalqlar va turli jamoalar oʼrtasida madaniy xilma-xillik va doʼstlikni mustahkamlashga hissa qoʼshishda YuNESKO konventsiyalari bilan chambarchas bogʼliqligini taʼkidlab keladi!

Bu yil ramazonning yigirma toʼrtinchi kuni «Falastin Ummatning markaziy masalasi» nomi ostida konferentsiya oʼtkazildi. Yamanning Sanʼo shahrida ikkinchi marta oʼtkazilayotgan ushbu konferentsiya Tehronda bir necha yildan beri har yili oʼtkazib kelinadigan «Falastin intifozasini qoʼllab-quvvatlash xalqaro konferentsiyasi» bilan bir xildir.

Husiylar odamlar koʼnglidan joy olish hamda oʼz izdoshlari Quddusni ozod qilish maqsadida yoʼlga chiqqanliklariga odamlarni ishontirish uchun bunday «millionlar yurish»larini va turli xil konferentsiyalarni tashkil qilib kelishmoqda. Bular quruq shiorlardan boshqa narsa emas. Xoʼsh, Islom ularning Yamandagi boshqaruvlarining qaeridan joy olgan? Kim Islom shiorini koʼtarib, Falastin va boshqa yerlarda Islom masalasiga yordam berishni daʼvo qilayotgan boʼlsa, avvalo soʼz va amalda Islomni tatbiq qilishi kerak.

Tarixdan maʼlumki, Ibn Аlqamiyning roli moʼgʼul tatarlarning musulmon yurtlarni ishgʼol etishlariga yordam berishdan iborat boʼlgan. Bugun ham Gʼarb oʼzining Islomga qarshi urushdagi gʼarazli rejalari doirasida ayni shu rolni jonlantirmoqchi boʼlyapti. Masalan, Xurmuz va Bobul Mandab boʼgʼozi hamda Аrab dengizi va Qizil dengiz ustidan toʼliq nazorat qilish huquqini Farovonlik koalitsiyasiga berish maqsadida Quddus kuni bayramlari va Quddus konferentsiyalarini oʼtkazish ortida turgan Eron yetakchiligidagi «qarshilik oʼqi» uchun u bilan Farovonlik koalitsiyasi oʼrtasida mintaqaviy urush alanga olishini rejalashtirishi ham ayni shu rol doirasiga kiradi. Chunki kofir Gʼarb Islomning hokimiyatga kelishini oldini olish va musulmon yurtlarini malay hukmdorlar zoʼravonligi ostida ushlab turish uchun eng samarali usullarni qoʼllamoqda. Odamlarni mazhabparastlik va boshqa masalalar bilan band qilib, oʼz dinlari va real masalalaridan chalgʼitmoqda. Falastin «qarshilik oʼqi» deb atalayotgan narsa uchun quruq shiordan iborat. Darhaqiqat, Аli Xomanaiy «bugun Eron oʼzini tiklash jarayonida. U Hamas nomidan Isroil bilan urushga kirishga tayyor emas», dedi.

Kim «Qarshilik oʼqi»ni fosh etsa, shuning oʼzi yetarli, demaslik kerak. Bunday deyish notoʼgʼri. Chunki qolgan hukmdorlar, masalan, Turkiya, Fors koʼrfazi, Misr va boshqa islomiy yurtlardagi hukmdorlar, har biri boshdan oyoq malaylikka botishgan. Biz musulmonlar masalasini sotayotgan va kofir Gʼarb bilan doʼstlashayotgan har birini fosh etamiz hamda musulmonlarni Islom davlatini barpo etishga ochiq daʼvat qilamiz. Chunki ushbu davlatgina ichkarida Islomni tatbiq qilib, tashqarida uni butun olamga hidoyat va nur sifatida olib chiqadi, musulmonlar oʼrtasidagi chegaralaru toʼsiqlarni yoʼq qiladi, malay hukmdorlar va ularning gumashtalarini axlat jarligiga uloqtirib tashlaydi.

Yaman ahli kofir Gʼarbning bu rejalariga qarshi tura olmaydi. Tura olishi uchun albatta Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishi lozim. Zero, Xalifalik davlati Uqob bayrogʼini baland koʼtarib, bunday nopok rejalarga qarshi turadi va bosib olingan islomiy yurtlarimizni ozod etadi.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡ﴾

«Ey moʼminlar, Аlloh va Uning Paygʼambari sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar»                                                                                       [Аnfol 24]

Hizb ut-Tahrirning Yaman

viloyatidagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.