Tahriri Shom hibsxonasidagi o‘g‘irlangan birodarlarga yordam berish uchun G‘arbiy Halab atrofida katta norozilik namoyishlari o‘tkazildi

131
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tahriri Shom hibsxonasidagi o‘g‘irlangan birodarlarga yordam berish uchun G‘arbiy Halab atrofida katta norozilik namoyishlari o‘tkazildi

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati radiosining 2023 yil 2 fevral payshanba kungi xabariga ko‘ra, chorshanba kuni G‘arbiy Halabning Sahora qishlog‘ida Tahriri Shom hay’ati razvedkasi hibsxonasida qolayotgan birodarlarga yordam berish uchun norozilik namoyishi o‘tkazildi. Namoyishchilar plakatlar ko‘tarib chiqib, faollardan biri Fodiy Abud bilan Ali Solihlarning ozod etilishini talab qildilar. Bu ikki yigit Idlibda qonxo‘r rejim bilan yarashishga nisbatan norozilik sifatida o‘tkazilgan namoyishda qatnashishlari ortidan o‘g‘irlab ketilgan edi. 3 fevral kuni ayni qishloqda ayollar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ular ham Tahriri Shom hibsxonalarida qolayotgan yaqinlarining ozod etilishini talab qildilar hamda o‘z qo‘zg‘olonlariga qarshi til biriktirgan turk rejimining qonxo‘r rejim bilan yarashish harakatlariga norozilik izhor etdilar.

Roya gazetasining 2022 yil 8 fevral chorshanba kungi 429-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.