Avn Dadat o‘tish punktini ochishdan maqsad, Ummatning Shom to‘g‘uti bilan ochiq yarashishga naisbatan qanday reaksiya bildirishini tekshirishdir

80
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Avn Dadat o‘tish punktini ochishdan maqsad, Ummatning Shom to‘g‘uti bilan ochiq yarashishga naisbatan qanday reaksiya bildirishini tekshirishdir

«Suriya muvaqqat hukumati» o‘zi nazorat qilayotgan hudud bilan Halab shimolidagi Suriya Demokratik Kuchlari nazorat qiluvchi hududlar o‘rtasini bog‘lovchi Avn Dadat o‘tish punktini ochganini e’lon qildi. «Harbiy politsiya» Jarablus shahri bilan Manbij shaharlari o‘rtasidagi ushbu o‘tish joyidan odamlarning o‘tishini ta’minlash uchun bir qator shartlar qo‘ydi.

Avn Dadat o‘tish punktini ochish bir muncha kechikib, bugun ochildi va buning uchun shartlar qo‘yildi… Bundan maqsad, odamlar reaksiyasini sinab ko‘rish va Shom tog‘uti bilan munosabatlarni normallashtirishga qanday qarashlarini o‘lchash va kelgusida u bilan yarashish sari qadamma-qadam yurish uchun zamin tayyorlashdan iborat. Ya’ni odamlarni falaj qilib, yirik davlatlarning Suriya rejimini himoya qilish va zaif ahvoldaligiga qaramay ag‘darilishdan saqlab qolish kabi manfaatlarini amalga oshirishni ko‘zlashmoqda. Bu ishga turk rejimi bosh-qoshlik qilmoqda. U Amerika manfaatiga xizmat qilgan holda, ayni rejani Suriyadagi hukumatlar va jangchi guruh rahbarlari doxil o‘zining odamlari orqali bajaryapti. Normallashtirish yo‘laklari ochilishiga sukut qilishning qo‘zg‘olon va qo‘zg‘olonchilarga nisbatan jiddiy oqibatlari mavjud bo‘lib, bu narsa mayda sotqin yetakchilarning katta sotqin yetakchi (turk rejimi) rejalariga yordam berish uchun shaxdam qadamlar tashlashlariga sabab bo‘ladi. Turk rejimining rejasi esa, avvalo qonxo‘r rejimga nazoratidan tashqaridagi qolgan yerlarni ham topshirish, so‘ng uning uzilayotgan jonini qutqarib qolishdir. Shu bois, barchaning vazifasi bunday mayda qadamlarga kattalashib ketishidan oldin qarshi turish va qo‘zg‘olonga burnini suqayotgan har bir tomonni quvib chiqarishdan iborat. Chunki qo‘zg‘olonga yetakchilikni da’vo qilayotganlar bu ishga loyiq emaslar. Ular turkiyalik xo‘jayinlariga tiz cho‘kib itoat qilishayotgani sababli qo‘zg‘olon taqdirini ularga qo‘yib berib bo‘lmaydi. Ular turk rejimining barcha buyruqlarini qilishga tayyor. Hatto ish Asad to‘dasiga qo‘shilib, qo‘zg‘olonni yo‘q qilishni taqozo etsa, buni ham qilishdan tap tortishmaydi. Malay rejimlar va jangchi guruh rahbarlari qo‘zg‘olonni bo‘g‘izlash uchun Shom ahliga kechayu kunduz makr qilishmoqda. Rostgo‘y xolis ahrorlarga kelsak, ularning zimmasida bunday tashlangan qadamga qarshi chiqib, qadam sohiblarini fosh etish, turk yarashuvidan poklanish va jiddiy jamoiy harakat qilish vazifasi turibdi. Toki, ushbu harakat bilan turk rejimi ishlarini barbod etib, uning qo‘zg‘olon taqdiriga uzatgan qo‘llarini qirqib tashlasinlar hamda qo‘zg‘olon oldidagi yo‘lni qayta ochib, rejimni ag‘darish va Islom boshqaruvini barpo etishdek maqsadiga qayta yetaklasinlar.

Roya gazetasining 2022 yil 8 fevral chorshanba kungi 429-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.