Korona krizisi bilan Ramod yili (qahatchilik) o‘rtasida kapitalizmning omadsizligi, Islomning esa yaroqliligi ko‘rindi

358
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Korona krizisi bilan Ramod yili (qahatchilik) o‘rtasida kapitalizmning omadsizligi, Islomning esa yaroqliligi ko‘rindi

Bugun xoh taraqqiy topgani bo‘lsin, xoh qoloq bo‘lsin, kapitalistik ilmoniy davlatlarning aybi ochildi… sog‘liqni saqlash masalasida ularning juda zaif ekanligi, iqtisodiy yordamda omadsizligi fosh bo‘ldi. Agar biz Islomiy davlatdagi iqtisodiy siyosatda Islomning nimalarni talab qilganini o‘rganadigan bo‘lsak, shunga guvoh bo‘lamizki, davlat o‘z fuqarolaridan har birining asosiy ehtiyojlarini ta’minlanishiga kafil bo‘ladi. Garchi davlat shaxslar qiladigan ish bilan shug‘ullanmasa-da, ammo qachon ular ojiz bo‘lsalar ularning ishi bilan albatta shug‘ullanadi. Masalan, bugungi kundagi koronavirus sababli joriy qilingan karantin vaziyati ko‘pchilik shaxslarni tirikchilik qilib o‘zlarini ta’minlashdan ojiz qilib qo‘ysa, shu erda bevosita davlat barcha munosib uslublarni qo‘llab, ularning asosiy ehtiyojlarini to‘la ta’minlaydi. Xuddi shuningdek, Islom davlati yuqumli kasallik yuzaga kelgan vaqtda shariat ahkomlariga binoan sog‘liqni saqlash va protseduralarni olib borish barobarida, har bir shaxsning ham tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va ham davolanishini o‘z zimmasiga oladi.

Islomiy davlatning ayni siyosati bir hukumat programmasi emas. Balki u shariat ahkomlari belgilab bergan barqaror-o‘zgarmas siyosatdir. Bu siyosat bugun fikriy va siyosiy taklif bo‘lib turgan bo‘lsa-da, ammo boshdan kechirayotganimiz kapitalizm zulmatidan farqli o‘laroq, o‘tmishda u nurafshon voqelik bo‘lgan.

Darhaqiqat, Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning zamonida qattiq qahatchilik bo‘ldi. Ramod yili, deb atalgan ushbu qurg‘oqchilikda ekinzor va o‘simliklar quridi, chorvalar halok bo‘ldi. O‘shanda Madinadagi Umar roziyallohu anhuning oldiga atrofdan va cho‘llardan odamlar keldi. Ular bunga davlat mas’ul, deb bilganliklari uchun ham kelishdi. Imom-xalifa boshqaruvchi, ular uchun javobgar, ular davlatning farzandlari, davlat ular ustidan zo‘ravon emas, deb hisoblaganliklari sababli kelishdi. Ular ko‘pchilik edi. Har kuni Madinada o‘n minglab odamga ovqat qilinar va bu ishlarning barchasini Umar roziyallohu anhu batafsil nazorat qilib borar edi. U viloyatlarni bu ishga safarbar qildi va u erdagi voliylari barcha kerakli oziq-ovqatlarni keragicha, keragidan ham ortiq qilib jo‘natib turdilar. Nihoyat krizis aridi va odamlar uylariga qaytar ekanlar qo‘llarida kifoya qilgudek narsalar olib ketishdi. Bularning barchasi shariat ahkomlari talab qilgan ishlarning amaliy tatbiqi bo‘lib, bu qachon odamlar ojiz qolsalar ularning ehtiyojlarini qondirishga ham, iqtisodiy krizis paytida kerakli resurslarni ajratishga ham, davlat javobgar, degan talabdir. Vabo kasalligi tarqalgan paytda karantinga olish ham shariat ahkomlari talab qilgandek krizisni epidemik sanitariya choralaridan biri bo‘lgan. Shuning uchun ham bugungi kunda Islom davlati (Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati) insoniyatning farovon hayot kechirishi uchun zaruratdir, shuningdek, shariat nususlarida qayd etilgan shar’iy vazifa hamdir.

Roya gazetasining 2020 yil 1 aprel chorshanba kungi 280-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.