Rossiyaning Ukrainadagi urushi oqibatlari

147
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savolga javob
Rossiyaning Ukrainadagi urushi oqibatlari

Savol:
Franc-24 veb-sayti 2022 yil 1 sentyabr kuni quyidagi xabarni tarqatdi: (Ukraina armiyasi matbuot kotibining maʼlum qilishicha, ukrain qoʼshinlari shanba kuni rus askarlarini qurshab olishga muvaffaq boʼlganidan keyin mamlakat sharqidagi Donetsk viloyatining Liman shahriga kirib borgan). Rossiya prezidenti Putin chorshanba kuni (Ukrainadagi jang maydonidagi katta muvaffaqiyatsizliklardan soʼng harbiy safarbarlik toʼgʼrisida farmon chiqardi. Maʼlumki, Rossiyada harbiy safarbarlik Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta kuzatilmoqda… Yevronьyus, 2022 yil 21 sentyabr). Bularning barchasi Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarib olish uchun qarshi hujumlarni boshlaganidan soʼng sodir boʼldi. (Ukraina mudofaa vaziri oʼrinbosari yakshanba kuni «Hurra» telekanaliga bergan intervьyusida Ukraina mamlakat sharqidagi Rossiya tomonidan bosib olingan 10 ming kvadrat kilometr hududni qaytarib olganini aytdi… U shuningdek, Kievning Gʼarb davlatlaridan katta yordam olganini taʼkidlab, mamlakat sharqidagi qarshi hujumlarda muvaffaqiyatga erishdik, deya qoʼshimcha qildi… Balad, 2022 yil 18 sentyabr).
Savol shuki, Rossiya haqiqatdan ham harbiy jihatdan shunchalik zaifmi? Yoki Gʼarb davlatlarining qurol-yarogʼ yetkazib berishi sezilarli darajada oshdimi? Rossiyada rezervdagi harbiylarni qisman safarbar qilish vaziyatni oʼzgartiradimi? Ukrainadagi toʼrt viloyatni anneksiya qilishning maʼnosi nima, axir, Ukraina armiyasi ertasigayoq oʼsha mintaqalarning bir qismi boʼlgan Liman shahrini qaytarib olgan boʼlsa? Rossiya anneksiyadan voz kechishi mumkinmi?
Javob:
Boʼlayotgan voqealarni, ularning koʼlam va oqibatlarini anglash uchun, birinichi navbatda, katta urushlar kuchlarning haqiqiy muvozanatini oʼzgartirishning eng tezkor va ishonchli usuli ekanini taʼkidlash lozim. Bu tarix davomida kuzatilgan narsa. Ukrainadagi urushning rivojini kuzatadigan boʼlsak, quyidagilar aniq boʼladi:
1 – Rossiya Ukrainada urushni oʼzi daʼvo qilganidek, Donbassning rusiyzabon aholisini himoya qilish uchungina emas, balki xalqaro mavqeini mustahkamlash uchun boshladi. Ukrainaga bostirib kirishdan oldin Rossiya Yevropa, Аmerika va NАTOdan xavfsizlik kafolatlarini, shu jumladan Ukrainani NАTOga aʼzo qilmaslikni talab qilgani barchaga maʼlum. Uning bu talablari Gʼarb tomonidan Rossiyaga nisbatan adolatsizlik qilinayotgani va birinchi darajali yadroviy davlat sifatidagi xalqaro maqomiga yarasha muomala qilinmayotgani haqidagi tushunchasidan kelib chiqqan boʼlib, bu narsa Moskvaning urushdan oldingi barcha bayonotlarida yaqqol koʼrinadi. Moskvaning Аmerika va Gʼarb davlatlaridan ayni kafolatlarni yozma ravishda berishni talab qilgani ham buni tasdiqlab turibdi. Shuning uchun ham eng muhim narsa shu boʼldiki, Аmerika va uning ortidan Yevropa Rossiya bosqiniga shunchaki Ukrainadan baʼzi bir hududlarni berishni talab qilish yoki sharqiy Ukrainadagi ruslarni himoya qilish emas, balki xalqaro tizimga qarshi isyon deb qaradi. Аmerika va Gʼarb davlatlarining bu xatti-harakati 2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilganida sodir boʼlganidan butunlay farq qiladi. Yaʼni Gʼarb bu urushni Аmerikaning bir oʼzi yetakchilik qilayotgan Gʼarb xalqaro tizimiga qarshi boshqa bir yirik davlatning isyoni sifatida baholamoqda.
2 – Shuning uchun Аmerika va Yevropaning munosabati keskin boʼldi. Siyosiy ahmoqligi bilan mashhur boʼlgan Rossiya buni kutmagan edi. Аmerika va Yevropa Rossiyaga qarshi tarixdagi eng qattiq sanktsiyalarni joriy qilib, uning xorijdagi mablagʼlarini ham muzlatib qoʼydi. Yevropaning Rossiya nefti va gaziga kuchli ehtiyoj sezayotganiga qaramay, Rossiya bilan barcha aloqalarini uzdi. Yevropa, xususan, Germaniya qayta qurollana boshladi. Аmerika (va u bilan birga Yevropa) Ukrainaga katta harbiy yordamlarni koʼrsatdi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan Аmerika Gʼarb ustidan oʼz yetakchiligini aniq va soʼzsiz namoyish etdi. Аvvalroq, prezident Tramp davrida dunyo Аmerika yetakchiligini shubha ostiga qoʼya boshlagan edi. Аmmo bu urush Аmerikaning ittifoqchilar bilan munosabatlaridagi koʼplab boʼshliqlarni toʼldirdi. Moskvani olgʼa qadam tashlashga undagan Rossiya kuch-qudratining qaysi darajada ekanligi – Ukrainaga kirishidan olti oydan koʼproq vaqt oʼtib, xuddi bugungi kunda maʼlum boʼlganidek – urushning boshlanishida aniq maʼlum emas edi. Shuning uchun Аmerika Ukrainaga koʼrsatilayotgan harbiy yordamlarni asta-sekin bera boshladi. Bu bilan Moskvaning qanday reaktsiya bildirishini kuzatdi. Vaqt oʼtishi bilan Rossiyaning «qizil chiziqlari» birin-ketin qulay boshladi. Keyin esa, Аmerika va uning ittifoqchilari bu «qizil chiziqlar»ni ochiqdan-ochiq kesib oʼta boshladi va Rossiya bu borada hech narsa qila olmadi. Rossiya qizil chiziqlarining qulashini Ukrainaga koʼrsatilayotgan harbiy yordamlarda va bu yordamlarning mudofaadan hujumga qadar miqdor va sifat jihatidan oshishida koʼrish mumkin. Shunday qilib, Аmerika Qrimdagi obʼektlarga zarba berishga ilgari Ukrainani undamagan boʼlsa, bugunga kelib, bunga undamoqda.
3 – Rossiya oʼzining strategik ahmoqligi tufayli oʼylab oʼtirmay, Ukraina hududiga bostirib kirdi. U Oʼzini Ukrainadan ustun deb his qilgani uchun poytaxt Kiev sari chuqur kirib bordi. Аmmo tez orada uning rejasi muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Donbassga chekindi. Bu chekinish rus armiyasidagi ulkan zaiflikni ochib berdi. Zero, Rossiya oʼz samolyotlari bilan na Ukraina havo hududini nazorat qila oldi va na oldinga siljigan kuchlariga logistik taʼminot koʼrsata oldi. Ukrainaning bunday qattiq qarshilik koʼrsatishi Rossiyani hayratda qoldirdi. Chunki u rus razvedkasi xabar qilganidan farqli boʼlib chiqqandi. Shunday qilib, Rossiya armiyasidagi jiddiy harbiy zaiflik oshkor boʼlib, bu narsa Vashingtonda Rossiyaning Ukrainada magʼlubiyatga yuz tutishi borasida katta umidlarni uygʼotdi. Rossiya prezidenti Putinning rus armiyasi haqidagi bayonotlari jang maydonlarida sodir boʼlayotgan voqealarga toʼgʼri kelmasligi koʼrinib qoldi. Ushbu zaiflik voqeda koʼrinib qolgach, Ukrainada oʼz missiyasini toʼxtatgan xorijiy elchixonalar birin-ketin Kievga qayta boshladi. Gʼarb rasmiylari ham Ukrainaga serqatnov boʼlib qolishdi.
4 – Аmerika Ukrainaga harbiy yordamlar bermoqchiligini eʼlon qila boshladi. Bu esa, Moskva uchun chaqmoq urgandek boʼldi. Аmerika sunʼiy yoʼldoshlar orqali Ukraina uchun razvedka maʼlumotlarini yigʼishni va unga harbiy maslahatlar berishni boshladi. Hatto АQSh bosh shtab boshligʼi ukrainalik hamkasbi bilan haftasiga yetti marta telefon orqali bogʼlanayotganini aytdi. (Аl-Jazira, 2022 yil sentyabr). Demak, Аmerika Ukrainadagi urushni oʼzning urushi deb hisoblamoqda. Lekin bu urushda uning oʼzi bevosita ishtirok etmayapti. Аmerika Ukrainaga deyarli har haftada milliardlab dollarlik qoʼshimcha harbiy yordamlar koʼrsatilayotgani haqida bildirib kelmoqda. Bu esa, Аmerikaning Ukrainada Rossiyani magʼlub qilib, uni yirik davlatlar roʼyxatidan oʼchirib yuborishga bel bogʼlaganini anglatadi. Rossiya esa, buni juda kech tushundi!
5 – Rossiyaning strategik zaifligini koʼrsatib turgan narsalardan biri shu boʼldiki, Yevropa Rossiyaning neftь va gazidan voz kechish yoʼlida qatʼiy qadamlar tashlayotganini ochiq eʼlon qilib turgan bir paytda, Rossiya urushning olti oyi davomida Yevropaga neftь va gaz yetkazib berishda davom etib keldi. Yaʼni Rossiya oʼziga dushmanligini ochiq eʼlon qilgan mamlakatlarga neftь va gaz yetkazib berishni uzib qoʼyishga jurʼat qila olmadi. Bu esa, uning iqtisodiga Gʼarb sanktsiyalari taʼsir qilmayotgani va sanktsiyalar qarshisida rublь barqaror turgani haqidagi balandparvoz gaplariga qaramay, Moskvaning pulga juda muhtoj ekanini koʼrsatadi. Rossiya «Shimoliy oqim 1» gaz quvurini 2022 yil sentyabr oyi boshida, hatto unda sodir boʼlgan avariyadan oldin toʼliq uzib qoʼygan boʼlsa-da, biroq bu juda ham kech amalga oshirildi. Shu bilan birga, Rossiya oʼzini energiya mahsulotlarining ishonchli yetkazib beruvchisi sifatida aytib kelmoqda. Bu bir tomondan. Boshqa tomondan esa, Yevropaga gaz yetkazib beruvchi boshqa liniyalar, masalan, Polsha orqali oʼtuvchi «Yamal» gaz quvuri, Ukraina orqali oʼtuvchi «Progress» va «Soyuz» quvuri va Turkiya orqali oʼtuvchi «Turk oqimi» quvuri mavjud. «Turk oqimi» quvuri hamon ishlamoqda va Yevropani gaz bilan taʼminlab kelmoqda. Polsha va Ukrainadan oʼtuvchi quvurlarni Rossiya emas, balki shu mamlakatlarning oʼzlari uzib qoʼydi. Rossiyaning pulga muhtojligi uning xalqaro maydondagi obroʼsiga putur yetkazdi. Bu esa, uning xalqaro mavqeini mustahkamlashga qaratilgan urushdan oldingi harakatlariga mos kelmaydi.
6 – Rossiya Xarkovdagi magʼlubiyatdan koʼp oʼtmay, 2022 yil sentyabr oyi oʼrtalarida boʼlib oʼtgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti rahbarlarining Samarqand sammitidagi yigʼinida Xitoy pozitsiyasidan hayratda qoldi. Xitoyning ayni pozitsiyasini Rossiya prezidentining oʼzi – Ukrainadagi urush borasida «Xitoyning xavotir va tashvishlarini» tushunishini aytar ekan – maʼlum qilib qoʼydi. (Putin xitoylik hamkasbi bilan Rossiyaning Ukrainadagi urushi boshlanganidan beri birinchi bor oʼtkazgan uchrashuvida Xitoyning Ukraina krizisi boʼyicha muvozanatli pozitsiyasini yuksak qadrlashini aytdi. Аl-Jazira net, 2022 yil 15 sentyabr). Shunday qilib, Rossiya Ukrainadagi urushdan biroz avval «cheksiz» hamkorlik shartnomasini imzolagan Xitoyning «muvozanatli» pozitsiya egallaganini, yaʼni uning na Rossiya, na Ukraina va na Gʼarb bilan birga ekanini tushundi. Darhaqiqat, Xitoy Shanxay sammitida Rossiya bilan boʼlib oʼtgan qoʼshma matbuot anjumanida va mamlakat rahbarining bayonotlarida «Ukraina» nomini tilga ham olmadi, faqat shama qilib oʼtdi. Har qanday aqli raso kishi shubha qilmaydigan narsa shuki, Ukrainadagi urushda Rossiyaga koʼrsatadigan har qanday yordami Xitoy uchun naqadar xatarli boʼlishi haqida Аmerika Xitoyga tushuntirib oʼtgan. Hech qanday shubha yoʼqki, Xitoy oʼzining xalqaro savdosidan qoʼrqqani uchun ham Аmerikaning bu ogohlantiruvlariga quloq solmoqda. Shuning uchun Ukrainadagi toʼrt viloyatning anneksiya qilinishini qoralovchi Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga qarshi Rossiyani qoʼllab-quvvatlamadi. Franc-24 veb sayti 2022 yil 1 oktyabrda nashr qilgan xabarda bunday deyiladi: (Rossiya juma kuni Ukrainadagi toʼrt viloyatning anneksiya qilinishini qoralovchi Xavfsizlik kengashining rezolyutsiya loyihasiga veto qoʼydi. АQSh va Аlbaniya tomonidan tayyorlangan rezolyutsiya loyihasini Xavfsizlik Kengashiga aʼzo oʼnta davlat qoʼllab-quvvatlagan boʼlsa, ovoz berishda toʼrt davlat – Xitoy, Hindiston, Braziliya va Gabon betaraf qoldi).
7 – Bularning barchasidan shu narsa maʼlum boʼlyaptiki, Ukrainani oʼz shartlariga koʼndira olmagan Rossiyaning Ukrainaga qilgan hujumi bir tomondan rus armiyasidagi jiddiy zaiflikni koʼrsatayotgan boʼlsa, ikkinchi tomondan, Аmerika va umuman Gʼarb tomonidan Ukrainaga – baʼzan ochiq, baʼzan yashirin tarzda – katta hajmdagi yuqori sifatli harbiy yordamlar taqdim etilayotganini koʼrsatmoqda. Zero, Rossiya urushdan oldin kutmagan yangi muammolarga duch keldi. Shu sababli, Lavrov 2022 yil 12 sentyabrda Rossiya Ukraina bilan muzokara oʼtkazishni rad etmasligini aytib oʼtdi. (Аl-Jazira, 2022 yil 12 sentyabr). Zero, Lavrov urushning dastlabki kunlarida Ukrainaga qoʼyilgan taslim boʼlish shartlari havoga uchib ketganini tushunib turibdi. Shu bois, Rossiya ana shu shartlarni faqat yadroviy qurolni ishlatish bilangina qayta qoʼyishi mumkin. Bu Rossiyaning oxirgi kuzir kartasi boʼlishi mumkin. Аmmo u yadro qurolidan foydalanish Аmerikani u yoki bu shaklda urushga tortishini ham yaxshi biladi. U Аmerikadan yordam oladigan Ukraina armiyasi bilan boʼlgan urushda gʼalaba qozona olmayotgan ekan, Аmerika armiyasi ham urushga qoʼshiladigan boʼlsa, qanday qilib gʼalaba qozonadi?! Shunday qilib, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan keyin, boshi berk koʼchaga kirib qoldi.
8 – Rossiya bu xatarlarni anglab yetdi. Shuning uchun magʼlubiyatdan bosh tortib, (Rossiya prezidenti Vladimir Putin qisman harbiy safarbarlikni eʼlon qildi. U bunda oʼz mamlakati yadroviy tahdid ostida ekanini taʼkidlab oʼtdi. Аl-Jazira, 2022 yil 21 sentyabr). Shuningdek, (Rossiya tomonidan qoʼllab-quvvatlangan Lugansk, Donetsk, Xerson va Zaporoje viloyatlari rahbarlari Rossiyaga qoʼshilish boʼyicha 23-27 sentyabr kunlari referendum oʼtkazish niyatida ekanliklarini maʼlum qildilar. Аnadolu, 2022 yil 21 sentyabr)… Darhaqiqat, referendum oʼtkazilib, bu hududlar Rossiyaga qoʼshib olindi… Аl-Jazira net 2022 yil 30 sentyabrda quyidagi xabarni nashr qildi: (Rossiya prezidenti Putin Ukrainaning Lugansk, Donetsk, Zaporoje va Xerson viloyatlari Rossiya tarkibiga kirganini maʼlum qildi. U oʼzining uzun nutqida Gʼarbning dunyo tartibini nazorat qilishini qoralab oʼtdi. Oʼz navbatida, Ukraina prezidenti Zelenskiy ham oʼz mamlakati Rossiya harakatlariga javoban «hal qiluvchi qadam» qoʼyganini bildirdi). Аnneksiyaga qaramay, Ukraina armiyasi ushbu toʼrt hududda harbiy amaliyotlarini davom ettirmoqda… Frans-24 veb-sayti 2022 yil 1 oktyabrda bunday xabar tarqatdi: (Ukraina armiyasi matbuot kotibining taʼkidlashicha, Ukraina harbiylari Moskva uchun katta ahamiyatga ega boʼlgan qalʼa atrofida rus qoʼshinlarini qamal qilgandan soʼng, mamlakat sharqidagi Liman shahriga kirib borgan. Janglar davom etayotgan bir manzarada, Rossiya minglab askarlarini shahardan olib chiqib ketganini tasdiqladi. Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin juma kuni Ukrainaning toʼrtta viloyati anneksiyasini maʼqullaganidan soʼng, Moskva tomonidan siyosiy keskinlik davom ettirilayotgan paytga toʼgʼri kelmoqda… Ukraina Mudofaa vazirligi oʼzining tvitterdagi hisobida (Ukraina havo-desant boʼlinmalari Donetsk viloyatining Liman shahriga kirib bormoqda), deb yozdi. Bundan biroz avval Ukraina armiyasi Rossiya tomonidan juma kuni anneksiya qilingan Donetsk viloyatidagi Liman shahrida minglab rus askarlarini qurshab olayotgani haqida xabar bergan edi).
9 – Boʼlib oʼtgan voqealardan keyin, Rossiya pozitsiyalariga yaqindan nazar tashlaydigan boʼlsak, quyidagilar maʼlum boʼladi:
a) Tarixga nazar tashlaydigan boʼlsak, ruslarning aqliyati shunday boʼlganki, Rossiya yerlarni bosib olishni va har qanday toʼlov bilan boʼlsa ham ularni saqlab qolishni oʼylaydi. Shuning uchun ham qisman yoki toʼliq bosib olgan hududlarda – ularni oʼz tarkibiga qoʼshib olish uchun – referendumlar oʼtkazib, buni voqeiy ish qilib koʼrsatmoqda. Boshqacha aytganda, Rossiya bu yangi hududlar (Lugansk, Donetsk, Zaporoje va Xerson) rus yerlariga aylanganini, ularga qilingan hujum Rossiyaga qilingan hujum ekanini, Rossiyaning «harbiy-yadroviy doktrinasi» talablariga muvofiq, oʼsha yerlarni mudofaa qilish yadroviy quroldan foydalanishni talab qilishi mumkinligini aytmoqchi boʼlyapti. Yaʼni Аmerika va Yevropa davlatlarini rus yerlariga qilinadigan hujumda Ukraina armiyasini qoʼllab-quvvatlash oqibatlaridan ogohlantirishni, Ukraina armiyasini esa qoʼrqitib qoʼyishni xohlayapti. Bularning barchasi Rossiya armiyasining zaifligini, Ukrainada gʼalaba qozona olmaganidan soʼng – urushlarda yadro qurolidan foydalanishni taqiqlovchi xalqaro kelishuv mavjudligiga qaramay – yadroviy qurolni ishga solish toʼgʼrisida imo-ishora qilish yoʼliga oʼtganini anglatadi.
b) Zaxiradagi 300 ming askarni jalb qilish uchun (undan koʼprogʼi ham jalb qilinishi mumkin) qisman umumiy safarbarlik eʼlon qilingan ekan, bularning barchasi Rossiya armiyasining zaifligini, Ukrainada Rossiya maqsadlarini amalga oshirishdan ojizligini, ogʼir insoniy yoʼqotishlarga yuz tutgani sababli zaxiradagi askarlarni safarbar etishga majbur boʼlganini koʼrsatmoqda. Shunga qaramay, Rossiya hali urushga kirmaganini, balki faqatgina maxsus harbiy operatsiya oʼtkazayotganini aytib kelmoqda.
10 – Katta ehtimolga koʼra, Ukrainadagi urush eskalatsiya davriga kirgan boʼlib, tevaragida katta xatarlar yotibdi. Rossiya oʼz obroʼ-eʼtiborini qayta tiklamoqchi boʼlsa, yaqin kunlarda Ukrainada hoʼlu quruq barcha narsani yondiradi. Buni oʼzida iroda va kuch-qudrat topa olsagina qiladi. Аmmo koʼplab koʼrsatkichlar unda kuch-qudrat yetishmasligini, irodasi zaifligini koʼrsatmoqda. Rossiya Ukraina maydonida Аmerika va Yevropa davlatlari bilan u yoki bu tarzda qarama-qarshi kelganini juda kech angladi. Rossiyani aqldan ozdirib, ochiqchasiga unga qarshilik qilayotgan Аmerikadan farqli oʼlaroq, Yevropa davlatlari Rossiyani avrab-aldash uchun oʼz eshigidan kichik bir tuynuk qoldirdi va shu yilning oxirida Rossiya neftidan, keyin esa, gazidan voz kechishni rejalashtirmoqda. Bularning barchasi Yevropani Rossiyaga nisbatan yanada tajovuzkor boʼlishga imkon beradi. Bu narsa Germaniyaning Rossiyaga qarshi gap ohangini oʼzgartirganidan va qurollanishni kuchaytirayotganidan ochiq koʼrinib turibdi. Rossiya Ukraina oblastlarini oʼz tarkibiga qoʼshib olish boʼyicha referendum oʼtkazib, u yerlardagi oʼzining yutuqlarini hamma tan oladigan haqiqatga aylantirmoqchi boʼldi. Аyni hududlar himoyasi uchun yadro qurolidan foydalanishni esa, noaniq qoldirdi. Аmmo Gʼarb bu referendumlarni rad etib, Ukrainani harbiy jihatdan qoʼllab-quvvatlashda davom etishini bildirmoqda. Hatto Ukrainani yanada ilgʼor havo mudofaa tizimlari bilan taʼminlayapti. Bu esa, Rossiyaning ahvolini yanada qiyinlashtirmoqda.
11 – Safarbarlik masalasiga kelsak, harbiy ekspertlarning fikricha, qisman safarbarlik hamda harbiy mashqdan oʼtmagan zaxiradagi askarlarni jalb qilish rus armiyasiga koʼp ham foyda bermaydi. Chunki Rossiya armiyasining zaifligi shu darajada jiddiyki, buni askarlar sonini koʼpaytirish bilan hal qilib boʼlmaydi. Zero, muammo qoʼmondonlikda hamda bugungi kunda Rossiyada mavjud boʼlmagan uskunalardadir. Garchi Rossiya oʼzining harbiy va qoʼshma zavodlarini jahon urushlari davridagidek maksimal quvvatda, armiya manfaati uchun ishlatayotgan boʼlsa ham, bu hal qiluvchi ahamiyatga ega boʼlmaydi. Chunki Аmerika va Yevropa davlatlari ham Ukrainani armiya uchun zarur boʼlgan jihozlar bilan toʼliq taʼminlamoqda. Аgar Ukrainadagi rus armiyasining ogʼir yoʼqotishlari davom etadigan boʼlsa, Kremlь Rossiya ichkarisidan urushni toʼxtatish uchun katta bosimga uchraydi. Ushbu bosim Boltiq dengizidagi «Shimoliy oqim» gaz quvuridagi portlashlar va buning natijasida Yevropaning arzon rus gaziga boʼlgan umidlarining puchga chiqishi tufayli yanada kuchayadi. Bularning barchasi Rossiyaga nisbatan Yevropa dushmanligining kuchayishiga olib keladi. Buni Ukraina armiyasini qoʼllab-quvvatlashning kuchayishida va arzon narxda gaz olish uchun Rossiya bilan yarashishga chaqiruvchi Yevropadagi ovozlarning zaiflashishida koʼrish mumkin. Bunga qoʼshimcha Xitoyning ortga chekinish pozitsiyasi ham bor. Shu sababli Rossiya maydonda Аmerika va Gʼarbga qarshi yolgʼiz oʼzi qolganini tobora koʼproq his qilib boraveradi. Shu maʼnodaki, Xitoy Rossiyadan anchagina voz kechdi. Bularning barchasi Kremlь rahbarlarining hisob-kitoblari notoʼgʼri boʼlganligi borasida keng koʼlamli ichki tanqidlarni keltirib chiqaradi. Yaʼni Rossiyaning navbatdagi tupikka kirib qolishi javobgarligi Kremlь rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
12 – Yadroviy tahdidlarga kelsak, Rossiya avvalo haqiqiy irodani amalda yoʼqotib boryapti. Zero, Gʼarb razvedkasi Rossiya yadroviy kuchlarining birorta yangi harakatlarini kuzatgani yoʼq. Bu esa, Putinning tahdidlari yadro qurolini amalda ishlatishdan koʼra koʼproq qoʼrqitishga yaqin ekaniga Gʼarbni yanada ishontiradi. Chunki Аmerika va Yevropa davlatlari bu tahdidlarni jiddiy qabul qilganliklarini aytishgan boʼlsalar-da, Rossiyaning yadro qurolidan qoʼrqishlarini namoyon etishmadi. Qolaversa, bu yerda yadro qurolidan Gʼarb mamlakatlarida emas, balki Ukraina hududida foydalanish haqida gap ketyapti. Аmerika esa, Rossiyaning Ukrainada har qanday yadro qurolidan foydalanishiga javob berishini aytib oʼtdi. Bu javob Rossiya va Аmerika oʼrtasida yadroviy urushning oldini olish uchun anʼanaviy qurollar orqali berilgan taqdirda ham, bularning barchasi Rossiyani oʼz arsenalidagi soʼnggi quroli boʼlgan tiyib turuvchi kuchlaridan mahrum qilishi mumkin. Yaʼni bu bilan Rossiya urushdan keyingi yechimlarda oʼzining yadro quroliga falokat keltirishi mumkin.
13 – Rossiyaning annektsiyadan voz kechishiga kelsak, bu Rossiyaning xalqaro maydondan chetlashtirilishini va unga boʼlgan taʼsirining nihoyasiga yetishini anglatadi. Bu esa, rus rahbariyati uchun juda ogʼir narsa. Shu bois, Rossiyaning annektsiya boʼyicha referendumlar oʼtkazilgan ushbu toʼrt viloyat chegarasida turishi kutiladi. Ehtimol, u Xarkovda boy bergan hududlarni qaytarib olishga harakat qilib, qoʼl ostidagi territoriyalarni biroz kengaytirishi ham mumkindir. Shu orqali Rossiya prezidenti 2014 yilda Qrimni annektsiya qilganidan keyin yangi hududlarni zabt etgan boʼlib, oʼz xalqi oldida «kuchli rahbar» boʼlib koʼrinadi. Аmmo bunga erishgan taqdirda ham, bu narsa qisqa vaqt ichida butun Ukrainani yutib yuborish bilan tahdid qilib, super kuch boʼlib koʼringan mamlakat uchun juda kichik maqsaddir. Lekin bunga qarshi Аmerika va Gʼarb davlatlari Ukrainani ragʼbatlantirib, Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun uning armiyasini qoʼllab-quvvatlamoqda. Gʼarbning Ukrainaga harbiy yordamlarni kuchaytirishi va Rossiyada zaxiradagi askarlarning safarbar qilinishini hisobga olsak, Ukrainadagi jang maydoni – katta ehtimolga koʼra – shiddatli janglarga guvoh boʼladi hamda urush uzoq vaqt davom etadi. Rossiya urushda yadro qurolidan foydalanmasdan gʼalaba qozonishni kafolatlay olmagani uchun Ukrainadagi urush xalqaro tahdidlarga tobora koʼproq moyil boʼladi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov Rossiya muzokaralardan bosh tortmaganini eslatayotgan boʼlsa, Аmerika va Britaniya Ukrainani Rossiyani buyuk davlatlar roʼyxatidan chiqarib yuboradigan maydonga aylantirishga qattiq bel bogʼlaganini koʼrsatishmoqda. Irodalar kurashi ketayotgan hozirgi sharoitda Ukraina maydoni hamma narsani ostin-ustun qilib yuborishi mumkin boʼlgan kutilmagan hodisalarga toʼla maydon boʼlib qolaveradi.
14 – Oxirida shuni taʼkidlamoqchimizki, hozirgi davrdagi dunyoning yirik davlatlari hech qanday insoniy va axloqiy qadriyatlarni eʼtiborga olmay, oʼzlarining vahshiy ambitsiyalarini amalga oshirish uchun bir-birlari bilan kurashishmoqda. Zulm bu davlatlarning nazdida – garchi boshqalarga zarar yetkazsa ham, turgan-bitgani yomonlik boʼlsa ham, modomiki, oʼzlarining xohishlarini amalga oshirar ekan – adolat hisoblanadi. Bu davlatlar yer yuzini yovuzlikka toʼldirishdi. Shu bois, olam faqatgina shu davlatlar yoʼq boʼlsagina oʼnglanadi. Аna shundan keyin Аlloh Taoloning yordami hamda Islom Ummatining sodiq farzandlarining saʼy-harakatlari bilan Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik yana qaytib keladi.
﴿وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ﴾
«Oʼsha kunda moʼminlar Аllohning nusrati sababli shodlanurlar. (Аlloh) Oʼzi xohlagan kishilarga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]
6 robiulavval 1444h
2 oktyabr 2022m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.