Masala Kampir-Obodda emas

144
0

Masala Kampir-Obodda emas

Qirgʼiziston va Oʼzbekiston hukumatlari oʼtgan yili chegarani belgilash boʼyicha kelishuvga erishganidan beri Kampir-Obod masalasi koʼtarib kelinadi. Аyniqsa, hozirgi vaqtda bu borada shovqin-suron choʼqqiga chiqib, boshqa masalalar ham uning atrofida yigʼilmoqda.
Xalqaro siyosat doirasida bu “oʼyin” Rossiya va АQShning Markaziy Osiyodagi taʼsir talashishiga borib taqaladi. Rossiya boʼysunmayotgan Qirgʼiziston hukumatini tiz choʼktirish, aks holda agʼdarib tashlash orqali barcha mintaqa hokimlariga tahdid qilmoqchi. Аmerika esa mintaqadan Rossiya taʼsirini surib chiqarish va Xitoyning oldini toʼsish uchun Markaziy Osiyoda beqarorlik keltirib chiqarishga va bu orqali chuqurroq kirib kelishdan manfaatdor. Shu borada mavjud imkoniyatlaridan foydalangan holda hamkorlik qilayotgan boʼlsa-da Qirgʼiziston hukumatini yarim-yorti xizmatidan qoniqmayapti. Shu sababli toʼliq xizmat qiladigan oʼz kadrlarini olib kelishga harakat qilmoqda.
Аyni paytda Qirgʼiziston hukumati siyosiy jihatdan АQShga, iqtisodiy jihatdan Xitoyga yuzlanib, Rossiya taʼsirini kamaytirish orqali oʼz hokimiyati uchun qulay sharoit yaratamiz deb oʼylagan edi. Biroq, muxolifat yetakchilari – har biri oʼz xoʼjayinlari buyurigʼiga muvofiq – bunga qarshi chiqdi. Ularning rossiyaparastlari ham, gʼarbparastlari ham hukumatga qarshi oʼzaro birlashishlari (manfaatlari toʼqnash kelgunga qadar) va xalqni koʼtarish uchun Kampir-Obodni “mavzu” qilib oldilar.
Kampir-Rabot mavzusi bu – chegara masalasidir. Chegara masalalari esa mustamlakachi kofirlar tomonidan sunʼiy yaratilgan. Masalan, 20-asr boshida Britaniya loyihasiga muvofiq Turkiston musulmonlari birlashib, ittifoqda ayirmachilik qilishlariga yoʼl qoʼymaslik maqsadida Sovet Ittifoqi ularni milliy asosdagi respublikalarga boʼlib tashladi. Bunga qadar, hatto chor Rossiyasi mustamlakasi ostida ham oʼrtalarimizda chegara mavjud boʼlmagan. Sovet ittifoqi parchalangach, Gʼarb mustamlakachilar Rossiyadan tortib olish oson boʼlishi uchun bu respublikalarga sohta mustaqillik berishdi. Shundan boshlab mustamlakachilarning mintaqadagi taʼsir talashishlarida – millatchilik va vatanparvarlik shiorlari ostida – chegara masalasi imperialistlar ishga soladigan “bomba”ga aylandi.
Bunday koʼrinish faqat Marakziy Osiyoga xos emas. Gʼarb imperialistlari musulmonlar zehniga millatchilik va vatanparvarlik fikrlarini singdirib, Islom davlatini qulatgach uning barcha yurtlarini bosib olishdi. Shundan beri musulmonlar oʼzaro chegara nizolarida yoqalashishadi va yana mustamlakachi kofirlar huzuriga vositachi boʼlishni soʼrab boradigan boʼlishdi.
Mana hozirgi chegara mojarolari paytida ham rasmiylar Moskva arxivlarini titkilashmoqda. Ular oʼz daʼvolariga dalil sifatida ittifoq xaritalarini olib kelishadi va “tarixda unday boʼlgan, bunday boʼlgan” deyishadi. Nima, undan boshqa tarix yoʼqmi? Nima uchun avvalgilari hisobga olinmaydi? Baʼzida “tarixiy vatan” haqida ham gapiradilar. U holda Rossiyaning sharqi turk xalqlariga berilishi kerak emasmidi? Аmerika esa indeetslar davlati boʼlishi kerak edi-ku… Bularning barchasi aldov va yolgʼondan boshqa narsa emas. Bugungi xaritalarda hech qanday tarix yoʼq, balki faqat imperialistlar chizgan chiziqlar bor xolos. Mana endi oʼsha imperialistlar yana oʼzaro koloniya talashib dunyo xaritasini oʼzgartirgilari kelib qoldi. Zolim hukumatinglar va ularning raqiblari esa arzimagan malaylik kreslosiga ega chiqish uchun “chegara”dan oshib sizlarni fuqarolar urushiga yetaklamoqda.
Ey musumonlar! Sizning Islomingizda imperialistlar yoki ularning tashkilotlari tomonidan tarixiy hujjat yoki tarixiy vatan niqobi ostida chizilgan chegaralar hech qanday ahamiyatga ega emas! Islomda Xalifalik hukm yuritgan dorul Islomgina bor. Uning chegaralari – ribot, himoyachilari – murobit. Ribot dorul kufrning tahdidlaridan himoya qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

«رِبَاطُ يَوْمٍ وَلَيْلَةٍ فِي سَبِيلِ اللَّهِ خَيْرٌ مِنْ صِيَامِ شَهْرٍ وَقِيَامِهِ، وَإِنْ مَاتَ جَرَى عَلَيْهِ عَمَلُهُ الَّذِي كَانَ يَعْمَلُهُ، وَأُجْرِيَ عَلَيْهِ رِزْقُهُ، وَأَمِنَ الْفَتَّانَ»
“Bir kecha-kunduz Аlloh yoʼlida ribotda boʼlish – bir oy kunduzi roʼza tutib, kechalari qoim boʼlishdan afzaldir. Аgar bir kishi ribotda oʼlib qolsa, qiyomatgacha uning amallari toʼxtamay yozilib turadi. Uning rizqi ham toʼxtamaydi va fitnalardan omonda boʼladi”. Boshqa bir hadisda:
«… وَمَنْ مَاتَ مُرَابِطاً فِي سَبِيلِ اللَّهِ أَمِنَ مِنَ الْفَزَعِ الأَكْبَرِ»
“… Kim Аlloh yoʼlida murobit holida oʼlsa, eng katta xavfdan omonda boʼladi”, deganlar.
Ey musulmonlar, mustamlakachilar qoʼlidagi qoʼgʼirchoq boʼlmay toʼgʼri yoʼldagi islomiy Xalifalik davlatini tiklash harakatiga qoʼshilishinglar zarur. Аks holda, qafasga qamalgan qush kabi imperialistik tuzum ichida yuraverasizlar!
Hozir, Xalifalik mavjud boʼlmagan davrda bunday masalalarni xolis ilm egalari va taqvodor taʼsir kuchiga ega yetakchi shaxslar (ahli hal va aqd) orqali hal qilib, ularning yechimlarini ado etishlaring kerak edi. Biroq, hozir oranglarda bunday shaxslar yoʼq. bunga loyiq odamlar quvgʼinda yoki hali yetishib chiqmagan. Shuning uchun bunday odamlarni quvgʼindan xalos etib, ular orqali yangilarini yetishtirib chiqarishinglar kerak. Buning uchun eng avvalo Islomni – anʼanaviy yoki moʼʼtadil emas – haqiqiy Islomni oʼrganishinglar kerak. Buning uchun esa Hizb ut-Tahrirning xolis daʼvatchilariga eshiklaringni keng ochishlarinn zarur.
Аlloh taolo atadi:
﴿إِنَّمَا كَانَ قَوْلَ الْمُؤْمِنِينَ إِذَا دُعُوا إِلَى اللَّهِ وَرَسُولِهِ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ أَنْ يَقُولُوا سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ﴾
“Аlloh va Uning paygʼambariga oʼrtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida moʼminlarning soʼzi “eshitdik va boʼyinsundik”, demoqdir. Аna oʼshalargina najot topguvchilardir” [24:51]

Qirgʼizistondagi Hizb ut-Tahrirning matbuot boʼlimi
25. 10. 2022

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.