Turkmanistonda musulmonlar hamon taʼqib qilinmoqda

175
0

Turkmanistonda musulmonlar hamon taʼqib qilinmoqda

Xabar: Turkmanistonning ayrim viloyatlarida rasmiylar soqol qoʼygan va muntazam ravishda masjidga boruvchi erkaklarni yana taʼqib qilmoqda. Shu kunlarda Bolqon viloyatining Turkmanboshi shahrida Milliy xavfsizlik vazirligi xodimlari soqolli erkaklarga qarshi reydlar oʼtkazmoqda.

Hibsga olinganlar politsiya boʼlimlariga olib ketilib, u yerda soqollarini olib tashlashga majburlanadi. Byudjet tashkilotlarida esa, ayrim ogʼzaki buyruqlarga koʼra, xodimlarga namoz oʼqish uchun masjidlarga borish taqiqlanadi. Ushbu taqiqni buzganlar ishdan boʼshatish haqida ogohlantiriladi.
“Turkmanboshida soqol qoʼygan va masjidga tashrif buyurgan erkaklarni taʼqib qilish yana kuchaygan. Koʼpincha 50 yoshgacha boʼlgan erkaklar taʼqib qilinadi. Oʼtgan haftada shunchaki koʼrkam koʼrinish uchun soqol qoʼygan, namoz oʼqimagan, dinga aloqasi boʼlmagan yoshlar qoʼlga olinib, 2-militsiya boʼlimiga olib ketildi. Ular Milliy xavfsizlik vazirligi va politsiya tomonidan soʼroqqa tutilgan va soqollarini oldirishga majburlangan”, – dedi soqol qoʼygani uchun politsiya qoʼliga tushgan Turkmanboshi aholisidan biri.
Uning soʼzlariga koʼra, Milliy xavfsizlik vazirligi va militsiya xodimlari oʼz qilmishlariga aniq

izoh bermayapti. Аmmo ular yarim santimetrdan uzun soqolli erkaklar diniy ekstremizm gumoni ostida qolishidan ogohlantirmoqda. “Erkaklar soqolini oldirgandan soʼng, bundan buyon har kuni qirqib olishlari haqida tilxat olib, Qurʼonga qasam ichishadi”, – deya qoʼshimcha qildi Turkmanboshiliklardan biri.
“Davlat xodimlariga namoz oʼqish uchun masjidlarga borish taqiqlangan. Bu qandaydir ogʼzaki buyruq bilan amalga oshiriladi. Tashkilot rahbarlari, odatda, oʼz xodimlarining masjidga borishini xush koʼrmaydilar. Ushbu taqiqni buzganlar ishdan boʼshatish haqida ogohlantiriladi. Yaqinda Turkmanboshi shahridagi 26-maktabning xoʼjalik boʼlimi xodimi masjidda asr namozini oʼqiyotgan paytda topildi. Tushlik tanaffus vaqtida masjidda boʼlsa ham, uni ishdan boʼshatishdi”, – deydi vaziyatdan xabardor tarbiyachi.
Izoh: Markaziy Osiyo respubilkalarining mustabid prezidentlari Islom va musulmonlarga qarshu kurashda “kimoʼzarga” poyga oʼynini davom ettirishmoqda. Garchi Turkmanistonda uchta prezident almashgan boʼlishiga qaramay, mamlakatning yangi prezidenti avvalgilari izidan borib qoʼshni respublikalarda boʼlayotgani kabi Islom va musulmonlarga qarshi kurashini kuchaytirsa kuchaytiryaptiki, aslo ortga qaytish, tavba qilish haqida oʼylab ham koʼrishmayapti.

Mamlakatning birinchi prezdenti Saparmurod Niyozov qalamiga mansub “Ruhnoma” kitobi nashr qilinganidan soʼng ommaviy axborot vositalarida “Turkmanboshi”ni paygʼambar deb atash boshlandi. Niyozov tomonidan tez-tez eʼlon qilinuvchi amnistiyaga tushish shartlaridan biri – mahbuslar “Ruhnomaga” imon keltirishi, uni toʼliq yod olish edi. Bunga qarshi chiqqan turkmanistonlik diniy ulamo Xojaahmad Oʼrozqilichev “Bu musulmonlar eʼtiqodiga zid” ekanligini aytgan edi. Ulamoning shu soʼzlaridan soʼng turkman hukumati Oʼrozqlichev tarjimasidagi turkman tilida chop etilgan 40 ming nusxa Qurʼonni yoqishga buyruq berdi.
“Turkmanboshi”dan soʼng hokimiyat tepasiga kelgan Gurbanguli Berdimuhammedov ham Islom va musulmonlarga qarshi kurashni davom ettirdi. Nafaqat davom ettirdi, balki yanada kuchaytirdi. Berdimuhammedov boshchiligidagi rejim nafaqat ulamo va masjidlarga qarshi, balki jamiyatda islomiy koʼrinishlarga qarshi kurashni boshlab yubordi. 2015-2016 yillarda hukumat buyrugʼiga binoan Doshoʼgʼiz viloyatida kuch organlari soqol qoʼygan musulmonlarga qarshi “ov” olib borishdi. Milliy xavfsizlik boshqarmasi va yoʼl politsiyasi xodimlari soqol qoʼygan va 50 yoshga toʼlmagan musulmon erkaklarni ushlab, maxsus suhbatdan oʼtkazish ortidan, soqollarini majburan olib tashlashgan va hatto ularni aroq ichib, choʼchqa goʼshti yeyishga majburlashgan edi. Kuch organlari talabini bajarmagan eʼtiqodli musulmonlar esa hech qanday sud va tergovsiz 7-8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
2017-yilga kelib rasmiy hukumat musulmonlarga qarshi kurashini yanada kuchaytirdi. Hukumat namozxon musulmonlarga qarshi kurash doirasida namoz oʼqigan qurolli kuchlar harbiy xizmatchilar va namoz oʼqishni tashlash talabini bajarishdan bosh tortgan davlat xizmatchilari ishdan boʼshatildi. Ularga qarshi turli moddiy va jismoniy tazyiqlar oʼtkazish keng tus oldi. Harbiylar namoz oʼqishni tashlash talabini rad etgani sababli qurolli kuchlar safidan boʼshatib yuborilgan, uylarida tintuv oʼtkazilib, Qurʼon kitobi va boshqa islomiy kitoblar musodara qilindi. 2021-Farap va Chorjoʼy etraplarida 20 ga yaqin dindorlar hibsga olindi. Ularning majburan soqollari oldirildi, spirtli ichimliklar ichishga majbur qilindi, shuningdek, politsiya hibsga olinganlarga nisbatan kuch qoʼlladi.

“Ot oʼrnini toy bosar” deganidek, Berdimuhammedovdan hokimiyatni meros qilib olgan Serdar Berdimuhammedov ham otasi izidan borib musulmonarga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Mintaqadagi tabiiy resurslarga eng boy boʼlgan davlatlardan biri Turkmanistonda ishsizlik, oziq-ovqat tanqisligi avji pallaga chiqqan bir paytda rasmiy hukumat insonlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish oʼrniga odamlar eʼtiborini Islom diniga qarshi kurashga burishga intilmoqda. Rasmiy hukumat nafaqat mamlakat ichkarisidagi dindorlarni nazorat ostida ushlamoqda, balki mamlakatdan tashqarida taʼlim olayotgan, ishlayotgan yosh musulmonlar davlat nazoratidan tashqarida diniy ilm olishlariga ham toʼsiq qoʼymoqda. Shu maqsadda turkman hukumati Turkiyaga mamlakat fuqarolari uchun viza rejimini joriy etishni iltimos qildi. Tabiiyki, Turkiya hukumati ham mustabid rejimning iltimosini qondirib, turkman fuqarolari uchun viza rejimini joriy qildi…

Musulmonlari birlashib oʼzlarini himoya qiluvchi qalqonlari – Xalifalik davlatini barpo etmagunlariga qadar har qanday razil va tuban kimsalar Islom va uning qadriyatlari, musulmonlarga qarshi kurashni davom ettiraveradi. Musulmonlar esa oʼz dinlariga emin-erkin amal qilish imkonidan mahrum boʼlib qolaveradilar.

Sahihi Buxoriyda Аbu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam:
“Xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.