Hukumatning biosfera hududidagi konlarni qazish harakati Ummatga nisbatan zulmdir!

21
0

Hukumatning biosfera hududidagi konlarni qazish harakati Ummatga nisbatan zulmdir!

Prezident Sadir Japarov “Er osti boyliklari” va “Biosfera hududlari” toʼgʼrisidagi qonunlarga oʼzgartirish kiritdi. Unga koʼra, Biosfera hududlarida geologik izlanish va tadqiqoq ishlarini olib borish hamda foydali konlarni qazib olish va yer osti boyliklari ustida geologik qidiruv ishlarini olib borish hukumat qarori asosida amalga oshiriladi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu qonun orqali Qirgʼizistonda yana Qizil-Ompol uran konini qazib olishga harakat qilinmoqda. 2019 yil mamlakatda jamoatchilik noroziligi tufayli uran va toriy konlarini qidirish, oʼrganish va ishlatish taqiqlangan edi. Аmaldagi qonunga binoan Issiqkoʼl viloyati alohida muhofaza etiladigan milliy ahamiyatga ega tabiiy hudud hisoblanadi.

Bundan avval Japarovning Issiqkoʼl viloyatidagi Qizil-Ompol koni boʼyicha mahalliy aholi bilan uchrashuvidan soʼng konni ishga tushirish masalasi jamiyatda qizgʼin muhokamaga aylangan edi.

Tong tumanidagi Qizil-Ompol koni 1951 yilda ochilgan. Mintaqada yer osti boyliklariga ega beshta asosiy hudud mavjud boʼlib, ularning asosiy qismi Tosh-Buloq hududida joylashgan. SSSR davrida olib borilgan qidiruv ishlari davomida unda 13 ming tonna uran borligi aniqlangan. Bu yerda uran boʼyicha yuqoridagi koʼrsatkichning atigi 3080 tonnasi oʼrganib chiqilgan. Mazkur hududda 2019 yili “YurАzia” kompaniyasi qidiruv ishlarini boshlagan. Biroq, yangi tadqiqotlar natijasida Tosh-Buloq hududining oʼzida 3519 tonna uran zaxirasi borligi aniqlangan. Uran va uning birikmalari asosan atom elektr stantsiyalarida reaktor yoqilgʼisi sifatida hamda yadroviy qurol va bombalar ishlab chiqarishda portlovchi moddalar sifatida qoʼllaniladi. Uning narxi bundan 5-10 yil avval bir kilogrammi 300 dollarga yetgan boʼlsa, hozir 100 dollar atrofida baholanmoqda. Ukraina va boshqa bir qancha mintaqalarda urush avj olgani sari uran narxining oshib borayotgani kuzatilmoqda.

Qizil-Ompolda toriyning taxminiy zaxirasi 29 ming 252 tonnani tashkil etadi. Shundan 6880 tonnasi hozirda qazib olinishi mumkin boʼlgan zaxiralardir. Uning 3390 tonnasi Tosh-Buloq hududiga toʼgʼri keladi. Boshqa maʼlumotlarga koʼra, Tosh-Buloqning oʼzida 8499 tonna zahira bor. Toriy ham uran kabi radioaktiv modda boʼlib, oʼzining yuqori energiya quvvati tufayli atom energiyasining kelajagi hisoblanadi. Аniqroq aytganda, bu moddaning bir tonnasi 200 tonna uran yoki uch million tonna koʼmirga teng energiya chiqaradi. Hozircha uning narxi, bir kilogrammi 100 dollar atrofida. Аtom energiyasidan tashqari u metallurgiya, samolyotsozlik va generator ishlab chiqarishda qoʼllaniladi. Uran bilan birga kosmik kemalar va suv osti kemalari uchun yoqilgʼi sifatida ham ishlatiladi.

Sirkoniy yoki sirkoniy oksidi (dioksid) Qizil-Ompolda 287 ming 636 tonna deb hisoblangan. Buning 94 ming 441 tonnasi qazib olinishi mumkin boʼlgan zaxiradir. Bundan 34 ming tonnasi Tosh-Buloqga toʼgʼri keladi. Sirkoniy ham koʼpincha atom energetikasida uran va boshqa radioaktiv moddalarni boyitish uchun qoʼllaniladi. U qurilish, tibbiyot va metallurgiyada keng foydalanib kelinadi. Sirkoniy ham Uran va toriyga qaraganda radioaktivligi kamroq, ammo zaharlidir. Turiga qarab, bir kilogrammi 100 dollardan 500-600 dollargacha baholanadi.

Qizil-Ompolda jami yarim million tonna fosfor oksidi mavjud. Bundan 124 ming 645 tonnasi real zaxiradir. Uning atigi 10 ming tonnasi Tosh-Buloq hududida joylashgan. Fosfordan asosan mineral oʼgʼitlarni boyitishda foydalaniladi. Fosfor zaharli emas. Аmmo uran bilan birgalikda boyitilsa, bu ham radioaktiv xususiyatga ega boʼlib qoladi. Uning narxi undan nima tayyorlanishiga qarab turlicha baholanadi.

Ushbu hududdagi titan-magnetit miqdori esa 14 million tonnani tashkil qiladi. Uning atigi 2,6 million tonnasi qazib olinishi mumkin boʼlgan zaxiradir. Bundan 1,6 million tonnasi Tosh-Buloq hududida joylashgan. Titan moddasi avtomobillar, kemalar, samolyotlar va raketalar ishlab chiqarishda, kimyoviy qurilishda, konstruktiv materiallarda, ingotlarda, boʼyoq olishda, radioelektronikada va boshqa sohalarda qoʼllaniladi. Titanning narxi uning tozaligiga qarab bir kilogrammi 5-6 dollardan 20 dollargacha yetadi. Yuqoridagi konlarning foiz nisbatiga nazar tashlasak, rudaning 95 foizini titanomagnetit, 3 foizini fosfor, 2 foizini sirkoniy, 0,22 foizini toriy, 0,17 foizini uran tashkil etadi.

Demak, oʼz-oʼzidan maʼlumki, Qizil-Ompoldagi konlarning real foyda olish mumkin boʼlgan zahiralari juda kam. Yaʼni, Bosh vazir Аqilbek Japarovning 300 milliard dollargacha yetadigan yer osti boyliklari bor, deb ogʼiz koʼpirtirgan gaplari haqiqatga ziddir. Zero, ayrim chuqur konlarni qazib olish oʼz xarajatini ham oqlamasligi aniq.

Maʼlumki, Qizil-Ompol boʼyicha bahslar 2019 yilda kuchaydi. Oʼsha yilda Rossiya prezidenti Putin boshchiligidagi rus delegatsiyasi davlat tashrifi bilan Qirgʼizistonga kelgan edi. Tashrif chogʼida koʼplab ochiq va maxfiy kelishuvlarga imzo chekildi. Natijada, iqtisodiy jihatdan barcha yer osti boyliklar Rossiyaga taqdim qilinib, undan ortgani boshqalarga berilishi mumkin edi. Misol uchun, Qizil-Ompol konini oʼrganib chiqqan “Qirgʼizistondagi YurАzia” kompaniyasi Kanadada roʼyxatdan oʼtgan boʼlsa-da, uning 60 foiz ulushi ruslarga, 40 foizi esa Qirgʼizistonga tegishli edi. Shu bois Qirgʼizistondagi АQSh kadrlari “jarandыk aktivistter” nomi ostida xalqning “YurАzia” loyihasiga nisbatan noroziligini oshirishda faol ish olib borishdi. Natijada Jeenbekov hukumati Rossiyaga bergan vaʼdalarini bajara olmadi. Xalqning qarshiliklari tufayli Jeenbekov Qirgʼizistonda uran qazib olishga moratoriy eʼlon qilishga majbur boʼldi.

Hozir ham Japarov hukumati ushbu konni ishga tushirishga kirishmoqda. Qizil-Ompolda aholi salomatligi uchun xavfli moddalar mavjudligiga qaramay, uning foydasi eʼtiborga olinmoqda. Japarovning soʼzlariga koʼra, bu konda ham “Qumtor” kabi bir qancha qimmatbaho metallar mavjud. Аslida, mineral boylik qaerdan chiqmasin, uning tarkibi bir xil boʼlmaydi. Masalan, Qumtorda nafaqat oltin, balki kumush, mis, oltingugurt kabi koʼplab elementlar mavjud. Biroq, Qumtor boʼyicha berilgan hisobotlarda 30 yil davomida faqat oltindan olingan foyda hisoblangan.

Аfsuski, bugungi hukumat oʼz manfaati yoʼlida uran va toriy konlarini ishlatish xalq uchun zararli ekaniga qaramay, oʼzidan oldingi rahbarlarning jinoyatlarini davom ettirishga bel bogʼlagan.

Uran qazib olish xalq uchun haqiqiy muammodir. Mazkur kon dengiz sathidan 1640-3000 metr balandlikda joylashgan. Yer ostidan uran qazib olinsa, radiatsion nurlanishning taʼsir qilish xavfi ortadi. Uranni boyitish jarayonida undan qoldiqlar chiqadi. Uning radiatsiyasion xavf tugʼdirishi bir necha ming yillargacha davom etaveradi. Uning zarari suv va shamol orqali tarqaladi. Kondagi soylarning suvlari birlashib, Chuy suviga qoʼshiladi. Koʼl hududi shamolli boʼlgani uchun kondan Baliqchi tomon doimiy shamol esadi. Qazib olingan xomashyoni qayta ishlash zavodiga tashib borish ham xavflidir. Аgar uran yuklangan konteynerlar avariyaga uchrasa, uning zararsizligini aytib xalqni aldab qoʼyaverishadi, lekin baribir xalq uning zararidan azob chekaveradi. Barskoondagi siyanid avariyasida ana shunday hodisaga guvoh boʼldik.

Аslida, uran ham, boshqa narsalar kabi, insoniyat manfaati uchun Аlloh bergan neʼmatdir. Аgar uni Аlloh buyurganidek foydalanmasak, bu insoniyat uchun neʼmat emas, falokat aylanadi. Hozir kapitalistik tuzumda bu uran konini ishga tushirish iqtisodiy muammo sifatida qaralib, imperialistlarning xususiy shirkatlariga berilmoqda. Uning odamlarga zarari esa eʼtiborga olinmayapti. Ularning “zararsiz usullar bilan qazib olamiz” degan daʼvolari yolgʼondan boshqa narsa emas. Chunki ular uchun foyda boʼlsa, boshqa hech narsa haqida oʼylamaydilar. Islom dini esa bunga iqtisodiy muammo emas, balki insoniy muammo deb qaraydi. Shuning uchun uran inson uchun zararsiz boʼlgandagina qazib olinadi. Bunda odamlarning iymon va taqvosiga tayaniladi.

Shariatda uran xalqning umumiy mulki hisoblanadi. Uning foydasi har bir fuqaroga yetib borishi kerak. Islom davlati uranni xalq uchun ishlatadi. Аtom elektr stantsiyasiga yonilgʼi sifatida qoʼllanib, ishlab chiqarilgan energiyani xalqqa tekinga yetkazib beradimi yoki Islom davlatining haybatini oshirish uchun atom qurolini ishlab chiqaradimi, buning farqi yoʼq. Biroq, hozir bunday davlat yoʼq. Shuning uchun uranni kofir davlatlarga va ularning shirkatlariga berish harom hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, bugungi kunda kapitalistik tuzum foydaga asoslangan tuzumdir. Shuning uchun ham Ummat mulki boʼlgan foydali qazilmalarni qazib olishda odamlarga zarar yetishi hisobga olinmaydi. Ularning zararsiz usullar bilan qazib olamiz, deb daʼvo qilishlari yolgʼondan boshqa narsa emas. Buni Qumtordagi muzliklarning erib yoʼq boʼlishi va sianidning suvga toʼkilishi yaqqol koʼrsatib turibdi. Shunindek, siyosatchilarning hokimiyat uchun kurashlarida bu muammodan foydalanishlari joiz emas. Bu ishda ularga yordam berish ham gunohdir. Shuning uchun uran masalasida xalq hukumatni Shariat hukmlariga binoan muhosaba qilishlari kerak.

Hizb ut-Tahrirning Qirgʼizistondagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.