Qirgʻiziston va Rossiya oʻrasida xavfsizlik sohasida hamkorlik rejasi tasdiqlandi

215
0

Qirgʻiziston va Rossiya oʻrasida xavfsizlik sohasida hamkorlik rejasi tasdiqlandi

Xabar: Qirgʻiziston va Rossiya xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Bu haqda 17-noyabr kuni Rossiya Xavfsizlik kengashining rasmiy saytida maʼlum qilindi.
Xabarda aytilishicha, ikki davlat Xavfsizlik kengashi kotiblari Marat Imankulov va Nikolay Patrushev uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Uchrashuvda axborot va biologik xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha ikki muassasa oʻrtasida 2022-2023-yillarga moʻljallangan hamkorlik rejasi qabul qilindi va imzolandi.

Izoh: Bugun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot almashish va fikr tarqatish ommaviy urfga aylanib, matbuotning boshqa tarmoqlarini ortda qoldirib boryapti. Dunyoning bir chekkasida sodir boʻlgan ish bir necha soniya ichida olam boʻylab tarqalishida internet va ijtimoiy tarmoqlarning oʻrni beqiyos boʻlmoqda. Shu jumladan, musulmonlar ham dunyoda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib, bu voqealarga nisbatan islomiy nuqtai nazardan kelib chiqib, munosabat va siyosiy fikrlar bildirishlari kuchayib boryapti. Musulmonlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borayotgan daʼvatlari natijasida musulmonlarda sof Islom diniga nisbatan boʻlgan intilishlari tobora kuchayib bormoqda.
Aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali mustamlakachi davlatlar va ularga malay hukumatlar kirdikorlar fosh etib borilyapti. Tabiiyki, bunday koʻrinishlar mustabid rejimlar uchun istalmagan holat boʻlib, ular erkin axborot almashishga toʻsiq qoʻyish uchun oʻz imkoniyatidagi barcha vositalarni ishga solishmoqda. Qirgʻiziston va Rossiya Xavfsizlik kengashi kotiblari qabul qilgan reja ham aynan axborot almashish va ijtimoiy tarmoqlar orqali islomiy daʼvatlarni oldini olishga qaratilgani shubhasiz. Ammo qirgʻiz hukumati bu kabi cheklovlarni joriy qiluvchi qonunlarni ishlab chiqishda bosh qotirib ham oʻtirmaydi, balki rus hukumati ishlab chiqib, qabul qilgan qaror va rejalarni aynan koʻchirib qoʻyaqoladi. Eks-prezident Soorobay Jeenbekov davrida “Maʼlumotni manipulyatsiyalash haqidagi” qonun loyihasini ishlab chiqilib, muhokamaga qoʻyilgandi. Bu qonun rasmiy Kreml tomonidan ishlab chiqilgan “Xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi” qonun loyihasiga taqlidan ishlab chiqilgan qonun edi.
Joriy yilning 23-avgustida Sadir Japarov “Toʻgʻri boʻlmagan (yolgʻon) maʼlumotdan himoya qilish haqidagi” qonun loyihasini imzoladi. Qonun eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi. Xabarda, “Qonun notoʻgʻri maʼlumotdan jabrlangan tomon va maʼlumot eʼlon qilingan axborot resurslari oʻrtasidagi aloqani, ularning huquqlarini va majburiyatlarini izga solishi”, aytildi. Sentyabr oyi oxiri kelib Qirgʻizistonda mobil telefonlarni identifikatsiyalash toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Qirgʻiz hukumati ham Rossiyaga taqlidan va uning bosimi ostida fuqarolarining har bir harakati, qoʻyayotgan posti va yozayotgan izohidan xabardordek koʻrsatish orqali ularning qalbiga qoʻrquv solish orqali internet va ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashtiri yoʻlidan bormoqda.
Musulmonlar, xususan Islom daʼvatini koʻtarib chiqayotgan daʼvatchilar shuni unitmasligimiz kerakki, biz jamiyatni kufr zulmidan ozod qilish va Islom nuri bilan farovon va xotirjam hayotga olib chiqishni oʻz oldimizga maqsad qilib olgan daʼvatchilarmiz! Internet va ijtimoiy tarmoqlar Allohning shu yoʻldagi bergan neʼmati ekanini unutmagan holda faoliyatimizni davom ettiraveramiz, in sha Alloh!

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.