Ishchi guruhi bir oy mobaynida din sohasida davlat siyosatining yangi kontseptsiyasi bo’yicha takliflarni qabul qiladi

375
0

images-141 Prezident apparatini etnik, diniy siyosat va fuqarolik jamiyati bilan ishlash bo’limining eksperti Qubanchbek Abakirovning xabar qilishiga ko’ra, Mudofaa kengashining ishchi guruhi bir oy mobaynida din sohasida davlat siyosatining yangi kontseptsiyasi bo’yicha takliflarni qabul qiladi.

 Uning so’zlariga ko’ra, ishchi guruhi 15 apreldan 25 aprelga qadar Qirg’izistonning barcha mintaqalarida yangi hujjat loyihasini muxokama qilish uchun davra suhbatlari o’tkazdi. “Turli xil takliflar ilgari surildi. Masalan, O’sh aholisi “din davlatdan ajratilgan” tushunchasiga aniq izoh berishni so’rashdi. Jalolobodda esa, masjidlarda azonni baland aytilishidan norozi bo’lishdi”, – dedi Qubanchbek Abakirov.

 Turkiston:

 Rossiya talabi asosida Islom va musulmonlarga qarshi kurashni kuchaytirib borayotgan Qirg’iziston rasmiy hukumati o’z siyosatida O’zbekiston rejimi qo’llagan ishlarni amalga oshirmoqda.

 O’zbekiston hukumati ham Islomga qarshi kurashini boshlagan vaqtlarda masjidlarda ovoz kusaytirgichlar orqali chaqirilayotgan azon “xalq tinchligi va oshoyishtaligi”ga xalaqit qilganligi va “oddiy xalq masjidlardagi ovoz kuchaytirgichlarni olib tashlashni talab qilayotganligi” baxonasi bilan masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichlar orqali chaqirilishiga ta’qiq qo’ygan edi.

 O’zbekiston musulmonlari masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichlar arqali chaqirilishiga qo’yilayotgan ta’qiqni oddiy bir ishdek qabul qilishgani tufayli va bu ishga hech qanday qarshilik bildirishmagani sababli, keyinchalik rasmiy hukumat oq do’ppi, saqol va muslimalar hijobiga qarshi kurashga o’tgan edi.

 Hozirgi kunda Qirg’iziston hukumati ham aynan shu ishlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Buning uchun esa avvalo oddiy xalq va musulmonlar ko’z va quloqlarini bunday ishga ko’niktirishga intilmoqda. Musulmonlar bugun mana shunday gap-so’zlarni oddiy qabul qilishsa va bunga hech qanday e’tiroz bildirishmasa, ertaga hukumat masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichlar orqali chaqirilishini osongina ta’qiqlab qo’yadi va o’zining bu ishini “xalq talabi” sifatida baholaydi. Undan so’ng esa bugungi kunda Qirg’izistonni goh u shahrida, goho boshqa shahrida kuzatilayotgan saqol va hijobga qarshi kurashini keng ko’lamda amalga oshira boshlaydi.

 Shu sabali Qirg’iziston musulmonlari rasmiy hukumatni Islom va musulmonlarga qarshi boshlagan va asta-sekinlik bilan kuchaytirib borayotgan kurashini aslo biror-bir diniy jamoa yoki harakatga qarshi kurash deb qaramasliklari va bunday ishlarga bir jonu bir tan bo’lib qarshi turmoqlari zarur. Aks holda Qirg’iziston musulmonlar boshiga ham O’zbekiston musulmonlarni ahvoli tushib, baralla aytilayotgan azon tovushini eshitish bir orzu bo’lib qoladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.